Mahkum shaxsi psixologiyasi


Saqlash muddati o‘tib ketgan shaxslarni THga qabul qilish taqiqlanadi



Yüklə 11,08 Kb.
səhifə2/4
tarix22.03.2024
ölçüsü11,08 Kb.
#183575
1   2   3   4
Mahkum psixologiyasi

Saqlash muddati o‘tib ketgan shaxslarni THga qabul qilish taqiqlanadi.
THga saqlash uchun qabul qilinayotgan shaxslar o‘z huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari va THdagi rejim to‘g‘risida xabardor qilinadi. Bunday ma’lumotlar muntazam ravishda THning radioeshittirish vositalari orqali, TH xodimlari tomonidan kamerada, TH boshlig‘i yoki vakolatli shaxs qabulida berib boriladi hamda har bir kamera devorlariga osib qo‘yiladi.
THga olib kelingan shaxslarni qabul qilish hamda kameralarga joylashtirish
THga olib kelingan shaxslar hujjatlarni rasmiylashtirish davrida bir sutkadan ortiq bo‘lmagan muddatga mazkur Qoidalarda belgilangan alohida-alohida joylashtirish talablariga rioya qilgan holda yig‘ma bo‘linmalar kameralariga yoki uch soatdan ortiq bo‘lmagan muddatga yig‘ma bo‘linmalarning o‘tirish joyi va sun’iy yorug‘lik bilan ta’minlangan bir o‘rinli bokslariga joylashtiriladi.
Boshqa shaxslardan ajratib qo‘yishni talab qiladigan yoki kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatilishi zarur bo‘lgan bemorlarni aniqlash maqsadida THga olib kelingan shaxslar (vaqtincha saqlash uchun olib kelingan shaxslardan (tranzit orqali o‘tuvchilardan) tashqari) THBYo-TN va TH tibbiy xodimi tomonidan dastlabki tibbiy ko‘rik va sanitariya ishlovidan o‘tkaziladi hamda natijalari ularning tibbiy kartalariga kiritiladi.
THga olib kelingan shaxsning badaniga THga olib kelguniga qadar g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar natijasida shikast yetkazilganligi aniqlangan taqdirda, bu haqda dalolatnoma tuzilib, THBYo-TN va shaxsni olib kelgan qorovul boshlig‘i tomonidan imzolanadi. Mazkur holat yuzasidan TH tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan tekshiruv o‘tkazilib, natijalari tegishli hududiy prokurorga yuboriladi.
THga olib kelingan shaxslarni qabul qilish hamda kameralarga joylashtirish
THda saqlanayotgan shaxslarni kameralarda alohida-alohida joylashtirish ularning shaxsini va psixologik jihatdan mosligini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Chekuvchilar imkoni boricha chekmaydiganlardan alohida joylashtiriladi.

Yüklə 11,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə