O'zbekiston Respublikasining Aksiyadorlik Tijorat Milliy banki



Yüklə 90,7 Kb.
səhifə1/5
tarix22.03.2024
ölçüsü90,7 Kb.
#182497
  1   2   3   4   5
Nazarov Mirjalol amaliyot hisoboti


O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
O’zbekiston milliy universiteti iqtisodiyot fakulteti moliya va kredit kafedrasi
Budjet nazorati va g’aznachiligi ta’lim yo’nalishi
1-kurs talabasi
Nazarov Mirjalolning
“Xalq banki” aksiyadorlik tijorat bankida o’tkazilgan

Malakaviy amaliyot bo’yicha


Xisobot.
Universtitet tomonidan raxbar:___________________ ________
Tashkilot tomonidan raxbar:_______________________ ________
Kafedraga topshirilgan sana: <<_____>> 2023 y
Ximoya qilingan sana:<<_____>> 2023 y

Xay’at a’zolari: ______________________


______________________
______________________
______________________
Mundarija:
Kirish.

Kirish
O'zbekiston Respublikasining Aksiyadorlik Tijorat Milliy banki, O'zbekistonning eng qadimgi banklaridan biri deb atalishi mubolag'asiz emas. Bank tarixi 1875-yilda, birinchi jamg'arma banki ochilgan paytda boshlandi. Ushbu bank 1995-yilga qadar Sovet Ittifoqi jamg'arma banki filiali bo’lgan, shu yilning to'rtinchi oktyabrida esa hukumat va "Uzsberbank" qarori bilan "milliy aktsiyadorlik-tijorat banki"ga aylantirilgan. "O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil aprel oyida PF-4720 "Aksiyadorlik jamiyatlar korporativ boshqaruvni zamonaviy usullarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida" farmon chiqardi, farmonga binoan bank nomini “Aksiyadorlik-tijorat Xalq banki"ga o'zgartirdi. So'nggi yillarda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan o’zgarishlar va davlatning qo'llab-quvvatlashi boisi "Xalq banki" jadal rivojlanib, salohiyati oshib bormoqda. Mustaqillikning dastlabki yillarida "Xalq banki" turli moliyaviy va mablag'-kredit islohotlar davrida, mamlakatimizning moliyaviy agenti rolini o'ynadi, davlat iqtisodiyotida har doim o'z vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirdi.


O'zbekiston mustaqilligi e'lon qilingandan so'ng, "Xalq banki" mamlakatning og’ir davrida iqtisodiy vaziyatni barqarorlashtirishda muhim rol o'ynadi. Bizning iqtisodiy pul-kredit sohamiz bankning faol ishtirokida islohotlarga muhtoj edi. "Xalq banki" oldida turgan asosiy vazifalardan biri o'z salohiyatini barqarorlashtirish hamda xalqning bankga bo’lgan ishonch pog’onasini oshirish bo’ldi , bundan tashqari mamlakatimiz bank xizmatlari bozorida mavqeini mustahkamlash bo'yicha uzluksiz ishlar olib bordi.
Men, 1-kurs Iqtisodiyot fakulteti budjet nazorti va g’aznachiligi yo’nalishi talabasi Nazarov Mirjalol malakaviy ish amaliyotimni “Xalq Banki” aksiyadorlik tijorat bankida 07.06.2023 dan 17.06.2023 gacha o’tadim. Ushbu davr mobaynida men “Xalq Banki” ning “sug’urta departamenti” ning nizomini, bo’limning asosiy vazifalarini va funksiyalarini, bo’lim xuquqlari, ushbu departamentning barcha bo’limininglavozim majburiyatlarini, ishlash mexanizmini, strukturasini o’rgandim

Aksiyadorlik tijorat Xalq banki — O‘zbekiston dagi eng yirik moliya muassasalaridan biri. Bankning asosiy maqsadi — kompleks ravishda bank tizimini yaratish, aholidan bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish hamda aholini kreditlash va milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish uchun kredit va investitsiya resurslarini ko‘paytirishdan iborat. Bankning markaziy ofisi Toshkent shahrida joylashgan.


Bank o‘z salohiyatini barqarorlashtirish, aholining ishonchini qozonish, mamlakat bank xizmatlari bozoridagi o‘z mavqeyi va rolini mustahkamlash uchun barcha saʼy-harakatlarini safarbar etmoqda. Xalq banki missiyasi — bank faoliyatining yo‘nalishi va mazmunini belgilab beradi, hukumatning moliyaviy agenti vazifalarini bajarish, shuningdek, xalq farovonligi va umuman iqtisodiyotning o‘sishini taʼminlashdagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bank mijozlari — aholi va xo‘jalik yurituvchi subʼektlardir.
Hozirgi kunda "Xalq banki" mustaqil O'zbekiston bank tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. 197 ta viloyat, tuman va shahar filiallari, 33 ta mini-banklar, shuningdek 1000 dan ortiq jamg'arma va maxsus kassalar mamlakatimizdagi oddiy fuqarolariga, tadbirkorlariga hamda kichik biznes sub'ektlariga doimo turli bank xizmatlarini taqdim etib bormoqda.
Eng muhimi "Xalq banki"mizning asosiy maqsadi, o’z nomidan ma’lumki, O'zbekistonnig keksa fuqarolarini doimiy pensiya bilan ta'minlash hisoblanadi. O’zbekiston qonunida aytib o’tilganidek “fuqarolarni jamg'arib boriladigan pensiyasi bilan ta’minlash” mavjud pensiya tizimida qo'shimcha ravishda maxsus hisoblash tizimini shakllantrishdan iborat. "Xalq banki" xavfsiz elektron ma'lumotlar bazasini yaratdi, bu esa barcha bank filiallarini bog'lovchi uzluksiz monitoring va u yerdagi hatti-xarakatlarni nazorat qilish uchun imkon berdi. "Xalq banki" jamoasi muntazam ravishda o’zlaridagi maqsad va vazifalar ro’yxatini yangilab turadilar hamda ushbu maqsad va vazifalarni muvaffaqiyatli bajaradilar. Hozirgi kunda bank oldidagi vazifa xizmat ko'rsatishning yuqori darajasiga erishish hamda mamlakatimizda bank xizmatlari ko'rsatishda liderlaridan biri o'rnini ushlab turishdan iborat. Bundan tashqari "Xalq banki" investitsiya va ilg'or boshqarishni hamda kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llanilishini yanada jozibador bo'lishini istaydi.

Yüklə 90,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə