Ijtimoiy ta’minot yo’nalishi



Yüklə 104 Kb.
səhifə1/4
tarix04.03.2022
ölçüsü104 Kb.
#84319
  1   2   3   4
Ijtimoiy ta’minot yo’nalishi


Ijtimoiy ta’minot yo’nalishi
Reja:


  1. Ijtimoiy ta`minotning moxiyati va asosiy yunalishlari.

  2. Budjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi mablag`larini shakillanishi va undan foydalanish.

  3. Davlat pensiyalari.

  4. Ijtimoiy nafaqalar.

Ijtimoiy ta`minotningmoxiyati va asosiy yo`nalishlari.
Ijtimoiy yunaltirilgan bozor iqtisodiyoti, eng avvalo, inson manfaatlarini ko`zlaydi. Zero , isloxatlar jarayonida respublikamizda axolining ijtimoiy muxofazasi va uni qo`llab- quvvatlash, inson huquqlari va erkinliklarini qonunchilik xamda huquqiy asoslarini shakllantirish va amalga oshirish masalalariga katta axamiyat qaratilib kelinmokda.

Fuqorolarning ijtimoiy ta`minotga bo`lgan huquqlari asosiy qomusimiz bo`lgan O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tomonidan kafolatlangan.Jumladan,uning 39-moddasida-«xar kim kariganda, mehnat layoqatini yo`qotganda, shuningdek boquvchisidan mahum bo`lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta`minot olish huquqiga ega.



Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qo`yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo`lishi mumkin emas” –deyilgan.

Kuchli ijtimoiy siyosat Respublikamiz Prezidenti I A Karimov tomonidan bozor iqtisodiyotiga utishning tamoyillaridan biri bo`lib hisoblanadi. .... «Kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish , davlatning aholini ijtimoiy nochor qatlam va guruhlarini qo`llab-quvvatlash borasida mas`ul bo`lishi »- degan edi yurtboshimiz I A Karimov 2007 yil 30 avgustdagi qo`shma majlisdagi ma`ruzasida.

Davlatning ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo`naltirilgan xarajatlari faqat ijtimoiy emas, balki iqtisodiy axamiyatga ega buladi, jamiyatning iktisodiy salohiyatini oshirishga yordam beradi, chunki davlat amalga oshirayotgan, aholining hamma qatlamlari manfaatlariga daxldor bo`lgan iqtisodiy faoliyat natijalari ijtimoiy soxa orqali ro`yobga chiqadi.

Inson munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirish vazifalarining ijobiy hal etilishi aynan ijtimoiy-madaniy soxalar taraqqiyotiga bog`liq.

Yuqoridagilardan kelib chiqib kuchli ijtimoiy siyosat bevosita aholini turmush darajasini, uning faravonligini oshirishning asosiy omili bo`lib hisoblanadi va u quyidagi yo`nalishlarni o`z ichiga oladi:

  1. Daromad siyosati.

2. Ijtimoiy ta`minot va ijtimoiy kafolatlar.

3. Aholini ish bilan ta`minlash va mehnat bozorini shakllantirish.

4. Aholiga ijtimoiy xizmatlar ko`rsatish va ular sifatini yaxshilash.

Axoli turmush darajasini oshishida ish haqi miqdorini o`zliksiz oshirib borishi muhim ahamiyatga ega. Respublikamizni o`tgan davrlarda qo`lga kiritgan salmoqli yutuq va natijalari xalqimizning daromadlari va faravonligini izchil ravishda oshirib borishga, keng ko`lamli ijtimoiy dasturlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini berdi. Jumladan, aholining real daromadlari 2006 yilda 2000 yilga nisbatan 2,5 , 1992 yilga nisbatan esa o`rtacha 12 barobarga oshdi. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimovni 2007 yil 12 fevraldagi Vazirlar Mahkamasining yig`ilishidagi ma`ruzasida ta`kidlaganidek 2007 yilda mamlakatimizda o`rtacha ish haqini kamida uchdan bir miqdorda, 2010 yilga borib esa 2.5 barobarga oshirish vazifasi qo`yilmoqda.

Ijtimoiy ta`minot va kafolatlar deganda aholining nafaqaho`r, bolalikdan nogiron, urush nogironlari, ishsizlar, ko`p bolali kabi qatlamlari borki ularni ijtimoiy ximoyalash davlatning vazifalaridan biri hisoblanadi. Ijtimoiy ta`minot va kafolatlar ichida pensiya va ijtimoiy nafaqalar asosiy o`rinni egallaydi.

Ish bilan ta`minlash mehnat bozorini shakllantirish aholi ijtimoiy ta`minotida ma`lum salmoqga ega. Keyingi yillarda ko`rilgan chora tadbirlar asosida, yurtimizda zamonaviy mehnat bozori shakllandi. Mustaqillik yillarida 5 milliondan ortiq yangi ish o`rinlari tashkil etildi. Ularning 70 foizidan ziyodi sanoat va xizmat ko`rsatish sohalariga to`g`ri keldi. Shaxar va qishloqlarda birinchi navbatda xotin- qizlarni ish bilan ta`minlash imkonini beradigan, yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsiya asosida tashkil etiladigan kasanachilik jadal rivojlanmoqda.

Aholiga ijtimoiy xizmatlar ko`rsatish (aholining ayrim qatlamlariga bepul yoki imtiyozli) ham ularni ijtimoiy ximoyalashning yo`nalishlaridan biri hisoblanadi . Bu bo`yicha keyingi yillarda aholiga tibbiyot, ta`lim, kommunal va boshqa xizmatlarning turi ko`payganligi va sifati yaxshilanganligini alohida qayd etish lozim.

Umuman aholini ijtimoiy ximoyalash va ijtimoiy ta`minot mamlakatimizda dolzarb soxalardan hisoblanadi.

Bu to`g`risida Respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimda – «Mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlab amalga oshirilayotgan bu siyosatning amaliy tasdig`i sifatida shuni ta`kidlash kerakki, ijtimoiy soxaga yo`naltirilayotgan mablag`lar davlatimiz budjetining umumiy xarajatlariga nisbatan 2006 yilda 51,9 foizni, 2007 yilda 53,8 foizni tashkil etdi. 2008 yilda esa bu ko`rsatgich 54,6 foiz bo`lishi belgilab qo`yilgan.

Bunday ko`rsatgichlar boshqa davlatlar tajribasida kamdan-kam uchraydigan hol, desak, bu ayni haqiqatdir» - degan edi.

Yüklə 104 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə