Biznes faoliyatida biznes rejasini ishlab chiqarish tartibi



Yüklə 317,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix11.12.2023
ölçüsü317,9 Kb.
#147447
1   2   3   4   5   6
BIZNES FAOLIYATIDA BIZNES REJASINI ISHLAB CHIQARISH TARTIBI

5.
 
Axborotlarni to‘plash va saqlash 
Tadbirkorlikdagi eng asosiy masalalardan bin - axborot bilan 
ta’minlashdir. Hozirgi sharoitda ishbilarmon kishida har kuni 
ma’lumotlar oqimi yig'iladi va u undan to‘g‘ri foydalanishi shart. 
Birinchi navbatda u qanday ma’lumot kerakligi; uni qayerdan olish 
mumkinligi; qanday qilib uni to'plash, qayta ishlash va saqlash kerakligi, 
qanday dalillar tekshiruvga muhtojligini bilish kerak. Bu masalalami 
tadbirkor birinchi navbatda yechishi lozim. Mo‘ljallayotgan 
sherigingizning ishonchlik darajasini bilish uchun 
assotsiatsiya
va 
konsorsiumlarda
ishtirok etish maqsadga muvofiq. Odatda, maqsad va 
vaziMari bir xil bo‘lgan tashkilot va birlashmalar qo'shiladilar, ayrim 
firmalar esa bir emas, balki bir necha tashkilotga qo‘shilishi mumkin. 
Hissadorlikjamiyatida
ishtirok etish eng to‘la ma’lumot beradi. Shuning 
uchun hissador o‘z oldiga qo'yilgan boshqa masala va maqsadlardan 
tashqari, ma’lumot yig‘ishni ham oldinga suradi. 
Ishbilarmon, o‘z ishiga taalluqli bo‘lgan barcha ma’lumotlami 
yig‘ishi kerak. Har bir uchrashuvi natijalarini ilg‘ab olishga o’rganish 
lozim. 
Tadbirkorlik faoliyatining dastlabki davrida muloqotlar uncha ko‘p 
bo'lmaydi va osongina esda qoladi, lekin eng oddiylari imutilishi ham 
mumkin. Suhbat paytida suhbatning eng muhim joylarini yozib borish 
uchun qo‘lingizda qalam va qog‘oz bo’lgani yaxshidir. 
Shubha yo‘q-ki, har qanday muloqot ham hamkorlikda ishlashga 
olib kelmaydi. Bunga xotirjam, e’tibor bermaslik mumkin. Ammo, bir 
oz vaqtdan so‘ng sheriklarining birortasida hamkorlikda ishlash uchun 
yangi taklif pay do bo‘lishi mumkin. Shuning uchun har bir yozuvni 


tahlil qilib, kelajak uchun ma’lum xulosalar chiqarish kerak. Agar 
birinchi kundan shu qoidaga rioya qilsangiz, u holda biznesingiz 
kengayishida ko‘pgina ko‘ngilsizliklardan xalos bo‘lasiz. 
Agar tadbirkorda ma’lumot va yozuvlar ko‘p bo‘lsa, u holda qulay 
bo‘lishi uchun ulami olish usullari, paydo bo‘lish munosabatlari, vaqti 
va boshqalariga qarab bo‘limlarga bo‘linishi kerak. Agar tadbirkorda 
shaxsiy kompyuter bo‘lsa, u holda ma’lumotlar manbaini yaratish 
mumkin. 
Agar yangi tadbirkorda o‘z shaxsiy kompyuteri bo‘lsa, u vaqt o‘tishi 
bilan kerak bo‘ladigan barcha materiallarini bir jildga solib qo‘yishi 
lozim. Jildlami quyidagicha nomlash kerak. «Xomaki moliyaviy 
hujjatlar», «reklama xabarlari», «mijozlar bilan muloqotlar», 
«iste’molchilar bilan munosabatlar» va boshqalar. 
Yozuvlami muntazam ravishda bajarish kerak, o‘z ma’lumotlarini 
vaqti-vaqti bilan qayta ko'rib chiqishi va ziddiyatlarda kerakli yangi 
ma’lumotlami qoldirish va eski ma’lumotlami yangi jildga ko‘chirish 
kerak. 
Ma’lumotlami tanlash va saqlash jarayonini shunday usulda olib 
borish kerakki, zarur bo‘lgan holda undan yangi xodimlar ham 
foydalanishi kerak. Har hujjatlami bir jildga kim va qachon 
tayyorlaganligi va uning nomi haqida qog‘oz yopishtirib qo'yiladi. 
Tadbirkor tizimlarining davlat korxonalaridan farqi - ularda, asosan 
ish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar saqlanadi. 
Agar tadbirkor boshqa firma namoyondalari bilan muzokaralar olib 
borsa va suhbat davomida ularda hamkorlikda ishlashga olib keluvchi 
umumiy manfaatdorlik paydo bo‘Isa, albatta muzokaralar to‘g‘risida 


qaror qabul qilinishi kerak. Qaror sheriklaming har biri uchun yozma 
hujjat sifatida saqlanadi. Agar o‘zaro xafachilik paydo bo‘lsa yoki 
muzokaralar natijalari turlicha tushunilgan bo‘lsa, u o‘ta muhim 
tomonlari aytilganiga ishonch berib, barcha masalalami yaxshiroq 
bilishga yordam beradi va keskinlikni yumshatadi. Agar muzokaralar 
oqibatida tomonlar hamkorlikda ishlashga kelishgan bo‘lsalar, u holda 
qarorda umumiy maqsadlar, vazifalar taqsimoti va boshqa savollar 
ko‘rsatiladi. 
Наг bir tijorat firmasida ovoza qilinmaydigan ma’lumotlar bor. 
Bunday ma’lumotlarga quyidagilar kiradi: konstruktorlik, texnologik, 
turli «nou-хаи», ixtirolar loyihalari, firma namoyondalari, alohida 
shaxslar bilan bo‘lgan muzokaralaming natijalari, tijorat bitimlarining 
ba’zi tafsilotlari. Tabiiyki, bunday ma’lumotlarni raqobatchilardan 
alohida qo‘riqlanadi va joylarda saqlab, sir tutish kerak. Firma uchun 
zarur bo‘lgan ma’lumotlaming yig‘ilishiga qarab ulami himoya 
qilishning turli usullarini qo‘llash kerak. Ma’lumot turkumlariga 
bo'linmaguncha va uning hajmi uncha katta bo’lmaguncha katta 
ma’noga ega bo‘lmasligi mumkin. Ammo vaqti-vaqti bilan, ma’lum 
mavzu bo‘yicha ma’lumotlar yig‘ilishi bir maromda borsa, uning 
qiymati oshadi. Ma’lumotni boshqa kishiga berish yoki yo’qotish 
firmaga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ba’zi bir firmalarda 
xohlagan xodim ma’lumotdan foydalanishi mumkin. Natijada bu 
ma’lumot bozor narxida sotilmaydi, aksincha tadbirkor kishilar orqali 
turli xil korxonalar va firmalar qo’liga tushadi. 0‘ta muhim sirli 
ma’lumotlami pulni qo’riqlagandek alohida e’tibor bilan qo’riqlash 
kerak. 


Shuning uchun har bir firmada ma’lumotlami himoya qilish tizimini 
tashkil qilish kerak. Ko‘p hollarda, ma’lumot sotuvchi firmalar ularda 
himoya tizimi qanday yo'lga qo'yilganligi bilan qiziqadilar. Ular yetarli 
darajada ishonchli bo’lmasa, firma ma’lumotlami himoya qilish tizimini 
tashkil qilishi kerak. U ishonchli bo‘lmaganda firma o‘ziga zarar 
yetkazmaslik uchun o‘z ma’lumotlarini sotmaydi. Agar ma’lumot 
begona qo‘lga tushib qolsa va ishlab chiqaruvchi firma bu haqda bilsa, 
turli xil usullami qo'llash kerak. Masai an, oddiy ko‘chirishning oldini 
olish uchun maxsus disketlar tayyorlanadi. Agar ma’lumot oqimi xaridor 
aybi bilan amalga oshgan bo’lsa, firma u bilan hamkorlikni uzishi 
mumkin. 
Sirli ma’lumotlar oqimini yo'qotish uchun ulami himoya qilishning 
turli tizimlari yaratiladi. Himoya vositasining murakkabligi mavjud 
ma’lumotlaming aniq qiymatiga bog‘liq. Eng sodda usullardan biri 
ma’lumotlar saqlanadigan shkaflami berkitish uchun 
qulflardan ' 
foydalanish. Eng ishonchli usullardan biri - ma’lumotlami 
seyflarda 
saqlash.
Kompyuterlarda joylashgan ma’lumotlar 
yashirin so'z (parol) 
va shifrlar
bilan himoya qilinadi. 
Yashirin so‘zlami qo’llash ma’lumotlami egallashni chegaralaydi. 
Shifrlash
hattoki nusxa ko‘chirishda ham ma’lumotlarga kirib borishga 
yo‘l bermaydi. 
Programmalash
yo‘li bilan himoya qilish usullari turli-tumandir. 
Tasodifiy sonlar ko‘rsatgichi programmasini tuzish shart. Yashirin so‘z 
sifatida ko‘rsatgichda paydo bo‘lgan bir nechta belgi olinadi. Agar ular 
klaviatura yordamida ko‘rsatilgan belgi bilan mos kelsa, ma’lumotlami 
shifriashda, shuningdek, tasodifiy sonlar ko‘rsatgichi ishlatiladi. 


Programmalami ishlatish murakkab boimasligini yodda tutish kerak. Bu 
bilan matematika sohalarida shug‘ullanishadi. Ular kodlash nazariyasini, 
avtomatlashtirish nazariyasini, ketma-ket chiaqli masliinalar nazariyasini 
o‘rganishadi. Ammo firmada o‘ta muhim ma’lumot bo’lsa, u holda 
ma’lumotlar himoyasini ta’minlash bilan shug’ullanuvchi firmaga 
murojaat qilish maqsadga muvofiq emas. 
Firmaga programmalovchilami jalb qilib tuzilgan programmalarda 
ko‘pincha ma’lumotni yetarli darajada ishonchli Ытоуа qilishga yo‘l 
bermaydigan tasodifiy sonlar ko‘rsatgichi ishlatiladi. Shuning uchun 
biznes bilan shug‘ullanishning dastlabki davrida ma’lumotlami himoya 
qilish muammolarini mustaqil hal qilish tavsiya etiladi. 0‘ta muhim 
ma’lumotlami himoya qilish uchun yuqori malakali maxsus 
mutaxassislar xizmatiga murojaat qilish kerak. 


Xulosa 
Bugungi kunda ko’plab mamlakatlar, xususan O’zbekiston ham 
rivojlanishning bozor yo’lidan ketmoqda. Bozor iqtisodiyotini olg’a 
tomon harakatlantiruvchi kuch bu raqobatdir. U ishlab chiqarishni 
kengaytirish, mahsulot sifatini oshirish va uning narxini pasaytirishni 
rag’batlantirib, ishlab chiqaruvchilarni fan-texnika taraqqiyoti bilan 
hamnafas qadam tashlashga, zamonaviy texnika va texnologiyalar, 
mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etishning progressiv usullaridan 
foydalanishga 
majbur 
qiladi. 
Bozor iqtisodiyotining ustivor sohasi biznes va tadbirkorlik bo’lib, 
ularning tashkiliy shakllari kiichk va o’rta korxona hamda 
mikrofirmalar, qishloq xo’jaligida esa dehqon va fermer xo’jaliklari 
hisoblanadi. Kichik va o’rta biznes iqtisodiyotning nodavlat sektorida 
karvonboshi hisoblanadi.

Yüklə 317,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə