Soliqlar va soliqqa tortish


O’zbekiston Respublikasining norezidentlari deb e’tirof



Yüklə 90,5 Kb.
səhifə2/2
tarix28.10.2023
ölçüsü90,5 Kb.
#132514
1   2
“Soliqlar va soliqqa tortish” faniga kirish. Foyda solig‘i-genderi.org

O’zbekiston Respublikasining norezidentlari deb e’tirof etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan yuridik shaxslar O‘zbekistonda va undan tashqaridagi faoliyatdan olgan daromadlaridan foyda solig‘iga tortiladilar.
Rezidentlar doimiy faoliyat ko‘rsatuvchilar bo‘lsa, norezidentlar faoliyati Respublikada vaqtinchalik xarakterga ega bo‘ladi.
Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti va soliq bazasi
Soliq kodeksining 295-moddasiga muvofiq soliq to’lovchi tomonidan olingan foyda foyda solig’i bo’yicha soliq solish ob’ekti hisoblanadi.
Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti va soliq bazasi
Soliq kodeksining 296-moddasiga muvofiq soliq solinishi lozim bo’lgan foyda summasi soliq bazasi hisoblanadi.
Soliq bazasini belgilangan tartibda va shartlarda aniqlashda soliq to’lovchi daromadlarining va (yoki) xarajatlarining (zararlarining) ayrim turlari maxsus qoidalar bo’yicha inobatga olinishi yoki inobatga olinmasligi mumkin.
Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti va soliq bazasi
Soliq to’lovchi foydani va zararni hisobga olishning umumiy tartibidan farq qiladigan tartibi nazarda tutilgan operatsiyalar bo’yicha daromadlarning (xarajatlarning) alohida-alohida hisobini yuritadi.
Soliq bazasi, agar Soliq kodeksining 48 va 50-boblarida boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa, soliq davri boshlanganidan e’tiboran ortib boruvchi yakun bilan aniqlanadi.
Soliq to’lovchi tomonidan hisobot (soliq) davrida ko’rilgan zararlar soliq solish maqsadlarida soliq bazasini belgilangan tartib va shartlarda kamaytiradi.
Yuridik shaxslarning foyda solig‘i bo‘yicha soliqni to‘liq, to‘g‘ri aniqlash (hisoblash) uchun ularning jami daromadlari tarkibiga nimalar kirishini mukammal o‘rganish zarur bo‘ladi. Soliq kodeksining 297-moddasiga muvofiq, jami daromad yuridik shaxs tomonidan O’zbekiston Respublikasidagi va uning hududidan tashqaridagi manbalardan hisobot (soliq) davri mobaynida olingan daromadlardan iboratdir.
Jami daromadlar tarkibi, jami daromaddan chegirmalar
Jami daromad, qo’shilgan qiymat solig’ini va aksiz solig’ini inobatga olmagan holda aniqlanadi. Jami daromadga har qanday shaklda va (yoki) har qanday faoliyatdan olinishi lozim bo’lgan daromadlar kiradi.
Jami daromadlar tarkibi, jami daromaddan chegirmalar
Jami daromadlar tarkibi, jami daromaddan chegirmalar
Jami daromadga har qanday shaklda va (yoki) har qanday faoliyatdan olinishi lozim bo’lgan daromadlar, xususan, quyidagi daromadlar kiradi:
1.O’zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari;
2.O’zbekiston Respublikasining soliq solish masalalari bo’yicha xalqaro shartnomalariga muvofiq ushbu xalqaro shartnomalarni qo’llash maqsadlari uchun O’zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb e’tirof etilgan chet el yuridik shaxslari;
3.haqiqatdagi boshqaruv joyi O’zbekiston Respublikasi bo’lgan chet el yuridik shaxslari, agar O’zbekiston Respublikasining soliq masalalari bo’yicha xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa.
Jami daromadlar tarkibi, jami daromaddan chegirmalar
4.moliyaviy ijara (lizing) shartnomasiga binoan mol-mulkni berish bo’yicha pul mukofoti tarzidagi daromad;
5.mol-mulkni mulk ijarasiga (ijaraga) berishdan olingan daromad, bundan moliyaviy ijara (lizing) mustasno;
6.royalti;
7.RYEPO operatsiyalari bo’yicha daromad;
8.qimmatli qog’ozlar va (yoki) muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar bo’yicha Soliq Kodeksning 327 — 329-moddalariga muvofiq olingan daromad;
9.asosiy vositalarning va boshqa mol-mulkning Soliq Kodeksning 298-moddasiga muvofiq chiqib ketishidan olingan daromad;
Jami daromadlar tarkibi, jami daromaddan chegirmalar
10.Soliq Kodeksning 300-moddasiga muvofiq talab qilish huquqidan o’zganing foydasiga voz kechish shartnomasi bo’yicha olingan daromad;
11.Soliq Kodeksning 301-moddasiga muvofiq ilgari chegirib tashlangan xarajatlar yoki zararlarning o’rnini qoplash tarzidagi daromad;
12.Soliq Kodeksning 302-moddasiga muvofiq xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklardan olinadigan daromad;
13.Soliq Kodeksning 299-moddasiga muvofiq tekin olingan mol-mulk (olingan xizmatlar);
14.inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha tovar-moddiy zaxiralarning va boshqa mol-mulkning qiymati tarzidagi daromad;
15.qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiyatlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromad, bundan Soliq Kodeksning 317-moddasiga muvofiq ilgari chegirib tashlanmagan xarajatlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar mustasno;
Jami daromadlar tarkibi, jami daromaddan chegirmalar
16.dividendlar va foizlar;
17.ishonchli boshqaruv muassisi tomonidan mol-mulkni ishonchli boshqarishdan olingan daromad;
18.shakllantirilish xarajatlari Soliq Kodeksning 44 va 45-boblarida belgilangan tartibda va shartlarda xarajatlar tarkibiga qabul qilingan, qayta tiklangan zaxiralar summalari;
19.Soliq Kodeksning 319-moddasiga muvofiq birgalikdagi faoliyatda ishtirok etishdan olingan daromad;
20.qarzdor tomonidan e’tirof etilgan yoxud qarzdor tomonidan sudning qonuniy kuchga kirgan hujjati asosida shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun to’lanishi lozim bo’lgan jarimalar, penyalar va boshqa sanktsiyalar, shuningdek zararlarning (ziyonning) o’rnini qoplash summalari;
21.Soliq Kodeksning 320-moddasiga muvofiq kursdagi ijobiy farq;
Jami daromadlar tarkibi, jami daromaddan chegirmalar
22.Soliq Kodeksning VII bo’limida belgilangan hollarda va tartibda nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foyda tarzidagi daromadi;
23.alohida hisobi mavjud bo’lmagan va (yoki) ulardan maqsadli foydalanilmagan maqsadli mablag’lar tarzidagi daromad (bundan byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlari normalari qo’llaniladigan byudjet mablag’lari mustasno);
24.yuqorida ko’rsatilmagan boshqa daromadlar;
25.aktsiyador, ishtirokchi yuridik shaxs foydasiga o’z ulushining (ulushi bir qismining) qiymatini olishdan voz kechgan taqdirda, mazkur yuridik shaxsning ustav fondi (ustav kapitali) kamayishi munosabati bilan olgan daromad;
26.korxonani mol-mulk majmui sifatida sotishdan olingan daromad;
27.Soliq Kodeksning VI bo’limida belgilangan hollarda va tartibda narxlarga tuzatishlar kiritish tufayli olingan daromad.
Daromadlar soliq to’lovchi tomonidan olingan daromadlarni tasdiqlovchi birlamchi hujjatlar va boshqa hujjatlar, shu jumladan elektron hujjatlar, shuningdek soliqni hisobga olishga doir hujjatlar asosida aniqlanadi.
Jami daromad pul, natura shaklida va (yoki) boshqa shakllarda kelib tushgan barcha tushumlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Soliq to’lovchi tomonidan olingan, qiymati chet el valyutasida ifodalangan daromadlar qiymati milliy valyutada ifodalangan daromadlar bilan birgalikda hisobga olinadi.
Jami daromadlar tarkibi, jami daromaddan chegirmalar
Daromadni e’tirof etish sanasi buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq aniqlanadi.
Soliq to’lovchining daromadlariga tuzatish kiritish Soliq kodeksining 332-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Agar muayyan bir daromad daromadlarning bir nechta moddasida nazarda tutilgan bo’lsa, jami daromadni aniqlashda mazkur daromad faqat bir marta kiritiladi.
Jami daromadlar tarkibi, jami daromaddan chegirmalar
Soliq kodeksining 304-moddasiga ko‘ra quyidagilar soliq to‘lovchining daromadi sifatida hisobga olinmaydi:
1.ustav fondiga (ustav kapitaliga) qo’shilgan hissa tarzida olingan mablag’lar;
2.aksiyalarni (ulushlarni) joylashtirish narxining ularning nominal qiymatidan (dastlabki miqdoridan) ortiqcha summasi;
3.ishtirokchilar tarkibidan chiqish (chiqib ketish) chog’ida ustav fondiga (ustav kapitaliga) qo’shilgan hissa doirasida olingan yoki ishtirokchining ulushi miqdorini kamaytirish, shuningdek tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulkini ishtirokchilar o’rtasida taqsimlash chog’ida olingan mablag’lar;
Jami daromadlar tarkibi, jami daromaddan chegirmalar
4.qonun hujjatlariga muvofiq ushbu majburiyatlarning ta’minoti sifatida garov yoki zakalat tarzida olingan mablag’lar, ularga bo’lgan mulk huquqi boshqa shaxsga o’tgan paytga qadar;
5.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida, shuningdek O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq tekinga olingan mol-mulk va xizmatlar;
6.Soliq Kodeksning 48-moddasida nazarda tutilgan talablar bajarilishi sharti bilan olingan grantlar, insonparvarlik yordami va maqsadli tushumlar;
7.oddiy shirkat shartnomasi bo’yicha birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish uchun birlashtiriladigan mablag’lar;
8.oddiy shirkat shartnomasi bo’yicha sherikning (ishtirokchining) shartnoma sheriklari (ishtirokchilari) umumiy mulkidagi ulushi qaytarilgan yoki bunday mol-mulk bo’lingan taqdirda, ushbu sherik (ishtirokchi tomonidan) qo’shilgan hissa miqdorida olingan mablag’lar;
9.realizatsiya qilinadigan tovarlar (xizmatlar) uchun oldindan to’lov (bo’nak) tarzida boshqa shaxslardan olingan mablag’lar;
Jami daromadlar tarkibi, jami daromaddan chegirmalar
10.mol-mulk ijarasiga doir shartnoma bo’yicha olingan mol-mulk, bundan moliyaviy ijara (lizing) mustasno;
11.telekommunikatsiya tarmoqlaridagi tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining tekin olingan texnik vositalari, shuningdek ulardan foydalanish va ularga xizmat ko’rsatish bo’yicha xizmatlar;
12.investor va davlat mulkini boshqarish bo’yicha vakolatli davlat organi o’rtasida tuzilgan shartnomaga binoan investitsiya majburiyatlari sifatida kiritiladigan mol-mulk;
13.sug’urta shartnomalari bo’yicha sug’urta tovoni (sug’urta summasi) tarzida olingan mablag’lar;
14.vositachiga yoki boshqa ishonchli vakilga vositachilik, topshiriq shartnomasi yoki vositachilik xizmatlari ko’rsatishga doir boshqa shartnoma bo’yicha majburiyatlarni bajarishi munosabati bilan, shuningdek vositachi yoki boshqa ishonchli vakil tomonidan komitent yoxud boshqa ishonch bildiruvchi uchun amalga oshirilgan xarajatlarning o’rnini qoplash hisobidan kelib tushgan mol-mulk (pul mukofoti bundan mustasno). Bunday xarajatlar, agar tuzilgan shartnomalar shartlarida bu xarajatlarning o’rnini qoplash nazarda tutilgan bo’lsa, vositachidan yoki ishonchli vakildan chegirib tashlanmaydi;
15.moliyaviy ijara (lizing) ob’ektining qiymati o’rnini ijaraga beruvchi (lizing beruvchi) tomonidan olingan ijara (lizing) to’lovining qismi tarzida qoplash;
Jami daromadlar tarkibi, jami daromaddan chegirmalar
16.O’zbekiston Respublikasining davlat obligatsiyalari va davlatning boshqa qimmatli qog’ozlari bo’yicha olingan daromadlar, shuningdek O’zbekiston Respublikasi tomonidan va O’zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari tomonidan chiqarilgan xalqaro obligatsiyalar bo’yicha daromadlar;
17.soliq to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq hisobdan chiqarilgan penyalarning va jarimalarning summasi;
18.kredit yoki qarz shartnomalari bo’yicha mablag’lar yoki boshqa mol-mulk (mablag’ jalb qilishni rasmiylashtirish usulidan qat’i nazar, boshqa shunday mablag’lar yoki boshqa mol-mulk, shu jumladan qarz qimmatli qog’ozlar), shuningdek bunday jalb qilingan mablag’larni to’lash hisobidan mablag’lar yoki boshqa mol-mulk;
19.kontsessiya bitimi bo’yicha qonun hujjatlariga muvofiq olingan mol-mulk;
20.davlat muassasalari tomonidan barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat organlarining qaroriga ko’ra olingan mol-mulk;
Jami daromadlar tarkibi, jami daromaddan chegirmalar
Soliq kodeksiga muvofiq xarajatlar chegiriladigan va chegirib tashlanmaydigan xarajatlarga bo‘linadi. Soliq kodeksiga muvofiq, yuridik shaxslarning soliq bazasini aniqlashda ushbu shaxslarning jami daromadidan daromad olish bilan bog’liq barcha xarajatlar chegirib tashlanadi, bundan chegirib tashlanmaydigan xarajatlar mustasno.
Soliq to’lovchi tomonidan O’zbekiston Respublikasida ham, uning hududidan tashqarida ham hisobot (soliq) davri davomida amalga oshirilgan (ko’rilgan), asoslangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan chiqimlari (Soliq kodeksining 333 - 336-moddalarida nazarda tutilgan hollarda esa zararlar) xarajatlar deb e’tirof etiladi.
Asoslangan xarajatlar deganda bahosi pul shaklida ifodalangan, iqtisodiy jihatdan o’zini oqlagan chiqimlar tushuniladi.
Jami daromadlar tarkibi, jami daromaddan chegirmalar
Soliq kodeksining 317-moddasiga muvofiq, soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanmaydigan xarajatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1
qonun hujjatlariga muvofiq vakolatli organ tomonidan belgilangan moddiy qimmatliklarning tabiiy kamayishi normalaridan, ular mavjud bo’lmaganda esa, soliq to’lovchi tomonidan belgilangan normalardan ortiqcha tovarlar yo’qolishi;
2
umumiy ovqatlanish korxonalariga yoki boshqa tashkilotlarga joylarni tekin berish xarajatlari, ushbu korxonalar va tashkilotlar uchun kommunal xizmatlarning qiymatini to’lash;
3
soliq to’lovchining Soliq Kodeksning 376-moddasida nazarda tutilgan, jismoniy shaxsning moddiy naf tarzidagi daromadlari hisoblangan xarajatlari;
Jami daromadlar tarkibi, jami daromaddan chegirmalar
7
xayriya yordami tarzida berilgan mablag’lar, bundan metsenatlik ko’magini ko’rsatish uchun yo’naltirilgan mablag’lar mustasno;
8
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan normalardan ortiqcha tarzda atrof-muhitni ifloslantirganlik va chiqindilar joylashtirganlik uchun kompensatsiya to’lovlari;
9
loyihalar va qurilish-montaj ishlaridagi kamchiliklarni, ob’ekt yonidagi omborga tashib keltirilguniga qadar yuz bergan buzilishlar va deformatsiyalarni bartaraf etishga doir xarajatlar, korroziyaga qarshi muhofazadagi nuqsonlar tufayli taftish o’tkazish (asbob-uskunalarni qismlarga ajratish) xarajatlari hamda ushbu xarajatlarning o’rnini kamchiliklar, buzilishlar yoki zararlar uchun javobgar bo’lgan mahsulot yetkazib beruvchi yoki boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar hisobidan qoplash imkoni bo’lmagan miqdordagi boshqa shunga o’xshash xarajatlar;
4
dala (safar) ta’minoti, xodimning shaxsiy avtotransportidan xizmat maqsadlarida foydalanganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha to’lovlar;
5
pensiyalarga ustamalar va qo’shimcha to’lovlar;
6
Soliq Kodeks 377-moddasi birinchi qismi 10-bandining to’rtinchi va beshinchi xatboshilarida ko’rsatilgan moddiy yordam;
Jami daromadlar tarkibi, jami daromaddan chegirmalar
13
soliq to’lovchining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lmagan tadbirlarga (sog’liqni saqlashga oid, sport va madaniy tadbirlar, dam olishni tashkil etish hamda boshqa shunga o’xshash tadbirlarga) doir xarajatlari, bundan tadbirlarni o’tkazishga doir majburiyatlar qonun hujjatlari bilan soliq to’lovchining zimmasiga yuklatilgan hollar mustasno;
14
kasaba uyushmalari qo’mitalariga yordam ko’rsatish;
15
mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan xizmatlar (shaharlarni va shaharchalarni obodonlashtirish bo’yicha xizmatlar, qishloq xo’jaligiga yordamlashish va xizmatlarning boshqa turlari) ko’rsatganlik uchun qilingan xarajatlar;
10
aybdorlari aniqlanmagan talon-taroj qilishlar va kamomadlardan yoki aybdor taraf hisobidan zarur summalarning o’rnini qoplash imkoni bo’lmagan taqdirda ko’rilgan zararlar;
11
boshqa shaxslar uchun to’langan soliqlar;
12
soliq tekshiruvlari natijalari bo’yicha qo’shimcha hisoblangan soliqlar va yig’imlar;
Jami daromadlar tarkibi, jami daromaddan chegirmalar
19
byudjet tizimiga kiritilishi lozim bo’lgan (kiritilgan) penyalar, jarimalar va boshqa sanktsiyalar;
20
sotib olishga, ishlab chiqarishga, qurilishga, montaj qilishga, o’rnatishga doir va amortizatsiya qilinadigan aktivlarning qiymatiga qo’shiladigan boshqa xarajatlar, shu jumladan qo’shimcha qurish, qo’shimcha jihozlash, rekonstruktsiya qilish, modernizatsiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash hollarida amalga oshiriladigan, amortizatsiya chegirmalari vositasidagi xarajatlar jumlasiga kiritiladigan xarajatlar;
21
soliq to’lovchining amortizatsiya qilinmaydigan mol-mulkning boshlang’ich qiymatiga buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq kiritiladigan xarajatlari;
16
ushbu bo’limda nazarda tutilgan hollardan tashqari soliq solinmaydigan daromad olish bilan bog’liq xarajatlar;
17
haqiqatda xizmatlar ko’rsatmasdan, tovarlarni jo’natmasdan turib amalga oshirilgan operatsiyalar bo’yicha xarajatlar, agar bunday fakt sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan aniqlangan va unda ushbu xarajatlarni amalga oshirgan soliq to’lovchining nomi ko’rsatilgan bo’lsa;
18
daromad olishga qaratilgan faoliyat bilan bog’liq bo’lmagan xarajatlar, agar qonun hujjatlariga muvofiq bunday xarajatlarni amalga oshirish majburiyati soliq to’lovchining zimmasiga yuklatilmagan bo’lsa;
Jami daromadlar tarkibi, jami daromaddan chegirmalar
25
soliq to’lovchi tomonidan boshqa shaxslarning foydasiga to’lanadigan ixtiyoriy sug’urta badallari;
26
soliq to’lovchi tomonidan Soliq Kodeksning 310-moddasiga muvofiq soliq solish maqsadlarida xarajatlar deb e’tirof etiladigan xarajatlarning summasidan ortiqcha hisoblangan foizlar va ayrim chiqimlar;
27
tekin berilgan mol-mulkning (xizmatlarning) qiymati va bunday berish bilan bog’liq bo’lgan (shu jumladan qo’shilgan qiymat solig’i summasi kiritilgan) xarajatlar, bundan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko’ra mol-mulkni o’tkazish, shuningdek telekommunikatsiya tarmoqlaridagi tezkor-qidiruv tizimining texnik vositalarini o’tkazish va ulardan foydalanish bo’yicha xizmatlar ko’rsatish mustasno;
22
Soliq Kodeksda chegirmalar jumlasiga kiritish normalari belgilangan xarajatlarning mazkur normalar qo’llanilgan holda hisoblab chiqarilgan chegirmaning eng yuqori summasidan ortiq bo’lgan summa;
23
shakllantirilishi ushbu bo’limda va (yoki) qonun hujjatlari talablarida nazarda tutilmagan zaxiralarga, zaxira fondlari va boshqa fondlarga ajratmalar, bundan Soliq Kodeksning 315, 316 va 326-moddalarida nazarda tutilgan normalar doirasidagi xarajatlar mustasno;
24
soliq to’lovchi tomonidan hisoblangan dividendlar summalari;
Jami daromadlar tarkibi, jami daromaddan chegirmalar
31
mol-mulk narxining pasayish (qadrsizlanish) summalari;
32
oddiy shirkat shartnomasi doirasida sheriklar (ishtirokchilar) tomonidan shartnoma sheriklarining (ishtirokchilarining) umumiy mulkdagi ulushni qaytarish yoki bunday mol-mulkni bo’lish chog’ida ko’rilgan zararlar;
33
soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchisi tomonidan ushbu guruhning mas’ul ishtirokchisiga soliqni (bo’nak to’lovlarini, joriy to’lovlarni, penyalarni, jarimalarni) Soliq Kodeksda soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi uchun belgilangan tartibda to’lash uchun berilgan pul mablag’lari, shuningdek soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi tomonidan shu guruhning ishtirokchisiga ushbu soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha to’lanishi lozim bo’lgan soliq (bo’nak to’lovlari, joriy to’lovlar, penyalar, jarimalar) summasi aniqlashtirilishi munosabati bilan berilgan pul mablag’lari;
28
ishonchli boshqaruv muassisining ishonchli boshqaruv shartnomasini bajarish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlari, agar ishonchli boshqaruv shartnomasiga ko’ra muassis naf oluvchi bo’lmasa;
29
notijorat tashkilotlariga va xalqaro tashkilotlarga to’lanadigan badallar, yig’imlar va boshqa to’lovlar, bundan bunday badallarni, yig’imlarni va boshqa to’lovlarni to’lash qonun hujjatlarida (shu jumladan chet davlatlarning qonun hujjatlarida) nazarda tutilgan va (yoki) ushbu badallarni, yig’imlarni va boshqa to’lovlarni to’lagan soliq to’lovchilar tomonidan faoliyatni amalga oshirishning sharti yoxud mazkur tashkilotlar tomonidan soliq to’lovchilar o’z faoliyatini yuritishi uchun zarur xizmatlar taqdim etishning sharti bo’lgan hollar mustasno;
30
soliq to’lovchi tomonidan tashkil etilgan zaxira mablag’lari hisobiga amalga oshirilgan xarajatlar, agar bunday zaxiralarni tashkil etishga doir xarajatlar Soliq Kodeksda yoki boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chegirmalar jumlasiga kiritilgan bo’lsa;
Jami daromadlar tarkibi, jami daromaddan chegirmalar
34
tovar-moddiy qimmatliklarni yaroqsizligi sababli (saqlash muddati o’tganligi, jismoniy va (yoki) ma’naviy eskirganligi, shunga o’xshash boshqa sabablarga ko’ra) hisobdan chiqarishdan ko’rilgan zararlar, bundan favqulodda holatlar (tabiiy ofat, yong’in, avariya, yo’l-transport hodisasi va hokazolar) oqibatida ko’rilgan zararlar mustasno);
35
muddati o’tgan va kechiktirilgan kreditlar (qarzlar) bo’yicha muddatli qarz uchun kredit shartnomasida nazarda tutilgan stavkalardan ortiqcha foizlar;
36
xo’jalik shartnomalari shartlarini buzganlik uchun to’langan yoki tan olingan jarimalar, penyalar va sanktsiyalarning boshqa turlari;
Foyda solig‘i stavkalari
Foyda solig‘i stavkasi 1998-yilda 36 foizni tashkil etgani holda 2001-yilda 26 foizga tushirilgan. 2002-yilda esa 24 foiz, 2003-yilda 20 foiz, 2004-yilda 18 foiz, 2005-yilda 15 foiz, 2006-yilda 12 foiz, 2007-yilda 10 foiz, 2009-yildan boshlab esa 9 foiz qilib belgilangan. 2010–2013-yillarda mazkur miqdor saqlab qolindi. 2014-yil 1-yanvardan boshlab yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasi 8 foiz etib belgilandi. 2015-yil 1-yanvardan boshlab mazkur stavka 7,5 foiz miqdorida tasdiqlandi. 2018-yil 1-yanvardan boshlab esa mazkur stavka 14 foiz miqdorida belgilandi. 2019 yilda esa ushbu miqdor 12 foizni tashkil etgan.
Foyda solig‘i stavkalari
Soliq kodeksining 337-moddasiga muvofiq yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilangan:

T/r

Soliq to‘lovchilar

Soliq stavkalari, foizlarda

1

Banklar

20

2

Quyidagi soliq to‘lovchilar:
polietilen granulalar ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi;
faoliyatining asosiy turi mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan

20

3

O‘zi ishlab chiqargan o‘z qishloq xo‘jaligi mahsulotini realizatsiya qilishdan olingan foyda bo‘yicha Soliq Kodeksning 57-moddasida nazarda tutilgan mezonlarga javob beruvchi qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari va baliq xo‘jaligi korxonalari

0










4
Ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar




0

5

Qo‘shimcha manbalardan daromadlar oluvchi budjet tashkilotlari

0

6

Tovarlarni (ishlarni) eksportga realizatsiya qilishdan olingan foyda

0




Foyda solig‘i stavkalari

T/r

Soliq to‘lovchilar

Soliq stavkalari, foizlarda

7

Bozor va savdo komplekslarida xizmat ko‘rsatishdan olingan foyda

20

8

Tovarlarning (xizmatlarning) elektron savdosini amalga oshiruvchi elektron tijorat subyektlarining milliy reyestriga kiritilgan soliq to‘lovchilar

7,5

9

Yagona ishtirokchilari nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari bo‘lgan va umumiy xodimlar sonida nogironligi bo‘lgan shaxslar kamida 50 foizni tashkil etadigan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatiga haq to‘lash jamg‘armasi mehnatga haq to‘lash umumiy fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan soliq to‘lovchilar

0

10

O‘zbekiston Respublikasi Xalq banki tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘lardan foydalanishdan olinadigan daromadlar

0

11

Dividendlar tarzidagi daromadlar

5

12

Qolgan soliq to‘lovchilar, bundan 1 — 11-bandlarda ko‘rsatilganlar mustasno







15

Soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni byudjetga to‘lash
Soliq kodeksining 338-moddasiga muvofiq, kalendar yil soliq davri, yilning choragi esa hisobot davridir. Soliq kodeksining 339-moddasiga ko’ra, hisobot (soliq) davrining yakunlari bo’yicha soliq summasi soliq to’lovchi tomonidan mustaqil ravishda aniqlanadi.
Hisobot davri yakunlari bo’yicha soliq summasi soliq davrining boshidan oshib boruvchi yakun bilan soliq bazasining soliq stavkasiga muvofiq bo’lgan foizlardagi ulushi sifatida hisoblab chiqariladi.
Soliq to’lovchi Soliq kodeksining 342-moddasida belgilangan hollarda va tartibda foyda solig’ini yoki chet davlatda to’langan daromadlardan olinadigan xuddi shunday turdagi to’langan soliqni hisobga o’tkazish yo’li bilan soliq summasini kamaytirishga haqli.
Soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni byudjetga to‘lash
Soliq hisoboti barcha soliq to’lovchilar tomonidan har bir hisobot va soliq davri o’tganidan keyin soliq bo’yicha hisobda turgan joyidagi soliq organiga taqdim etiladi.
Soliq hisoboti quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
hisobot davri yakunlari bo’yicha — hisobot davridan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirmay
soliq davri yakunlari bo’yicha — soliq davri o’tgandan keyingi yilning 1 martidan kechiktirmay
Soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni byudjetga to‘lash
Byudjet tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan soliq bo’yicha soliq hisoboti soliq davri yakunlariga ko’ra taqdim etiladi, bundan matlubot kooperativlari mustasno. Bunda o’tgan soliq davri yakunlari bo’yicha jami daromad mavjud bo’lmagan taqdirda soliq hisobotini taqdim etish talab qilinmaydi.
Soliq kodeksining 340-moddasiga muvofiq, foyda solig’ini to’lash hisobot (soliq) davri yakunlari bo’yicha, tegishli hisobot (soliq) davri uchun soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni byudjetga to‘lash
Jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda besh milliard so’mdan oshadigan soliq to’lovchilar hisoblab chiqarilgan har oylik bo’nak to’lovlarini hisobot davri har bir oyining yigirma uchinchi kunidan kechiktirmay to’laydi.
Soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni byudjetga to‘lash
Joriy soliq davrining birinchi choragida to’lanishi lozim bo’lgan har oylik bo’nak to’lovining summasi o’tgan soliq davrining oxirgi choragida to’lanishi lozim bo’lgan har oylik bo’nak to’lovi summasiga teng etib qabul qilinadi.
Soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni byudjetga to‘lash
Hisobot (soliq) davri yakunlari bo’yicha hisobot (soliq) davri mobaynida to’langan har oylik bo’nak to’lovlari summasi hisobot (soliq) davri uchun soliq hisoboti bo’yicha hisoblab chiqarilgan soliqni to’lash chog’ida hisobga olinadi. Har oylik bo’nak to’lovini hisoblab chiqarish soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Jami yillik daromadning miqdoridan qat’i nazar, soliq hisobotini soliq bo’yicha faqat soliq davri yakunlari yuzasidan taqdim etuvchi soliq to’lovchilar har oylik bo’nak to’lovlarini to’lamaydi.
Soliq xizmati – insofli soliq to’lovchilarning ishonchli hamkori!

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


531-21 guruh talabasi
TEMIROV TOHIR
Yüklə 90,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə