Mahkum shaxsi psixologiyasi



Yüklə 11,08 Kb.
səhifə1/4
tarix22.03.2024
ölçüsü11,08 Kb.
#183575
  1   2   3   4
Mahkum psixologiyasi

Mahkum shaxsi psixologiyasi


Reja:
1. THga olib kelingan shaxslarni qabul qilish hamda kameralarga joylashtirish
2. THda saqlanayotgan boshqa shaxslardan alohida saqlanadi
3. Voyaga yetmaganlar, ruhiy buzilishlari mavjud bo‘lgan shaxslar, homilador ayollar va bolali ayollarni qabul qilish hamda kameralarga joylashtirish
“Agar hamma birdek jon kuydirib, oilalar muammolaridan to‘liq xabardor bo‘lib, ularni hal etishga ko‘maklashgan, jinoyatchilikning barvaqt oldini olganda edi, bugun natijalar umuman boshqacha bo‘lardi. Afsuski, jinoyatchilikka qarshi kurashishda haligacha eskicha ishlash tizimidan voz kecha olmayapmiz. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bu faoliyatga ko‘rsatkichlarni oldingi davr bilan taqqoslash orqali baho berib kelmoqda. Aslida bitta bo‘lsa ham jinoyat bo‘lgani hammamizni tashvishga solishi kerak”
Sh.M.Mirziyoyev
Sudlanganlik holatining tugallanish yoki sudlanganlikni olib tashlash muddatlari asosiy va qo'shimcha jazolar o'tab bo'lingan yoki ijro etilgan kundan boshlab hisoblanadi.
THga olib kelingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun JPKning 225-moddasida nazarda tutilgan tartibda tuzilgan ushlab turish bayonnomasi yoki sudning JPKda nazarda tutilgan tartibda chiqargan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi qarori asos bo‘ladi.
THga olib kelingan yonida ikki yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar (bundan buyon matnda bolali ayollar deb yuritiladi) qo‘shimcha ravishda bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi yoki bolaning aynan shu ayolga tegishliligini tasdiqlovchi boshqa hujjat, bunday hujjatlar bo‘lmagan taqdirda, jinoyat ishini yuritayotgan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning (bundan buyon matnda jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organ deb yuritiladi) bolaning aynan shu ayolga tegishliligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasiga asosan qabul qilinadi.
THga olib kelingan shaxslar TH boshlig‘ining yordamchisi — tezkor navbatchi (bundan buyon matnda THBYo-TN deb yuritiladi) yoki uning yordamchisi tomonidan sutka davomida qabul qilinadi.Mazkur hujjatlar tegishli mansabdor shaxslar tomonidan imzolangan va gerbli muhr bilan tasdiqlangan bo‘lishi shart.
THga olib kelingan shaxslarni qabul qilish hamda kameralarga joylashtirish
THga olib kelingan shaxslarga THBYo-TN yoki uning yordamchisi tomonidan turli noaniqliklarning oldini olish maqsadida savollar beriladi. Ularning bergan javoblari shaxsiy hujjatlar yig‘majildida ko‘rsatilgan ma’lumotlar bilan solishtiriladi.
THga vaqtincha saqlash uchun olib kelinganlar (tranzit orqali o‘tuvchilar) shaxsiy hujjatlar yig‘majildlarining ochiq varaqalari asosida va belgilangan shakldagi yo‘lovchi ro‘yxat asosida tuzilgan ma’lumotnomalar bo‘yicha qabul qilinadi. THBYo-TN yoki uning yordamchisi tomonidan savollar berish jarayonida ularning bergan javoblari ochiq varaqalardagi ma’lumotlarga to‘g‘ri kelmagan taqdirda, ularning shaxsiy hujjatlar yig‘majildlari ochilib, bu haqda dalolatnoma tuziladi.

Yüklə 11,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə