Soliqlar va soliqqa tortish



Yüklə 90,5 Kb.
səhifə1/2
tarix28.10.2023
ölçüsü90,5 Kb.
#132514
  1   2
“Soliqlar va soliqqa tortish” faniga kirish. Foyda solig‘i-genderi.org


“SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH” FANI


Mavzu: Foyda solig'i
REJA:
1. Foyda solig‘ining joriy qilinishi, iqtisodiy mohiyati va ahamiyati.
2. Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq ob‘ekti va soliq bazasi.
3. Jami daromadlar tarkibi, jami daromaddan chegirmalar.
4. Soliq stavkalari va soliqdan imtiyozlar.
5. Soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni budjetga to‘lash muddatlari.
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlari 1991-yilga qadar asosan davlat korxonalari foydasidan ajratiladigan ajratmalar hisobidan shakllanar edi. Ushbu foydadan ajratma davlat tomonidan belgilangan majburiy to‘lov bo‘lib, u korxonalar balans foydasining 90 foizgacha bo‘lgan qismini byudjetga olib ketar, qolgan mablag‘lar esa korxona tomonidan emas, balki yuqori tashkilot topshirig‘iga ko‘ra tegishli jamg'armalarga taqsimlanar edi.
Bozor munosabatlari rivojlanishi bilan iqtisodiyotni soliqlar yordamida tartibga solish xususan, foydadan ajratmalar o‘rniga daromad solig‘ini joriy etish zarurati paydo bo‘ldi va 1992-yildan boshlab barcha turdagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar «daromad» solig‘ini to‘lashga o‘tdilar.
Foyda solig‘ining joriy qilinishi, iqtisodiy mohiyati va ahamiyati.
O‘zbekiston Respublikasi rubl mintaqasida qolib turgan vaqtda daromad solig‘ini olishga o‘tish pul qadrsizlanishi tufayli ish haqi o‘sishini cheklash uchun davlat tomonidan majburiy chora bo‘ldi. Bunday sharoitda ishlab chiqaruvchilarning moliyaviy ahvoli yomonlasha boshladi. Natijada mahsulotga talab pasayib, sotishdan olingan tushum hajmi kamaygani holda, ular o‘z ishlab chiqarishlari yo‘nalishini o‘zgartirishga, foyda olmasalar ham juda katta miqdorda ishchilarga ish haqi to‘lashga majbur bo‘ldilar. Bunday holatda amaliyotda korxonalar hisobot davrida faoliyatlarini foyda bilan yakunlamasada, daromad solig‘ini ish haqi jamg'armasidan belgilangan stavkada to‘lashga majbur edilar.
Foyda solig‘ining joriy qilinishi, iqtisodiy
mohiyati va ahamiyati
1995-yil 1-yanvardan boshlab soliqlarning rag‘batlantiruvchi rolini kuchaytirish maqsadida mamlakatimizda korxonalarning foydasidan olinadigan soliq joriy etildi. Shu bilan bir qatorda soliq to‘lovchilarning ayrim toifalari (tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari, tamosha-konsert faoliyatini olib boruvchi muassasalar, ko‘ngilochar o‘yinlarni tashkil etuvchi korxonalar, birja va boshqa shu kabi korxonalar) uchun daromad solig‘i va yalpi daromad solig‘ini to‘lash tartibi saqlab qolindi.
Foyda solig‘ining joriy qilinishi, iqtisodiy
mohiyati va ahamiyati
Iqtisodiy mohiyatiga ko’ra foyda solig‘i to’g’ri soliqlar tarkibiga kirib, u davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda asosiy manbalardan biri hisoblanadi.
Davlat byudjeti daromadlaridagi salmog‘i 2004-yilda 7,0 foizni tashkil etgani holda, 2006-yilda 5,4 foizni, 2008 yilda 5,1 foizni, 2010 yida 4,9 foizni, 2012 yilda 4,4 foizni, 2014 yilda 4,3 foizni, 2016 yilda 3,1 foizni, 2018 yilda 4 foizni, 2019 yilda 15,6 foizni, 2020 yilda esa, 21,6 foizni 2021 yilda 21,7 foizni, 2022 yilda 21,8 foizni tashkil etishi rejalashtirilgan. Bunday oʻsish foyda soligʻi toʻlovchilarining keskin ortishi bilan izohlanadi. Bunday o’sish foyda solig’i to’lovchilarining keskin ortishi bilan izohlanadi.
Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti va soliq bazasi
1.O’zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari bo’lgan yuridik shaxslar;
2.O’zbekiston Respublikasining norezidentlari bo’lgan yuridik shaxslar, shuningdek O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshiradigan, yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari;
3.O’zbekiston Respublikasidagi manbalardan daromadlar oluvchi O’zbekiston Respublikasi norezidentlari bo’lgan yuridik shaxslar;
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 294-moddasiga muvofiq quyidagilar foyda solig’ining soliq to’lovchilari deb e’tirof etiladi:
Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti va soliq bazasi
4.soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchilari bo’lgan yuridik shaxslar;
5.soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadlari bir milliard so’mdan ortiq bo’lgan yoki o’z ixtiyori bilan foyda solig’ini to’lashga o’tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar;
6.oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat to’g’risidagi shartnoma) doirasida amalga oshiriladigan faoliyat bo’yicha oddiy shirkatning ishonchli shaxsi.
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 294-moddasiga muvofiq quyidagilar foyda solig’ining soliq to’lovchilari deb e’tirof etiladi:
Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti va soliq bazasi
Agar Soliq kodeksida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, aylanmadan soliq to’lovchi shaxslar soliq to’lovchilar hisoblanmaydi.
Yuridik shaxslar foyda solig‘i bo‘yicha byudjet bilan hisob-kitoblarni mustaqil ravishda amalga oshiradilar. Ayrim iqtisodiyot tarmoq korxonalari byudjet bilan hisob-kitoblarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan markazlashtirilgan tartibda amalga oshirishlari mumkin (misol uchun, energetika, neftgaz-xolding kabi tarmoq korxonalari).
Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti va soliq bazasi
1.O’zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari;
2.O’zbekiston Respublikasining soliq solish masalalari bo’yicha xalqaro shartnomalariga muvofiq ushbu xalqaro shartnomalarni qo’llash maqsadlari uchun O’zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb e’tirof etilgan chet el yuridik shaxslari;
3.haqiqatdagi boshqaruv joyi O’zbekiston Respublikasi bo’lgan chet el yuridik shaxslari, agar O’zbekiston Respublikasining soliq masalalari bo’yicha xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa.
Soliq kodeksining 33-moddasiga muvofiq, quyidagi yuridik shaxslar O’zbekiston Respublikasining soliq rezidentlaridir:
Soliqqa tortish maqsadida foydaga soliq to‘lovchilarni rezidentlar va norezidentlarga ajratiladi.
Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti va soliq bazasi
O’zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari bo’lmagan yuridik shaxslar
Yüklə 90,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə