Mavzu: uyg‘onish davri adabiyoti reJA: Uyg‘onishning ma'nosi, Vatani, kelib chiqishi



Yüklə 65,84 Kb.
səhifə13/22
tarix03.02.2023
ölçüsü65,84 Kb.
#100100
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
2-k filologiya J.Adabiyoti 5- mavzu

Pper Kornelp (1606-1684). Korner Ruan shahrida sud chinovnigi oilasida tug‘ildi. Iuzit maktabida o‘qidi. Huquqshunoslikni o‘rganib, advokat bo‘lib ishladi.
Bir kuni Kornelpning do‘sti o‘z sevgan qizi bilan tanishtiradi. Qiz esa Kornelpni yoqtirib qoladi. Ana shu voqyeaning kulgili tomoni uni komediya yozishga undaydi. Shunday qilib, «Melita» komediyasi yaratildi.. Shundan so‘ng «Beva»,»Qirollik», «Maydoni» , «Sud galereyasi» komediyalarini yaratdi. Ammo Kornelpga uning Tragediyalari shuxrat keltiradi. 1635 yilda «Medeya» tragediyasi Antik yozuvchilar yevripid va Sekikaning Mediya haqidagi asarlari syujetidan olinadi. Ammo, voqyea asosida mifologik tarix yotsa ham, Kornelp o‘z zamonasi aristokratiyasini yaramasiliklarini fosh etadi.
1636 yilda Fransuzlar faxriga aylangan «Sid» tragediyasini yaratdi va akademiya tragediyani sinchiklab o‘rganib chiqadi. 1639-1641 yilda u «Goratsiy» «Sinna» asarlarini yozdi. 1652 yilda ijodiy omodsizlikka uchradi. «Pertarit» tragediyasi muvaffaqiyatsizlikka yuz tutadi. Kornelp 7 yil hyech narsa yozmaydi. 1659 yilda «Edip» tragediyasini yozdi. 1662 yilda Parijga ko‘chib kelib yozishni davom etadi, Ammo uning shuhrati so‘na boshlaydi. Uni o‘rniga yangi isteodod – Rasin keldi.
1674 yilda yozishni bas qiladi va 10 yildan so‘ng 1684 yilda vafot etdi. Bir kuni Kornelp bir necha yil bo‘lmagan teatrga keladi. uni tanib aktyorlar o‘yinni to‘xtatishadi. Zalda to‘xtovsiz qarsaklar yangraydi. Ammo shon-shuhrat Kornelpga moddiy manfaatdorlik keltirmaydi. U umrining oxirida moddiy qiyinchilikda hayot kechiradi.
«Sid» tragediyasi (1636).
Kornelpning «Sid»ini rus tiliga tarjima qilinagn Kateninga Pushkin «Men seni va talabchan Kornelpimni qutlaymay. «Sid»ni uning eng yaxshi tragediyasi deb hisoblayman» (1822) deb yozgan edi.
Asar syujeti ispan baxodiri Radrigo Dianis haqidagi o‘rta asr qahramonlik eposi va Gilen de Kastroning «Sidning yoshligi» ppesasidan olingan. Ammo Kornelp bu mavzuni zamonasiga yaqinlashtirib, imustaqil original asar yaratdi.
Syujet: Don Gomes graf Gormasning qizi Ximena bilan Don Dionning o‘g‘li Rodrigo bir birini sevadi. Ota ham qizini Rodrigoga berishga tayyor. Lekin… Ikki feodal urush o‘rtasida tortishuv Don Gomis Rodrigoning otasini haqarot qildi. Keksa Don Diego o‘ch olishni o‘g‘liga topshiradi. Radrigo uchun bu juda og‘ir. 1. Sevgilisidan ayrilishi. 2. Oila haqorati;
Radrigo qizini otasini qizni otasini duelda o‘ldiradi. Ximena qirol xuzuriga borib, otasini qotilini jazolashni so‘raydi. Ular ikkisi ham urf-odatlar, ota oldidagi burch va yoshlik tuyg‘usi o‘rtasida azob chekadilar. Shu vaqtda Radrigo davlatga bostirib kelgan . Marvlarga qarshi kurashda zo‘r qahramonliklar ko‘rsatadi. Dushman tomoni ham uning botirligiga qayoil qolib «Sid», yaoni janob deb ataydi.
Ximena qancha talab qilsa ham qirol xanuz qahramonni, Radrigoni jazolashga botinolmaydi. Ximena Radrigoni o‘ldirgan odamga turmushga chiqishini aytadi. Qirol jangda kim g‘olib bo‘lsa qiz o‘shaniki bo‘ladi deb shart qo‘yadi. Qiz talabgori Sekgo duelda yengiladi. Qirol maslahati bilan Radriga bilan Ximena topishadi.
Kornelp klassitsizmning uch birlik qonuniga amal qilsada , unga yuzakiholda bo‘ysunadi. «Sid»da vaqt birligi , Makon birligi bir oz buziladi.. Radrigo Fimena bilan otasini o‘limidan so‘ng saroyda emas qizning uyida uchrashadi.
Rishelpe ham asrni yoqlamaydi. Kornelp qahramonlari bo‘yi boshqalardan baland, bu tomondan romantikaviy, ammo ular nafaqat jang maydonida, balki o‘z hislari bilan kurashda ham g‘alaba qozonuvchi irodali kishilardir.
Napoleon Kornelp ijodini juda qarlagan: «Korner hozir yashaganmidi, men uni shahzodagi aylantirardim» degan edi.
Tom Kornelp – ukasi (19 yosh kichik). U ham ppesalar yozadi. Ular opa-singilga uylanishadi. Juda ham inoq bo‘lishgan.



Yüklə 65,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə