Yaponiya va xitoyning eng yangi iqtisodiy tarixi (XX asr) ■



Yüklə 366,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/11
tarix16.02.2023
ölçüsü366,83 Kb.
#100940
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
15-MAVZU. YAPONIYA VA XITOYNING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR)

17.3.
 
Iqtisodiy islohotlar
1978 yilda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish zarurati to'g'risida qaror qabul qilindi. 
Xitoydagi islohotlarning xususiyat- lari: 
Birinchidan, Xitoyda islohotlar iqtisodiyot sohasidagi o'zgarishlardan boshlandi. 
Kommunistik partiya mamlakatni boshqarardi va u sotsialistik tizimni "xitoy spetsifikasi" bilan 
qur- ishga intilardi. 
Ikkinchidan, Xitoyda xususiylashtirish amalga oshirilmagan edi. "Xususiylashtirish" 
so'zining o'zi Xitoyda salbiy tuyg'uni yu- zaga keltiradi. Xususiy, egoistik manfaatlar xitoyliklar 
mentalite- tiga mos emasdir. Undan tashqari "byurokratik kapital" borasidagi muammolar hali 
yodda edi. 
Shunday bo'lsa ham Yalpi milliy mahsulotda davlatning ulushi 70%dan 40%gacha 
qisqardi, davlat sektorida band bo'lganlar - 95%dan 18% gacha qisqardi. Davlat xarajatlari 
YaMMga nisbatan 36%dan 13%gacha kamaydi. 
Uchinchidan, Xitoyda ma'muriy rejalashtirish saqlab qolingan, bozor davlat rejalarini 
to'ldirib borishi kerak edi. Davlat zarur turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni 
rejalashtiradi va ularga narxlarni o'rnatadi. Xususiy savdogarlarga asosiy qishloq xo'jalik 
mahsulotlarini ulgurji sotib olish taqiqlangandir. Ular davlat tomonidan o'rnatilgan narxlarda 
davlat tomonidan sotib oli- nadi. 
Islohotlar qishloq xo'jaligidan boshlandi va birdaniga aholining asosiy massasini qamrab 
oldi. Oilaviy pudrat iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli bo'lib qoldi. Dehqonga o'rtacha 0,5 ga yer 
maydoni pudrat uchun ajratilardi. Ushbu maydon unga 50 yilga biriktirilardi. Shu bilan birga 
davlat bilan ma'lum bir hajmda mahsulot etishtirib topshirish bo'yicha shartnoma imzolanadi. 
Mah- sulotning qolgan qismini dehqon o'z xohishiga binoan taqsimlar edi. 
Qadimdan xitoy dehqoni hunarmandchilik bilan shug'ullanganligi ham e'tiborga olindi. 
Qishloqlarda "volost- poselka korxonalari" yaratilib, ularda dehqonlar faoliyat yuritardi. Bu 
korxonalar bozor qonunlari asosida faoliyat yuritardi. Qishlo- qning daromadini yarmidan ortig'ini 
ushbu korxonalar berardi. 80-yy. oxiriga kelib Xitoy sanoat mahsulotining 20% ushbu korx- 
onalarda yaratilardi. 
Oilaviy pudratga o'tish aholini qornini to'ydirish va kiyinti- rish imkonini berdi. Don 
mahsulotlari hosildorligi 1979 yilgi 300 mln.t.dan 1984 yilda 400 mln.t.ga etdi, aholi jon boshiga 
esa yiliga 300 kg.dan 400 kg.gacha o'sdi. Dehqonlar daromadi ushbu davr ichida uch marotaba 
oshdi. Mutaxassislar hisob-kitoblari bo'yicha bunday qisqa muddatda aholining turmush darajasini 
bunday darajada o'sishi juda yaxshi ko'rsatkich edi. 
"Volost-poselka korxonalari" xalq istemoli tovarlarini ishlab chiqarardi, undan tashqari, 


17-MAVZU. XITOYNING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XXASR)
13
dehqonlarning daromadlarini os- hishi shahar sanoati uchun bozorni kengaytirardi. Islohotlarn- ing 
boshlang'ich davrida yengil sanoat og'ir sanoatdan ko'ra ikki barobar kam mahsulot ishlab chiqarar 
edi, 90-yy.ga kelib yengil sanoat og'ir sanoatdan o'zib ketdi. Televizor, muzlatkich, kir yu- vish 
mashinalari kabi tovarlar jadal sur'atlarda ishlab chiqarila boshlandi. 
1984
yildan boshlab qishloq xo'jalik ishlab chiqarishining o'sishi sekinlashdi. Don 
yetishtirish ham kamaydi, endi aholining o'sish sur'atlarini yuqori ekanligini hisobga olganda jon 
boshiga don iste'moli qisqardi. Mutaxassislarning hisob-kitoblari bo'yicha milliy daromadning 
qo'shimcha o'sishining 40% aholining o'sishi evaziga yo'qqa aylanardi. Shaharlarda yana cho'chqa 
go'shti va tuxumga talon joriy etildi, me'yorlashtirilgan mahsulotlarga narxlar oshirildi. Shu bilan 
birga aholini o'sish sur'atlarini pasay- tirish bo'yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi. Ikkinchi 
farzand tug'ilgan holda oiladan katta jarima undirilar edi. 
Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi o'sishi sur'atlarining pasayish sabablari: 
Birinchidan, dehqonning daromadi ma'lum bir darajaga et- ganda, jamg'armalarni sarflash 
boshlanardi. Dehqonlar kir yuvish mashinalari, televizorlar, mototsikllar sotib olishardi, loydan 
quril- gan uylar o'rniga pishiq g'ishtdan uylar qurishni boshlashdi. 
Ikkinchidan, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining o'sishidagi sakrash qo'l mehnati asosida 
amalga oshirilgan edi. 1995 yilda Xitoy qishloq xo'jaligida mehnat unumdorligi AQSh mehnat un- 
umdorligining 4%ni tashkil etdi. Ishlab chiqarishning texnik dara- jasini oshirish zarur edi. 
Sanoatdagi o'zgarishlarda davlat sektori ulushini qisqarishi ku- zatildi, bu qisqarish 
xususiylashtirish evaziga emas, balki xususiy tadbirkorlikni rivojlanishi hisobiga amalga oshdi. 
Har birida 8-10 kishi band bo'lgan mayda "poselka korxonalari"ni jadal sur'atlarda ko'payishi 
sanoat ishlab chiqarishini jadal o'sishini ta'minladi. Tabiiyki, ularda texnika darajasi va mehnat 
unumdorligi juda past edi. 1995 yilda Xitoy sanoatida mehnat unumdorligi umumjahon 
ko'rsatkichining 42%ni tashkil etardi. 
Yirik sanoatda davlat ustuvorligini saqlab qolgandi. 1996 yilda davlat korxonalarida sanoat 
mahsulotining 28,5% olindi va sanoatda band bo'lgan ishchi va xizmatchilarning 66%i band edi. 
Davlat korxonalari iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun ular xo'jalik hisobiga o'tkazildi yoki 
ijaraga berildi. 
Xitoy sanoati yutug'ida xorijiy kapitalni jalb etilishi katta aha- miyatga ega. Buning uchun 
"maxsus iqtisodiy zonalar" tashkil etilib, ularda xorijiy kapital uchun qulay muhit yaratilgan edi. 
Bu yerga xorijiy tadbirkorlarni ish kuchini arzonligi jalb etardi: ushbu zonalarda ish haqi 
AQShdagidan 20 marotaba kichik, lekin Xitoyn- ing boshqa hududlarinikidan ancha baland edi. 
Xorijiy kapitalning 70-80% "xuatsyao"
8
larga to'g'ri kelardi. Xorijiy kapital korxonalari sanoat 
eksportining chorak qismini ta'minlardi. 
Xitoyning iqtisodiy yutuqlari o'sish eng quyi nuqtadan bosh- langanligi bilan xarakterlidir. 
Qo'l mehnatining ko'pligi va xalqn- ing mehnatkashligi, xo'jaliklarning o'ta maydaligi va 
dehqonchilik bilan sanoatning uzviyligi, sotsializmni qurish va bozor munosa- batlarini 
kengaytirish Xitoy iqtisodiy o'sishning asosiy xususiyat- laridan hisoblanadi. 
O'z-o'zini nazorat qilishga oid savollar
1.
 
Xitoyda osiyocha ishlab chiqarish usullarining xususiyatlari nimadan iborat?
2.
 
Xitoyning iqtisodiy rivojlanishiga "qora dori urushlari"ning ta'siri qanday 
bo'lgan?
3.
 
Xitoy Xalq Respublikasining tashkil topishi va iqtisodiy jihatdan jadal 
rivojlanishining xususiyatlari? 
8
Xuatsyao -avvallari Xitoydan emigratsiya qilgan va boshqa mamlakatda boyib ketgan xitoyliklar 

Yüklə 366,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə