Mavzu: uyg‘onish davri adabiyoti reJA: Uyg‘onishning ma'nosi, Vatani, kelib chiqishi



Yüklə 65,84 Kb.
səhifə1/22
tarix03.02.2023
ölçüsü65,84 Kb.
#100100
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
2-k filologiya J.Adabiyoti 5- mavzu


MAVZU: UYG‘ONISh DAVRI ADABIYoTI
ReJA:

  1. Uyg‘onishning ma'nosi, Vatani, kelib chiqishi.

  1. Italiya uyg‘onishi va o‘ziga xosligi.

  1. San'atdagi uyg‘onish.

  1. Adabiyotdagi uyg‘onish.

Renessans fr. so‘z bo‘lib, yangidan tug‘ilish demak. O‘rta asrlardan keyin kelib, Ma'rifatchilik davriga poydevor yasagan. Italiyada 14-asr. 15-16-asrda yevropaga yoyildi. 17-asrning uchinchi o‘n yilligiga (1630) qadar davom etdi. Renessansda dunyoviy madaniyatga e'tibor berildi.
Asosiy xususiyati gumanizm. Antropotsentrizm (ya'ni inson va uning faoliyatiga ahamiyat). Termin (Uyg‘onish) italyan gumanisti Jorj Vazari tomonidan iste'molga kiritilgan.
Italiyaning Florensiyasida paydo bo‘lgan. Chunki Vizantiya davlatining yo‘qolishi bilan vizantiyaliklar o‘zlari bilan antik davr kitoblarini, san'at asarlarini olib, Florensiyaga qochib kelib, “Aflotun akademiyasi”ni tashkil etadi. Shundan uyg‘onishning dastlabki kurtaklari ochildi va avval Florensiya (Italiya), so‘ngra butun yevropaga tarqaldi.
Antik olam san'atiga e'tibor qaratildi. Dunyoviy ilmiy va san'at markazlari ochildi va ular cherkovdan holi bo‘lib olishdi. 15 asr o‘rtalarida paydo bo‘lgan kitob nashri esa antik merosni butun yevropaga yoyilishini ta'minladi.
Renessans davrlari:

  1. Uyg‘onish oldi davri. Renessansga tayyorgarlik. 13-14-asrlar

  1. Ilk uyg‘onish davri. Italiyada 1420-1500-yillar. Eskidan batamom voz kecholmadi, ammo yangi elementlarni sinab ko‘radi.

  1. Yuksak uyg‘onish davri. 1500-1527. Italiya .

Leonardo da Vinchi (1452-1519)
Mikelanjelo (1475-1564)
Rafael (1483-1520)

  1. So‘nggi uyg‘onish davri (1530-1620 y.y.) Italiya

  1. Shimoliy Uyg‘onish davri. Italiyadan boshqa mamlakatlardagi uyg‘onish davri. (Angliya, Germaniya, Ispaniya, Gollandiya va h.k...)

O‘rta asrlarda diniy-feodal mafkura hukmron bo‘lsa, Renessansda gumanistik g‘oya hukmron. Ozod inson olami yerdagi baxtni yaratuvchi sifatida qaraldi. (Namoyandalari Dante, Petrarka, Bakachcho / Italiya).
Renessans – bu Italiya, lekin shimoliy Renessans ham bor: Angliya, Germaniya, Niderlandiya, Portugaliya, Ispaniya.
Yangi janr va realizmning ilk kurtaklari paydo bo‘ldi.
Renessansning keying bosqichlarida ma'rifatchilik, sotsialistik qirralari ko‘ringan.
Italiya Renessansning ona vatani.
Inson feodalizm va cherkov zulmidan ozod bo‘la boshladi. Kapitalistik munosabatlar shakllandi. Siyosiy masalalarda o‘z fikrini bildirdi. Xalq og‘zki ijodiga ahamiyat berdi. Adabiyotning asosiy tasvir ob'ekti inson bo‘ldi.
Dantedan so‘ng, Lauraga bag‘ishlab sonetlar yozgan Petrarka va “Dekameron” muallifi Bakachcholar dastlabki gumanistlar hisoblanadi.

Yüklə 65,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə