Yaponiya va xitoyning eng yangi iqtisodiy tarixi (XX asr) ■



Yüklə 366,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix16.02.2023
ölçüsü366,83 Kb.
#100940
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
15-MAVZU. YAPONIYA VA XITOYNING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR)

16.1.
 
Ikkinchi jahon urushidan oldin va urush davrida iqtisodiyotning harbiylashtirilishi
 
Yapon hukumati iqtisodiy inqirozdan chiqishni militarizatsiya va bosqinchilikda 
ko'rmoqda edi. 1931 yilda yapon qo'shinlari Manchjuriyani bosib olish bilan Xitoyga nisbatan 
"e'lon qilin- magan" urushni boshlab yubordi, 1937 yilda "e'lon qilinmagan" urush, ochiq va e'lon 
qilingan urushga aylandi. 1932 yildayoq harbiy xarajatlar davlat budjetining 1/3 qismini tashkil 
qilardi, 1938 yilda esa 70%ga etdi. 1938 yilda "Millatni to'liq mobilizatsiya qilish to'g'risida"gi 
qonun qabul qilindi, unga binoan hukumat mamlakat iqtisodiyoti ustidan to'liq nazorat qilish 
imkonini oldi. 
Militarizatsiya yaponiya sanoatini inqirozdan tez olib chiqdi. 1936 yilga kelib sanoat ishlab 
chiqarishi 1929 yil darajasiga nisbatan 70%ga o'sdi, shu jumladan og'ir sanoat mahsulotlarini ish-
lab chiqarish - 2,6 marotaba o'sdi. Ushbu yillarda og'ir sanoat yengil sanoatdan o'zib ketdi va 
sanoat mahsulotlarining yarmidan ortig'ini bera boshladi. 
Ammo 30-yy.da yengil sanoat ham yuqori sur'atlar bilan o'sa boshladi. Gap shundaki
Yaponiya strategik xom ashyolardan (temir rudasi, neft va boshq.) mahrum edi. Ushbu xom 
ashyoni xorijdan sotib olishga to'g'ri kelar edi. Sotib olish uchun mablag'ga ega bo'lishi, buning 
uchun esa o'z tovarlarini eksport qilish kerak edi. Yaponiya faqat yengil sanoat mahsulotlarini 
(asosan tekstilni) eksport qila olar edi. Tekstil eksportini ko'paytirish uchun boshqa 
mamlakatlardan bozorni tortib olishi va o'z navbatida esa arzon- roq sotish kerak edi. Yaponiya 
ijtimoiy demping
2
ni amalga oshira boshladi. Yaponiyada yarimfeodal uslublardan va davlat 
majbur- lashidan foydalanib ishchilarni ekspluatatsiya normasi oshib bordi. Juda arzon matolar 
ishlab chiqarildi va eksport qilindi, natijada Angliya sharq bozorlaridan siqib chiqarila boshlandi. 
30-yy.da Yaponiya sun'iy shoyi ishlab chiqarish bo'yicha jahonda 1 -o'rinni egalladi. 
"Janubiy dengiz mamlakatlari"ga (Janubi-Sharqiy Osiyo) iqti- sodiy ekspansiya faqatgina 
eksportni kuchaytirishda namoyon bo'lmadi. Yaponiya strategik xom ashyo manbalarini 
o'zlashtira boshladi: kauchuk plantatsiyalarini yaratdi, neft va mis rudasini qazib olishni boshladi. 
30-yy.da Yaponiyada fashistlar rejimi o'rnatildi. Huddi Ger- maniyadagi kabi
iqtisodiyotda haddan tashqari kuchli davlat boshqaruvi amalga oshirildi. Mayda va o'rta 
korxonalarning bir qismi yopildi, qolganlari esa "nazoratdagi assotsiatsiyalar"ga bir- lashtirilib, 
ular davlat organlari nazorati ostida faoliyat yuritar edi. Davlat ushbu organlar orqali ish kuchi, 
resurslar, kreditlarni taqsimlar edi. Ishchilar korxonalarga biriktirilgan, dam olish kun- laridan 
mahrum edilar, ish kuni uzunligi ba'zida 15 soatgacha etardi. 
Davlat tomonidan tartibga solishning kuchayishi dzaybatsuni kuchayishini anglatardi, 
chunki ularning yuqori tabaqasi "nazoratdagi assotsiatsiyalar"da rahbar lavozimlarni egallashdi. 
Bu davrda dzaybaysularning "katta to'rtligi" - "Mitsui", "Mitsu-bisi", "Sumim- oto", "Yasud" 
kuchayib bordi. Faqat dzaybaysu oddiy kompaniya emasligini e'tiborga olish zarur. Ular maxsus 
tarkibdagi moliya guruhlariga aylanishdi. Har bir guruh boshida xolding-kompani- yasi 
("motikabu kaysya") turib, ular aksiyalarining asosiy qismi guruh oilasining boshiga tegishli 
bo'ladi. Guruh tarkibiga kiruvchi banklar, savdo, transport va sanoat korxonalarga topshiriqlar shu 
yerdan chiqarilardi. 
1941 yil dekabrida Perl-Xarbordagi amerika bazasiga to'satdan hujum qilib, amerikaning 
tinch okeani flotining asosiy qismini yak- son qilish bilan Yaponiya ikkinchi jahon urushiga 
qo'shildi. 1942 yil bahorga qadar yapon harbiy kuchlari shu kunga qadar "tinch munosabatda" 
bo'lgan Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarini bosib oldi. Shu bilan g'alabalar yakunlangan edi. 
Yaponiyani urushda mag'lub bo'lishi iqtisodiy omillar bilan belgilab berilgan edi. Iqtisodiyotni 
yuqori darajada militarizatsiyalashuviga qaramasdan, Yaponiyaning harbiy-sanoat salohiyati juda 
2
Demping - raqobatchilarni siqib chiqarish maqsadida chet elda tovarlarni arzon narxlarda sotishdir. Ijtimoiy demping esa - yapon tovarlarining 
arzonligi mehnatning arzonligi bilan ta'minlanishidir. 


17-MAVZU. XITOYNING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XXASR)
3
past edi. Bu strategik xom ashyoning ko'pchilik turlarining yo'qligi va og'ir sanoatning past 
darajada rivojlanganligi bilan belgilangan edi. Yaponiyada stanoksozlik mamlakat ehtiyojining 
chorak qismini qondirar edi. Yoppasiga militarizatsiya harbiy qo'shinlarning birlamchi hujumini 
ta'minlay oldi, so'ng pasayish boshlandi. 1943 yildan boshlab sanoat ishlab chiqarishi qisqara 
boshladi. Harbiy ishlab chiqar- ishni pasayishini to'xtatish maqsadida sanoatda "o'z-o'zini eyish" 
boshlandi. To'qimachilik stanoklari va yengil sanoatning boshqa uskunalarini po'lat ishlab 
chiqarish maqsadida eritishga jo'natildi. Harbiy texnikaning etishmovchiligi kamikadze-uchuvchi 
va kami- kadze-dengizchilarni paydo bo'lishi bilan ham bog'liq edi: inson mashina va texnikadan 
arzon edi. 

Yüklə 366,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə