Biznes faoliyatida biznes rejasini ishlab chiqarish tartibi



Yüklə 317,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix11.12.2023
ölçüsü317,9 Kb.
#147447
1   2   3   4   5   6
BIZNES FAOLIYATIDA BIZNES REJASINI ISHLAB CHIQARISH TARTIBI

3.
 
Ishlab chiqarish jarayoni 
Katta firmaning biznes rejasida bu savolga alohida bo‘lim ajratiladi. 
Agar gap kichik yoki yaqinda tuzilgan korxona haqida borsa, unda bu 
savol alohida ishlab chiqilishi shart emas. Biznes rejada ishning faqat 
asosiy natijalari aks ettiriladi. Ya’ni ishlab chiqarishni tayyorlashdan 
tortib, to texnika xavfsizligini ta’minlash va ishlab chiqarish 
madaniyatigacha tushuntirish matni beriladi. 
Ishbilarmon mahsulot ishlab chiqarish uchun qaysi materiallar kerak 
bo‘lishi, qanday mashinada mahsulot ishlab chiqilishini oldindan 
rejalashtiradi. Ishlab chiqarish quwati haqida tavsif beriladi, ishga 
tushishi muddati ko‘rsatiladi. Moddiy texnika ta’minoti masalasi alohida 
ko‘rib chiqiladi, ya’ni qayerdan, kimdan, qanday materiallar sotib 
olinadi? 
Qanday 
tashib 
keltiriladi? 
Va 
boshqalar. 
Yetkazib 
beruvchilarning mahsulot sifati va yetkazib berish kafolatlari bayon 
qilinadi. Tahlil 2-3 yilga yoki kattaroq muddatta, 4-5 yilga beriladi. 
Bu bo‘limning juda muhim qismi ishlab chiqarish xarajatlarini 
hisoblashdir. Bu yerda so‘z texnika xavfsizligi va yong‘in xavfsizligini 
maqsadga muvofiq tashkil qilish uchun ketadigan qo’shimcha xarajatlar 
haqida ham boradi. Ko‘pincha firma rahbarlari biznes rejada atrof- 
muhitni muhofaza qilishga yetarlicha e’tibor bermaydilar. Bu esa 
anchagina mablag‘ talab qiladi. Natijada, firma biznes rejaga binoan 
ishni tashkil qilganidan so‘ng, «tasodifiy» xarajatlar qilishga majbur 
bo‘ladi. Bu esa biznesning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Shuning 
uchun, rejada bunday xarajatlami ham hisobga olish zarur. 


4.
 
Mahsulotning raqobatbardoshliligini bashorat qilish 
Bu bo‘limda tovarlar (xizmatlar) assortimenti, ulaming ro’yxati, 
oylik yoki yillik sotilgan soni va hajmi beriladi. Tovaming 
iste’molchilari ko‘rsatiladi. Undan so‘ng, ishbilarmon bu tovarlardan, 
uning fikri bo‘yicha, qaysisini katta hajmda o‘tkazishi mumkinligi 
aytiladi. 
Bu bo‘limning maqsadi - kreditorlami (banklami), investorlami yoki 
yangi foydalanuvchilami mahsulotning foydaliligiga ishontirish, aniqroq 
qilib aytganda, mahsulotdan ko‘p foyda olish mumkinligiga 
ishontirishdir. Buning uchun ishbilarmon bir necha savollarga javob 
berishi lozim: 

uning tovari qanday talablami qondirishi

uning tovari raqobatchilaming tovaridan nimasi bilan farqlanishi; 

u huquqiy jihatdan qanday himoyalangani, ya’ni patent, tovar 
belgisi, mualliflik guvohnomalari va boshqalar ko‘rsatiladi. 
Birinchi ikki savolga javob tadbirkomi qaysi va qancha xaridorga 
ishonish mumkinligini aniqlashga imkon beradi. 
Ishbilarmon iste’molchilar bilan kurashda quyidagi raqobat 
strategiyalaridan birini tanlab oladi. Ommaviy xaridorga chiqish 
strategiyasi (arson mollar strategiyasi) yoki ixtisoslashgan strategiya
ya’ni maxsus xaridor toifalari uchun mo‘ljallangan alohida sifatli, lekin 
qimmatbaho tovar tayyorlash. 
Ammo, 
ishbilarmon 
har 
xil 
vaziyatlarda investomi o‘z 
mahsulotining raqobatchi tovardan afzalligi borligi bilan ishontira bilishi 
kerak. Birinchi strategiyada bunday afzalliklarga, ancha arzon xom- 


ashyo kam transport xarajatlari, arzon ishchi kuchi va boshqalar kiradi. 
Ishbilarmon buni rejada ko‘rsatishi shart 
Agar ishbilarmon raqobat kurashining ikkinchisini tanlasa, unda, 
so‘z alohida sifatli mahsulot haqida boradi, ya’ni yangi fikr, g‘oyalar 
tavsiflari investorlami ushbu tovarga jalb qiladi, chunki, ular, tovaming 
yuqori sifatini kafolatlaydi. 
Raqobatbardosh mahsulot haqida so‘z borganda, barcha afzallik 
turlari quyidagi guruhlarga bo‘linishi mumkin: 
A. Past afzallik tartibi. B. Yuqori afzallik tartibi. 
A guruhi - bu afzallik strategiyasi ommaviy xaridorga chiqishda 
foydali, lekin birinchi ko‘rinishda bu afzallik yetarli ta’sir qiladi. 
Bozorda ular ustuvor bo'lmaydi, chunki, ko‘p sabablarga ko‘ra ular 
yo’qolishi mumkin (ish haqi oshganda, raqobatchilar arzon xomashyo 
manbasini topganda va boshqalar). 
Bundan xulosa shuki, past afzallik tartibi mustahkam raqobatga 
chiday olmaydi. 
Yuqori afzallik tartibi ixtisoslashgan strategiya bo‘lib, u o‘z ichiga 
yaxshi mahsulot ishlab chiqarish, yaxshi texnologiya yaratish kabilami 
oladi. Bular esa, o‘z navbatida firma obro‘sini ko‘tarish imkonini 
yaratadi. Ular ma’lum vaqt ichida raqobatbardoshlikni ta’minlab boradi. 
Raqobatbardoshlikning bir maromda borishi bank qabul qilgan qaror 
bo‘yicha korxonaga pul berishning asosiy omili bo'ladi. 
Bo‘limning oxirgi qismida ishbilarmon o‘z xaridoriga ko'rsatadigan 
qo‘shimcha xizmat turlarini taklif qilishi mumkin. (Masalan: uyga 
transport vositalari yordamida bepul yetkazish, yuklarni tashishda narxni 
kamaytirish, kafolatlangan ta’mirlash ishlarini bajarish va boshqalar). 



Yüklə 317,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə