Biznes faoliyatida biznes rejasini ishlab chiqarish tartibi



Yüklə 317,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix11.12.2023
ölçüsü317,9 Kb.
#147447
  1   2   3   4   5   6
BIZNES FAOLIYATIDA BIZNES REJASINI ISHLAB CHIQARISH TARTIBI



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM 
VAZIRLIGI 
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
SIRTQI BO’LIM 
MUSTAQIL ISH 
Mavzu:
BIZNES FAOLIYATIDA BIZNES REJASINI 
ISHLAB CHIQARISH TARTIBI 
 
 
Bajardi:
UMAROVA NARGIZAXON 
GURUH; S 20.43 
 
 
 


BIZNES FAOLIYATIDA BIZNES REJASINI ISHLAB 
CHIQARISH TARTIBI 
 
Reja
1.
Biznes-rejaning mohiyati va ahamiyati 
2.Mahsulot sotisb bozorini iqtisodiy baholash 
3.
Ishlab chiqarish jarayoni 
4.Mahsulotning raqobatbardoshliligini bashorat qilish 
5.Axborotlarni to’plash va saqlash 
6.Biznes reja tuzilishi 


 
1.
 
Biznes-rejaning mohiyati va ahamiyati 
Rejalashtirish har qanday tadbirkorlik tizimida hajmidan qat’i nazar, 
uning ajralmas qismidir. Ilg‘or texnologiya va bozor tadqiqotlarining 
natijalari, yangi ish tashkili va tadbirkorlik rejalarini amalga oshirish 
bilan bogiiq bo‘lgan tashkiliy-boshqaruv va moliya muammolarini hal 
qilish biznes rejada aks etishi kerak. 
Biznes-reja
- bu hujjat, unda aniq vaziyatda biznesning mohiyati 
boshlanish imkoniyati, davomi va uning kengaytirilishi aks etadi. 
Biznes-reja tadbirkor tomonidan ishlab chiqiladi, agarda boshqa 
muammolar bo‘yicha maslahatlar kerak bo‘Isa, bu ishga boshqa soha 
mutaxassislari jalb qilinishi mumkin. 
Odatda bunday rejalar 3-5 yil muddatga tuziladi. Tadbirkorlik 
tomonidan birinchi yildagi olinadigan samara oylar sayin batafsil, 
keyingi yili - taqvimlar bo‘yicha, keyinchalik yil bo'yicha hisoblanadi. 
Biznes-reja omonatchilar tasdig'idan o‘tgan taqdirda (hissadorlik 
jamiyati bo‘lsa), birinchi yilga alohida ish vazifalarini ishlab chiqishga 
asos bo‘ladi. G‘arbdagi hamma firmalar o‘z faoliyatini juda aniq 
rejalashtiradi va biznes-rejani ishlab chiqishda maxsus talablarga 
asoslanadi. Odatda, uning hajmi 40 betdan oshmaydi. Yuqori darajadagi 
raqobatli sohalarda, ko‘zda tutilmagan holatlar bo‘lishi mumkin 
boTganda to‘liq rejaning muqobili sifatida qisqa varianti qabul qilinadi 
(4-10 bet). Ayrim hollarda biznes-reja o‘zlari foydalanish uchun 
kichikroq va kattaroq hajmda «Tashqi» varianti (bank, sarmoyalar, 
ta’minlovchilar va iste’molchilar uchun) tuziladi. Bunday hajmdagi 


rejalarga aniq misollar, hisoblar, ko‘rgazmalar ilova qilib kiritiladi. 
Biznes-reja bir necha muhim vazifalami bajaradi. Biznes-rejani 
tayyorlash jarayoni fikrlashni jonlantiradi, tadbirkorlikni puxtalik bilan 
o'ylashga va o‘z ishini turli nuqtayi nazardan tahlil qilishga, haqiqiy 
imkoniyat va qiyinchiliklami baholashga majbur qiladi. 
Uchinchi vazifa - 
nazorat.
Qog'ozda bayon qilingan reja kelgusi 
nazoratlarda va erishilgan natijalami baholashda har doim ishlatilishi 
mumkin. U korxona faoliyatini kelgusida yaxshilashga asos bo‘lib 
xizmat qiladi. 
To‘rtinchi, asosiy vazifa - 
jamtrish.
U boshqa jismoniy va yuridik 
shaxslardan pul mablag‘lami jalb qilishga imkoniyat yaratadi. Biznes- 
reja potensial qarz beruvchini, aksioner, sarmoyadomi hamda 
iste’molchini, ta’minlovchilami ushbu korxona bilan (ishbilannon) 
tijorat aloqalarida foyda olishga ishontirishi kerak. 
Jahon tajribasida biznes-rejani tuzish bosqichlari va uning tashkiliy 
qismlari aniq belgilanmagan. 
Asosiy yo‘nalishni saqlagan holda, boshqa bo'limlarga axborotni 
ko'chirish yoki ulami birlashtirish hisobiga bo‘limlar soni kam bo‘lishi 
mumkin. 
Masalan: «Kichik biznes rejalarida» bozor tahlili va «Marketing 
tahlili», shuningdek, «Mahsulot» va «Texnologiya» bo‘limlarini 
birlashtirish mumkin. Kichik biznes-rejada raqam amallari ustunlik 
qilishi mumkin, kengaytirilgan biznes rejada esa olingan va olinadigan 
ko‘rsatgichlar tahliliga og‘zaki yondashishga ko‘proq e’tibor qaratiladi. 
Korxonaning tadbirkori, menejeri biznes-rejani ishlab chiqarishning 
aniq sxemasi, uning tarkibi va bayoni, hajmi, axborot ustunligini 


tanlashda quyidagi omillarga e’tibor beradi: 
-
korxona statusi va katta-kichikligi (kichik biznes, o‘rta, katta); 
-
rejalashtirish faoliyatining bosqichlari (biznes boshlanishi, ya’ni 
yangi ishlab turgan korxona faoliyatining davomi); 
-
rejaning maqsadli yo‘nalishi (asosan ichki ishlarga yoki qarz va 
sarmoya olishga; unisiga ham bunisiga ham); 
-
biznes xususiyati va qiyinchiligi, xuddi shunday u yoki bu 
masalalami ishlab chiqishdagi iborasi; 
-
kerakli ma’lumot (aksenti) va axborotning borligi; 
-
boshqa mutaxassislaming yordamiga muhtojligi va boshqalar. 
Ammo biznes-reja mukammal yoki oddiyligidan, katta yoki 
kichikligidan qat’i nazar biznesning mohiyatini aks ettiradigan zarur 
bilimlami o‘z ichiga oladi. 
Biznes-rejaning asosiy bo‘limlarining mazmuni quyidagilardir. 
Biznes-reja kirish qismidan boshlanishi, ya’ni imda qisqacha 
ma’lumotnoma yoki tushuntiruv yozuvi boiishi kerak. Potensial hamkor 
turli xil ishbilarmonlik tuzilmalaridan hamkorlik qilish uchun ko‘plab 
takliflar olishi mumkin. Shuning uchun u, birinchidan, biznes-rejaning 
berilishi bilan qisqacha tanishishi kerak. Boiim hajmi 3-5 betni tashkil 
qiladi. 
Biznes-reja kirish qismining mustaqil ahamiyati ham bor. Ba’zida 
bu hujjatdan bank yoki investitsiya fondidan mablag* olishda qisqacha 
ma’lumotnoma sifatida foydalaniladi. Bunda quyidagi savollar ko‘zda 
tutilishi kerak: 
A.
Korxona haqida ma’lumot. Korxona nomi va uning joylashgan 
yen, korxonannig tashkil etilganligi haqida qisqacha ma’lumot beriladi. 


Korxonaning mulk shakli (davlat, xususiy, jamoa qo’shma) va yuridik 
shakli (masalan: kichik korxona, hissadorlik jamiyati, qo'shma korxona 
va boshqalar) ko‘rsatiladi. Ishlab chiqariladigan mahsulotlar yoki 
xizmatlar nomlari va asosiy raqobatchilar haqida qisqacha ma’lumot 
beriladi. Korxona boshqaruv tizimi bayon qilinadi. 
B.
Faoliyat turlari, maqsadi va mo'ljali. Odatda korxona ma’lum soha 
bo’yicha ishlashi kerak, ammo bir necha sohada faoliyat ko‘rsatishi ham 
mumkin. Masalan, mahsulot ishlab chiqarish, ta’mirlash va qurilish 
ishlari, mahsulot ishlab chiqarish va o‘z mahsulotini sotish bo‘yicha 
tijorat faoliyati va boshqalar. Tushuntirish yozuvining bu qismida 
ishbilarmon o‘z korxonasining faoliyati, maqsadini va ularga erishish 
yo’llarini ko'rsatishi kerak. 
V. Kerakli mablag’ga bo'lgan ehtiyojning qisqacha bayoni. Bu 
bo'limda ishbilarmon o’zining amaldagi mablag’lariga baho beradi va 
kerakli qo’shimcha pul vositalariga muhtojligini isbotlaydi. 
G. Rejalashtirilgan foyda va loyiha rentabelligi. Biznes-rejaning 
asosiy maqsadi, shundan iboratki, ishbilarmon pul mablag‘larini 
oladigan yuridik shaxsda o'ziga nisbatan yaxshi taassurot qoldirishi 
kerak. Buning uchun u: 1) qaysi yo‘l bilan foyda olinishi; 2) uning 
mahsuloti xuddi shunaqa mahsulotlardan qanchalik afzal ekanligini 
ko'rsatishi kerak. Dalil sifatida quyidagi raqamlami keltirish lozim: 

ishlab chiqarish hajmi va mahsulot sotish yo‘llari; 
■ bir mahsulotga ketgan xarajatlar; 

yalpi daromad va foyda; 

ketgan mablag‘laming o‘zini qoplash muddati, ketgan mablag‘ va 
material sarflaming qaytish muddati va foizlar. 



Yüklə 317,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə