Mavzu: uyg‘onish davri adabiyoti reJA: Uyg‘onishning ma'nosi, Vatani, kelib chiqishi



Yüklə 65,84 Kb.
səhifə15/22
tarix03.02.2023
ölçüsü65,84 Kb.
#100100
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
2-k filologiya J.Adabiyoti 5- mavzu

Jan Batist Molper (1622-1673).
Parijda savdogar oilasida tug‘ildi. O‘z familiyasi Pokler. Otasi Molperni o‘z ishini davom ettirishini istaydi.
1643 yil teatr grupasini yig‘adi va unga «Yaltiroq teatr» deb nom qo‘yadi. Gruppa uzoq umr ko‘rmaydi. Sababi mablag‘, yangi ppesalar va isteododli aktyorlar etishmasligi edi. Do‘stlari bilan ko‘chib yuruvchi Provinsiya komendiantlar grupasiga qo‘shiladi va o‘zi ham ppesalar yozishga kirishidi.
1655 yilda Liondo o‘zining birinchi ppesalaridan biri «Telba»ni sahnaga qo‘yadi.
Avvaliga mustaqil badiiy ijod haqida o‘ylamagan, o‘z grupasini repertuari kambag‘illigi uchun qo‘liga qalam olib Italiya farslarini Fransuz muhitiga moslashtirgan Molper, bor-bora original, mustaqil asrlar yarata boshlaydi. Fransiyaning buyuk komediyagrafi shunday dunyoga keladi.
1658 yilda gruppa Parijda qirol oldida spektaklp qo‘yishadi. Gruppani Parijda qolishiga ruhsat berishadi. (Pti BurbonTeatrida – xaftada 3 marta). 1660 yilda Pale G‘oyal teatridan joy oladi.
Bino teatr talablariga javob bermaydi. Xatto bir asardan so‘ng Volpter «Fransiyada yaxshi ppesalar bor, yaxshi teatr zallari esa Italiyada» - degan edi.
Parijdagi 14 yillik hayoti davomida 30 dan ortiq ppesa yozadi. Molper 52 yoshida, betob bo‘lishiga qaramay, «Yolg‘on kasal» ppesasida bosh rolni ijro etadi.
Molper Fransuz klassik komediya(lari)sini fransuz xalq farsi traditsiyasi bilan Rim komediyalarini eng yaxshi namunalarini tanqidiy o‘zlashtirish asosida tragediya «yuqori» komediya «tuban» janr deb ko‘rsatishiga qarshi chiqadi.
U teatrni «jamiyat oynasi» deb ataydi. Komediyaning vazifasi kishilarni kuldirib turib, ulardagi nuqsonlarni tuzatishdan ibortdir deb biladi. Molper uch birlik qonuniga hamma vaqt ham amal qilavermaydi.
1659 yilda - birinchi original asari «Kulgili norzaninlar» ni yaratdi.
Bunda yozuvchi o‘z zamonasi ayollarini peretsioz adabiyotga juda ham mukkasidan ketganligini kulgiga oladi. Molper «Tartyuf», «Don Juan», «Mizontrop», «Hasis», «Dvoreyanlikdagi meshchan», «Zo‘rakki tabib» kabi asarlari uni nomini mashhur qiladi. «Tartyuf» (1664) yilda yoziladi
Molper komediyalarni o‘qimagan kishilarga ham tartyuf ismi yaxshi tanish. U – Ikkiyuzlamachilik timsoli.
Asar o‘sha davr sharoitidan kelib chiqib, bir necha marta qayta ishlandi.
Bu komediyada Molper yuqori tabaqa vakillari ichida avj olgan riokorlik va munofiqlik Tartyuf obrazida ochib tashladi.
Asar savdogar Organning Taryuf bilan ibodatxonada tanishuvi, uyiga olib ketishi voqyealari bilan boshlanadi. Organning o‘g‘li Damis, Xizmatkor qiz Dorina, qizi Mariannalar bu odamni firibgar ekanligini sezishadi. Ammo otasi ularga so‘z bermaydi. O‘g‘lini uyidan quvib, mol-mulkini Tortyufga xat qilib beradi. Asar oxirida Organ Tertyufni soxta taqvodor ekanini biladi va uyidan haydaydi, ammo bu uy unga tegishli ekanligini aytadi va Orgasni quvib chiqarish maqsadida sud chinovnigini aytib keladi. Biroq kutilmaganda «odil manax» buyrug‘i bilan aldoqchining o‘zi qamoqqa olinadi.
«Tartyuf» komediyasi klassitsizm xarakteralar komediyasining tipik namunasi. Tartyufning ikki yuzlamchiligi, Garponning xasisligni («Xasis») kabi absolyut hirsdir». Yozuvchining diqqati inson xarakterini ochish emas, balki ilgaridan belgillab qo‘yiganTartyuf xarakterining bir nuqtasini ko‘rsatishga qaratilgan. Bu klassitsizm teatrining asosiy belgilaridan biri edi.
«Don Juan» (1665) komediyasi (ikki xafta ichida yozilgan) ham taqiqlanadi. Bu obrazning jahon adabiyotida 100 dan ortiq varianti bor.
Don Juan Tartyuf singari munofiq va ahloqiy jihatdan buzilagn dvoryan edi. Tom Kornelp asarni sheoriy formada qayta ishlab (satirik ruhni yo‘q qilib) «tosh mehmon» nomi bilan Pper Kornelp yaratdi.
«Don Juan» Molperning klassitsizm qoidalari qobig‘ini yorib chiqqan yirik realistik asari. Buni turmushni keng tasvirlanishida uch birlikka rioya etmaslikda, qahramonlar xarakterining rivojlanib borishida ko‘rishimiz mumkin, klassitsizm qoidasiga binoan, komediya sheoriy yo‘l bilan emas, balki przoda yozilishi kerak edi.
«Dvoryanlikdagi meshchan» (1670)
Ppesada aristokratiya hayotiga taqlid qiluvchi (Jurden) dvoryanlikka suqilib kiruvchi meshchan mas’hara qilinadi. U musiqa, raqs, qilichbozlik, falsafa bo‘yicha muallimlar yollaydi. (xatni przada yozaymi yo poeziyada yozaymi).
Jurden aristokrat doirasidan chiqqan Dorant kabi kishilar bilan aloqa qilinayotgani uchun faxrlanadi. Dorant uchun u «sog‘im sigriga» aylanib qolgan edi.
Yosh yigit Kleant Judenni qizi Lyusilni sevadi. Ammo ota yigitni dvoryan emasligi uchun qizini bermaydi. Komediya oxirida Kleant turkcha kiyinib, o‘zini turk sultonining o‘g‘li deb tanishtiradi va Jurdenni boplab laqillatadi.
Xullas, XVII asr G‘arbiy yevropa adabiyoti jahon adabiyotining muhim bosqichi hisoblanadi.



Yüklə 65,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə