Mahkum shaxsi psixologiyasi


THda saqlanayotgan shaxslar quyidagi talablarga rioya etilgan holda bir-biridan alohida saqlanadi va kameralarga joylashtiriladi



Yüklə 11,08 Kb.
səhifə3/4
tarix22.03.2024
ölçüsü11,08 Kb.
#183575
1   2   3   4
Mahkum psixologiyasi

THda saqlanayotgan shaxslar quyidagi talablarga rioya etilgan holda bir-biridan alohida saqlanadi va kameralarga joylashtiriladi:
erkaklar ayollardan alohida saqlanadi;
voyaga yetmaganlar katta yoshlilardan alohida saqlanadi. Alohida hollarda prokurorning roziligi bilan, voyaga yetmaganlar saqlanayotgan kameralarda ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlarni yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikka birinchi marta tortilayotgan, ijobiy tavsifga ega katta yoshlilarni saqlashga yo‘l qo‘yiladi;
jinoiy javobgarlikka birinchi marta tortilayotgan shaxslar ilgari ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlangan shaxslardan alohida saqlanadi.
Jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsning yoki organning yozma ko‘rsatmasi bo‘lganda, bitta jinoyat ishi bo‘yicha yoxud bir nechta o‘zaro bog‘liq jinoyat ishlari bo‘yicha THda saqlanayotgan shaxslar ham alohida-alohida saqlanadi.
THga olib kelingan shaxslarni qabul qilish hamda kameralarga joylashtirish
Ovqat yeyishdan bosh tortayotgan THda saqlanayotgan shaxs imkoni boricha THda saqlanayotgan boshqa shaxslardan alohida saqlanadi hamda tibbiy xodimning kuzatuvi ostida bo‘ladi.
Shaxslar kameralarga THBYo-TN yoki uning yordamchisi tomonidan tezkor-qidiruv xizmati xodimi bilan, voyaga yetmagan shaxslar esa, tarbiyaviy ishlar bo‘yicha yo‘riqchi va psixolog bilan kelishilgan holda mazkur

Quyidagilar THda saqlanayotgan boshqa shaxslardan alohida saqlanadi:


chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
sudya, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimi, advokat bo‘lib ishlagan yoki ishlayotgan shaxslar;
o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinayotganlar yoki ayblanayotganlar;
o‘ta xavfli residivistlar;
mahkumlar;
hayoti va sog‘lig‘iga THda saqlanayotgan boshqa shaxslar tomonidan xavf tug‘ilgan THda saqlanayotgan shaxslar TH boshlig‘ining yoki uning o‘rinini bosuvchi shaxsning qaroriga ko‘ra yoxud jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsning yoki organning yozma ko‘rsatmasiga ko‘ra;
yuqumli kasalliklarga chalingan yoki alohida tibbiy parvarish va kuzatuvga muhtoj bo‘lgan bemorlar.

Yüklə 11,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə