Mavzu: uyg‘onish davri adabiyoti reJA: Uyg‘onishning ma'nosi, Vatani, kelib chiqishi



Yüklə 65,84 Kb.
səhifə5/22
tarix03.02.2023
ölçüsü65,84 Kb.
#100100
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
2-k filologiya J.Adabiyoti 5- mavzu

Djovani Bokkachcho (1313-1375) Uyg‘onish davrining yetuk olimi va adibidir. Bokkacho Florensiyalik savdogar va fransuz ayolining nikohsiz farzandi bo‘lib, Parijda tug‘ilgan. Onasi vafotidan so‘ng Florensiya va Neapolda o‘sib ulg‘aydi.
1338 yili «Filokolo» romani yaratildi. 1339 yilda esa antik syujetga asoslangan «Tezeida» dostonsi yozib tugallandi. 1348 yilda yevpopa adabiyotidagi ilk psixologik asarlardan bo‘lgan prozada yozilgan «Fpyametta» qissasini tugatdi. Yozuvchi unda sevgilisi tashlab ketgan maoshuqani xis-tuyg‘u va ruhiy azoblarini ustalik bilan tasvirlaydi.
«Dekameron» (1352-1354). Xalq og‘zaki ijodining eng yaxshi namunalari va antik adabiy meroslarini o‘rganish, ulardan ijodiy foydalanish natijasida Bokachcho novella janrini yangi, yuqori bosqichga ko‘tardi.
U novella janriga yangi, gumanistik mazmun, realistik xarakter kiritishi bilan, uni «tuban» janrdan «yuqori» janrlar qatoriga ko‘tardi. Yozuvchi hikoyalarning maqsadi o‘quvchining ovutish va qiziqtirishgina bo‘lmay, balki kishilarga yangi ong, madaniyat va go‘zallik idealini singdirishdan iborat bo‘lmog‘i ham kerak, deb biladi.
1348 yili Florensiyada o‘lat kasali tarqalib, epidemiya sog‘ qolgan kishilarni xulq-atvoriga ham taosir etmay qolmadi. O‘rta asr diniy urf-odatlar, narigi dunyo azoblari haqida uydirmalar yanada avjiga chiqdi. Shunday og‘ir sharoitda Bokachcho «Dekameron» asarini yaratdi.
Asarda 100 ta novella bor. Novellalarning biri ikkinchisiga maxsus ulovchi hikoyalar vositasida bog‘lanadi. Asar o‘lat kasali tarqalishini tasvirlashdan boshlangan. Florensiyalik yigit va qizlar (7 ta qiz va 3 ta yigit) shahardan chiqib ketib, bog‘i Eramga borishib, o‘lat va vahimani aql-idrok bilan yengishga intiladilar. («Dekameron» - yunon tilidan o‘n kunlik degan maononi anglatadi). 10 kunda 100 novella eshitiladi. Har kungi o‘tirishni boshqarish uchun qirol yoki qirolicha saylanadi.
Chin sevgini kuylash, feodal-dvoryan tabaqalari urf-odatlarini qoralash, ko‘plab ruhoniylarni buzg‘unchiliklarini ochib tashlash, oddiy kishilarni xarakterini ma'qullash novellalarning asosiy mavzusidir. Novellalarda ishq-muhabbat mavzusi katta o‘rin egallaydi. Masalan, beshinchi kunning, 1-novellasida sevgining ijodkor, ilohiy kuchi haqida hikoya qilinadi. Novellaning syujeti quyidagicha: Kipr orolida Aristipp degan kishi yashagan. Uning o‘g‘illaridan biri Golezo baland bo‘yli, qomati kelishgan, ammo tentaksimon yigit bo‘ladi. Muallimlarning nasihatlari ham, otasining kaltaklari ham unga taosir qilmaydi. Kishilar uni Chimone («hayvon») deb ataydilar. U otasining buyrug‘i bilan qishloqdagi xizmatkorlar orasida yashaydi. Bahor kunlarining birida Chimone chashma yonida uxlab yotgan Efigoniyani ismli qizni ko‘rib, unga maftun bo‘lib qoladi. U otasi oldiga borib, unga ham akalari kabi kiyim qilib berishini so‘raydi. Visolga erishish istagi tez orada uni savodli va odobli yigit bo‘lishga majbur etadi. Musiqa va ashula, harbiy mashqlarni o‘rganadi va nihoyat Efigoniyaning visoliga yetishadi.
Muhabbat - insonlarni hayvoniy dag‘allikdan holi qiluvchi, g‘aflat uyg‘usi bosayotgan aqllarni hushyor etuvchi kuch ekanligini tasvirlash Uyg‘onish davrini asosiy belgisidir.
Asardagi asosiy g‘oyalar antiklerikal yo‘nalishdadir, ya'ni eski diniy urf-odatlardan erkin muhabbat ustun chiqadi.
6 kunning 10-novellasida cherkovdan chiqqan Chipollaning kirdikorlari fosh qilinadi. Chipolla odamlarni laqillatib yuradi. Bir kuni u dehqonlarga farishtaning patlarini ko‘rsatmoqchi bo‘ladi. Ikki masxaraboz, qutidagi to‘tining patlarini olib, o‘rniga ko‘mir solib qo‘yadi. Chipolla xalqqa patni ko‘rsatmoqchi bo‘ladi ammo qutidan ko‘mir chiqadi, lekin u o‘zini yo‘qotmaydi, bu avliyo Lavrentiy kuydirilganidan so‘ng qolgan, «ko‘miri» deb, odamlarning kiyimlariga xoj solib, ularni laqillatib, yanada ko‘proq sadaqa yig‘ib oladi.
Bokachcho kichik xajmdagi xikoyalari orqali o‘sha davr hayotining turli manzaralarini realistik aks ettirishi bilan qadrlidir. U novellalar tiliga katta eotibor bergan bo‘lib, ular qisqa va yorqin obrazlidir. XIV, XV, XVI asr Italiya novellistlari Bokachcho asarlarining tilidan o‘rganadilar.


Yüklə 65,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə