bular majburiy mehnat emas – harbiy xizmat, favqulotda holatda, sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, qonunda nazarda tutilgan hammasi –bulardan boshqasi majburiy mehnat.)



Yüklə 351,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix29.11.2023
ölçüsü351,72 Kb.
#140909
  1   2   3   4   5   6
Birinchi qisim Yakuniy



MEHNAT HUQUQI YAKUNIY NAZORATDAN JAVOBLAR BIRINCHI QISM. 
TURDIQULOV JAHONGIR 321 
1. Қуйида кўрсатилган ишлардан қайси бири мажбурий меҳнат ҳисобланади? 
(Majburiy mehnat bu – xodimga biror jazo qo’llash bilan tahdid qilib, uni boshqa 
ish bajarishga majburlashdir
. (bular majburiy mehnat emas – harbiy xizmat , 
favqulotda holatda, sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, qonunda nazarda 
tutilgan hammasi –bulardan boshqasi majburiy mehnat.)
2. Мажбурий меҳнат нима?
Majburiy mehnat bu – xodimga biror jazo qo’llash bilan tahdid qilib, uni boshqa ish 
bajarishga majburlashdir
.
3. Қуйидагилардан қайси тамойил меҳнат ҳуқуқига алоқадор эмас?
Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq 
bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy 
prinsiplari quyidagilardan iborat: 
mehnat huquqlarining tengligi, mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni 
taqiqlash; 
mehnat erkinligi va majburiy mehnatni taqiqlash; 
mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik; 
mehnat huquqlari ta’minlanishining va mehnat majburiyatlari bajarilishining 
kafolatlanganligi; 
xodimning huquqiy holati yomonlashishiga yo‘l qo‘yilmasligi. 
(tamoyil degan joyi yo`q ekan prinspni yozdim ) 
4. Меҳнат ҳуқуқининг субъектлари тўғри кўрсатилган қаторни белгиланган.
Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning amal qilishi: 
xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarga;
yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy 
munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi. 
Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy 
hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat shartlarini ish beruvchi 
tomonidan ta’minlashda xodimning mehnat vazifasini ichki mehnat tartibiga 
bo‘ysungan holda haq evaziga shaxsan bajarishi haqidagi, xodim bilan ish beruvchi 
o‘rtasidagi kelishuvga asoslangan munosabatlar yakka tartibdagi mehnat 
munosabatlaridir.
Xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni 
haqiqatda tartibga soladigan fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnomalar 
tuzish taqiqlanadi.
Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan 
ijtimoiy munosabatlar jumlasiga quyidagilar kiradi: 
xodimni ish beruvchida ishga joylashtirishga oid munosabatlar; 
xodimni ish beruvchida kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va uning malakasini 
oshirishga oid munosabatlar; 


mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik jarayonida shakllanadigan jamoaviy mehnat 
munosabatlari; 
mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga hamda 
mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan tekshiruv va 
nazoratga oid munosabatlar; 
mehnat nizolarini ko‘rib chiqishga oid munosabatlar. 
Agar O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida yoki xalqaro shartnomasida 
boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi hududida 
mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik bilan belgilangan qoidalar chet el fuqarolari, 
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirokidagi, chet el fuqarolari, fuqaroligi 
bo‘lmagan shaxslar tomonidan tashkil etilgan yoki ta’sis etilgan tashkilotlar yoxud 
ushbu fuqarolar, shaxslar ishtirokidagi, xalqaro tashkilotlar va chet el yuridik 
shaxslari ishtirokidagi mehnatga oid munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi. 
Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi davlat 
xizmatchilariga, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi davlat 
muassasalariga (diplomatik, konsullik muassasalariga va boshqa muassasalarga) 
ishga yuborilgan xodimlariga, shuningdek qonunda nazarda tutilgan o‘ziga xos 
xususiyatlarga ega bo‘lgan muqobil xizmatni o‘tayotgan shaxslarga nisbatan tatbiq 
etiladi. 
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga, shuningdek 
ichki ishlar va davlat bojxona xizmati organlarida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat 
xavfsizlik xizmatida, Milliy gvardiyasida xizmat o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga 
(xodimlarga) va ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga nisbatan mehnat 
to‘g‘risidagi qonunchilikning maxsus qonunchilikka zid bo‘lmagan qismi tatbiq 
etiladi. 
Sudyalarga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning sudlar to‘g‘risidagi 
qonunchilikda tartibga solinmagan qismi bo‘yicha tatbiq etiladi. 
Prokuratura organlari xodimlariga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning 
prokuratura organlari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilikka zid bo‘lmagan 
qismi tatbiq etiladi.
Qutqaruv xizmatlarining va professional qutqaruv tuzilmalarining mehnat 
shartnomasi bo‘yicha ishlayotganlar jumlasidan bo‘lgan qutqaruvchilarining 
mehnatga oid munosabatlariga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning amal 
qilishi “Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinmagan qismi bo‘yicha tatbiq etiladi.
Jinoyatlar sodir etganlik uchun sudning hukmi bilan hukm qilinganlarning 
mehnatga oid munosabatlariga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning amal 
qilishi O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksida nazarda tutilgan 
istisnolar va cheklovlar hisobga olingan holda tatbiq etiladi. 
Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik quyidagi shaxslarga nisbatan (agar ular ushbu 
Kodeksda belgilangan tartibda bir vaqtning o‘zida ish beruvchilar yoki ularning 
vakillari sifatida ish yuritmasa) tatbiq etilmaydi:
muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga; 
tashkilotlarning kuzatuv kengashlari a’zolariga; 


mazkur tashkilotning xodimlari bo‘lmagan taftish komissiyalari a’zolariga 
(taftishchilarga); 
fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnomalar asosida ishlarni bajarayotgan 
(xizmatlar ko‘rsatayotgan) shaxslarga; 
agar qonunda belgilangan bo‘lsa, boshqa shaxslarga. 
Agar shaxsiy mehnatdan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar fuqarolik-
huquqiy xususiyatga ega shartnoma asosida yuzaga kelgan bo‘lsa, biroq 
keyinchalik ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda belgilangan tartibda yakka 
tartibdagi mehnatga oid munosabatlar deb e’tirof etilgan bo‘lsa, bunday 
munosabatlarga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik va mehnat haqidagi 
boshqa huquqiy hujjatlar qoidalari qo‘llaniladi. 
5. Қуйидагилардан қайси бири иш берувчи ҳисобланмайди?
Ish beruvchi- xodimni ishga qabul qilish huquqiga ega shaxs korxona yoki tashkilot 
raxbari yoki mulkdor.
6. Меҳнат тўғрисидаги қонунчилик қуйидагилардан қайси бирига тадбиқ 
этилмайди?
Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi 
davlat xizmatchilariga, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi davlat 
muassasalariga (diplomatik, konsullik muassasalariga va boshqa muassasalarga) 
ishga yuborilgan xodimlariga, shuningdek qonunda nazarda tutilgan o‘ziga xos 
xususiyatlarga ega bo‘lgan muqobil xizmatni o‘tayotgan shaxslarga nisbatan tatbiq 
etiladi. 
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga, 
shuningdek ichki ishlar va davlat bojxona xizmati organlarida, O‘zbekiston 
Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatida, Milliy gvardiyasida xizmat o‘tayotgan 
harbiy xizmatchilarga (xodimlarga) va ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga 
nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning maxsus qonunchilikka zid bo‘lmagan 
qismi tatbiq etiladi. 
Sudyalarga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning sudlar 
to‘g‘risidagi qonunchilikda tartibga solinmagan qismi bo‘yicha tatbiq etiladi. 
Prokuratura 
organlari 
xodimlariga 
nisbatan 
mehnat 
to‘g‘risidagi 
qonunchilikning prokuratura organlari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilikka 
zid bo‘lmagan qismi tatbiq etiladi.
Qutqaruv xizmatlarining va professional qutqaruv tuzilmalarining mehnat 
shartnomasi bo‘yicha ishlayotganlar jumlasidan bo‘lgan qutqaruvchilarining 
mehnatga oid munosabatlariga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning amal 
qilishi “Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinmagan qismi bo‘yicha tatbiq etiladi.


Jinoyatlar sodir etganlik uchun sudning hukmi bilan hukm qilinganlarning 
mehnatga oid munosabatlariga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning amal 
qilishi O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksida nazarda tutilgan 
istisnolar va cheklovlar hisobga olingan holda tatbiq etiladi. 
Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik quyidagi shaxslarga nisbatan (agar ular 
ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bir vaqtning o‘zida ish beruvchilar yoki 
ularning vakillari sifatida ish yuritmasa) tatbiq etilmaydi:
muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga; 
tashkilotlarning kuzatuv kengashlari a’zolariga; 
mazkur tashkilotning xodimlari bo‘lmagan taftish komissiyalari a’zolariga 
(taftishchilarga); 
fuqarolik-huquqiy 
xususiyatga 
ega 
shartnomalar 
asosida 
ishlarni 
bajarayotgan (xizmatlar ko‘rsatayotgan) shaxslarga; 
agar qonunda belgilangan bo‘lsa, boshqa shaxslarga. 
Agar shaxsiy mehnatdan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar 
fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnoma asosida yuzaga kelgan bo‘lsa, biroq 
keyinchalik ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda belgilangan tartibda yakka 
tartibdagi mehnatga oid munosabatlar deb e’tirof etilgan bo‘lsa, bunday 
munosabatlarga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik va mehnat haqidagi 
boshqa huquqiy hujjatlar qoidalari qo‘llaniladi. 
7. Меҳнат тўғрисидаги қонунчилик қуйидагилардан қайси бирига тадбиқ 
этилмайди?

Yüklə 351,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə