Mavzu: uyg‘onish davri adabiyoti reJA: Uyg‘onishning ma'nosi, Vatani, kelib chiqishi



Yüklə 65,84 Kb.
səhifə7/22
tarix03.02.2023
ölçüsü65,84 Kb.
#100100
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
2-k filologiya J.Adabiyoti 5- mavzu

Migel de Servantes(1547-1616 y.). Alpkala’ de Ena’res shahrida tabib oilasida tug‘ilgan. Universitetni tamomlagach, papaning Ispaniyadagi elchisi kardinal Akvaviva xizmatiga kiradi. Kardinal bilan Italiyaga boradi. Uning o‘limidan keyin Italiyadagi Ispan armiyasiga xizmatga kiradi. 1571 yili Lepanto jangida ishtirak etib, qahramonlik namunalarini ko‘rsatadi va chap qo‘lidan yaralanadi. 1575 yili Ispaiyaga qaytayotib Jazoir Korearlari qo‘liga asir tushib qoladi va 5 yil asirlikda bo‘ladi. Vataniga qaytgach, teatr uchun ppesalar, shuningdek, badavlat odamlarga bag‘ishlab sheor yoza boshladi. 1597, 1603 yillarda qamoqda, xayotning oxirgi 15 yili moddiy qiyinchiliklarda o‘tdi. Shunga qaramay ijodining gullab-yashnagan davri ayni shu yillarga to‘g‘ri keldi.
Servantesning 1605 yili «Ayyor idalgo Don Kixot Lamancheskiy» romanining birinchi qismi chop etilgan bo‘lsa, 1616 yili romanning ikkinchi qismi yozib tugatildi. Xuddi shu yili uning ppesalar to‘plami ham nashrdan chiqdi. 1613 yili novellalar to‘plami nashrdan chiqqan edi. Servantes ppesalari katta shuxrat qozondi. Biroq ularning ko‘pchiligi yetib kelmagan.
«Numansiya» ppesasida iberlarning (ispanlarning ajdodi) rimliklarga qarshi kurashi tasvirlangan. Rim qo‘mondoni Ssipion qo‘shinlari tomonidan qamal qilingan Numansiya shahri ximoyachilari sharmandali asirlikdan voz kechib, hamma qimmatbaho narsalarga o‘t qo‘yadilar va o‘zlarini halok etadilar.
Servantesning 1605-1611 yillarda yozilgan intermediyalari katta shuhrat qozondi. Xalq xayoti va psixologiyasini ochib beruvchi bu kichik komik ppesalarda u ruxoniylar, nayrangbozlar ustidan kuladi («Mo‘jizalar tetri», «Salamank gori», «Rashkchi qariya», «Ikki laqma»).
14 hikoyadan iborat «Ibratli novellalar» to‘plami bu davr ispan adabiyotida katta voqyea bo‘ldi.
«Don Kixot» asari zamondoshlari tomonidan yetarli baholanmagan bo‘lsada, keyinchalik insoniyat tarixidagi eng buyuk asarlardan biri deb eolon qilindi. Asar ritsarlik romaniga parodiya sifatida yozilgan. Ritsarlik romanlarini o‘qib-o‘qib aqldan ozgan kambag‘al idalgo Don Kixot o‘z «xonimi» sharafiga xo‘rlangan va haqoratlanganlarni himoya qilishga ahd qiladi. Uning asbob anjomlari zang bosgan sovut, qari ot, xizmatkori ayol dehqon, «xonimi» cho‘chqaboqar Aldonsa Lorenso (Don Kixot uchun Dulsineya Tobosskaya). Romanda ritsarlik urf-odatlari, marosimlari parodiya qilinadi; ritsarlikka qabul qilish, ritsarlar olishuvi, go‘zal xonimga xizmat qilish va boshqalar. Don Kixotning yer yuzida «adolat o‘rnatish uchun» olib borgan kurashi teskari natija beramadi. Don Kixot himoya qilgan cho‘pon Andres u ketgach yanada qattiq jazolanadi, u ozod qilgan jinoyatchilar yana jinoyat qila boshlaydi, Ispan ritsarini qutqarish natijasida shu spektakl o‘ynalayotgan qo‘g‘irchoq teatrini vayron bo‘lishiga olib keladi. O‘z uyiga qaytib kelgach ko‘zi ochiladi.

Yüklə 65,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə