Vizantiyadagi kelgindi slavyan dehqon aholining ahvoli «Dehqon-chilik qonuni»da juda yaxshi ta’riflangan



Yüklə 6,66 Kb.
səhifə1/2
tarix27.12.2023
ölçüsü6,66 Kb.
#161981
  1   2
Vizantiyadagi kelgindi slavyan dehqon aholining ahvoli «Dehqon-c-hozir.org (2)


Vizantiyadagi kelgindi slavyan dehqon aholining ahvoli «Dehqon-chilik qonuni»da juda yaxshi ta’riflangan; bu manba VIII asrga oiddir, le-kin unda VII asrdagi agrar munosabatlar ham aks etgan

Vizantiyadagi kelgindi slavyan dehqon aholining ahvoli «Dehqon-chilik qonuni»da juda yaxshi ta’riflangan; bu manba VIII asrga oiddir, le-kin unda VII asrdagi agrar munosabatlar ham aks etgan. Ushbu manbaga qarab fikr yuritilganda, dehqonlar erkin aholi bo‘lib, ularning o‘z ekinzor-lari, tokzorlari va bog‘lari bo‘lgan. Dehqonlar xo‘jaligida dehqonchilik-ning o‘zidan tashqari, chorvachilik ham katta rol o‘ynagan. Har bir dehqonning yer uchastkasi ekinzor, tokzor va bog‘dan iborat bo‘lib, uning o‘z xususiy mulki hisoblangan, lekin unda jamoa yer egaligining alomat-lari ochiq ko‘rinib turardi. Uchastka «ulush», «qur'a» deb atalgan.


Bu narsa yerlarning taqsimlanganligidan dalolat beradi. Qonunda, dastlabki taqsimlash noto‘g‘ri qilingan bo‘lsa, yerni qayta taqsimlash ham nazarda tutilgan. «Dehqonchilik qonuni»da dalalardan ekin yig‘ishtirib olingandan keyin yerlarning hammasi ochiq o‘tloqqa aylantirilib, unda butun qishloq chorvasining boqilishi ham pisanda qilingan. Egasi tashlab ketgan taqdirda yer jamoaga topshirilishi kerak edi. Qishloqning asosiy aholisi, ya’ni qo‘shnichilik jamoasining to‘la huquqli a’zosi bo‘lgan deh-qonlardan tashqari, «Dehqonchilik qonuni»da yana kambag‘al dehqonlar to‘g‘risida ham gapiriladi, kambag‘al dehqonlar qisman katta yer egalari-dan, qisman esa jamoachi dehqonlarning o‘zidan yer uchastkalarini hosil-ning yarmisini berish sharti bilan (teng sherikka) ijaraga olardilar. Dehqon-larning yana bir turkumi tilga olinadi, ular katta yer egalariga maxsus ushr (mortita) to‘lar edilar. Aftidan, bular ham ijarachi-dehqonlar bo‘lganlar-u, lekin ularning ahvoli yerni teng sherikka olgan dehqonlar ahvolidan yax-shiroq edi. Ba’zi tadqiqotchilarning fikricha, ularning ham bir vaqtlar o‘z yerlari bo‘lgan, biroq keyinchalik yirik yer egalariga qaram bo‘lib qolgan-lar. Nihoyat, «Dehqonchilik qonuni»da aytilishicha, yer egalarining yer-larida ishlash uchun yollangan batraklar, qishloq xo‘jalik ishchilari (mis-totlar) guruhi bo‘lgan.
Shunday qilib, «Dehqonchilik qonuni» jamoaning tabaqalarga ajrala boshlaganligidan, jamoa a’zolarining o‘z yonidagi katta dunyoviy yer egalari yoki cherkov-monastir yer egalariga qaram bo‘la boshlaganligidan ham dalolat beradi. Slavyanlar imperiyani xuddi muhtoj narsasiga - juda ko‘p erkin dehqonlarga ega qildilar. Vizantiyada tushkunlikka yuz tutgan va umri tugab qolgan quldorlik tuzumi o‘rniga, erkin dehqonlar zaminida yangi feodal munosabatlar rivojlana olardi.
Son jihatidan ko‘paygan, iqtisodiy jihatdan mustahkamlangan, jamoa-larga uyushgan Vizantiya dehqonlari VIII-IX asrlarda ishlab chiqarish kuch-larini muvaffaqiyatli rivojlantirdi, mamlakatni g‘alla bilan, dehqonchilik, chorvachilik, bog‘dorchilik, tokchilik mahsulotlari bilan to‘la ta'minlab turdi. Shu bilan bir vaqtda hukumat dehqonlardan muntazam ravishda yer solig‘i olib turardi. Bu davlat moliyasini ancha tartibga soldi. Nihoyat, dehqonlar Vizantiyada barpo etilayotgan yangi qo‘shin uchun manba bo‘lib xizmat qildi.
IX-XI asrlarda Vizantiyaning feodallashuv jarayoni tez avj olib bor-di. Erkin dehqonlarning soni shu qadar tez kamayib bordiki, mamlakat mu-dofaa qobiliyatining pasayishidan, shuningdek, aholidan tushadigan soliq mablag‘larining kamayishidan qo‘rqib, imperatorlarning o‘zlari ham tash-vishga tusha boshladilar. Dinatlar tomonidan dehqon yerlarining bosib oli-nishiga qarshi X asrning birinchi yarmida imperatorlar bir necha marta far-monlar - novellalar (922, 934 va 947 yillardagi novellalar) chiqardi. Impe-rator Vasiliy II bir necha yangi farmon chiqardi. Uning novellalaridan biri-da (996 yil) katta yer egalarining jamoachi-stratiotlardan ilgari tortib olin-gan hamma erlarni dehqonlarga qaytarib berilishi talab qilindi80. Biroq bu farmon hamda shu kabi boshqa farmonlar yaxshi bajarilmadi. Feodal zodagonlar shu qadar kuchayib ketgan ediki, 1057 yilda makedoniyaliklar dinastiyasining o‘rnini olgan va Kichik Osiyodagi zodagon yirik yer egala-ridan chiqqan Komninlar dinastiyasi erkin dehqonlarning qolgan-qutganla-rini ham feodallarga yem qilishga har tomonlama ko‘maklashdi. Komnin-lar ayrim-ayrim qishloqlarnigina emas, balki butun-butun okruglarni katta yer egalarining proniyasiga (aynan tarjima qilganda: g‘amxo‘rligiga, va-siyligiga) berdi. Bu esa o‘zlariga tobe aholini bevosita krepostnoyga aylan-tirish yo‘lidagi tadbir edi. Proniar - immunist davlat soliqlarining bir qis-mini o‘z foydasiga yig‘ib olish huquqiga ega bo‘ldi. Qo‘l ostidagi aholini uning o‘zi sud qilar edi. Bu yerlar asta-sekin feodalning nasldan-naslga o‘tadigan xususiy mulki bo‘lib qoldi.
XI-XII asrlardan boshlab Vizantiyada xususiy egalikdagi dehqonlar-ning soni juda tez o‘sa boshladi, erkin dehqonlarning va hatto davlat dehqon-larining soni bir muncha kamayib ketdi. Xususiy egalikdagi dehqonlar 

Yüklə 6,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə