Mavzu: uyg‘onish davri adabiyoti reJA: Uyg‘onishning ma'nosi, Vatani, kelib chiqishi



Yüklə 65,84 Kb.
səhifə9/22
tarix03.02.2023
ölçüsü65,84 Kb.
#100100
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
2-k filologiya J.Adabiyoti 5- mavzu

Nazorat savollari:

  1. Ingliz uyg‘onish davrining ilk vakili Tomos Mor qaysi asari bilan mashhur bo‘ldi?

  1. Kristofer Marlo o‘zining qaysi asari bilan sohibqiron Temur timsoliga murojaat qilgan?

  2. Ispaniya ilk uyg‘onish davrida she'riyatning qaysi turi rivojlandi?

  3. Servantesning «insoniyat tarixidagi eng buyuk asari».

  4. F.Rable «Gargantyua va Pantagryuel» romanida qanday muammolarni ko‘tarib chiqdi?



Adabiyotlar:

  1. O.Qayumov. Chet el adabiyoti tarixi. «O‘qituvchi» T.,1979 y

  1. M.P.Alekseev I.dr. Istoriya zarubejnoy literaturы. Srednie veka i Vozrojdenie. Moskva, Vыsshaya shkola

  2. Rable Fransua. Gargantyua va Pantagryuel, Toshkent, «Yosh gvardiya», 1970

  3. Serventes M. «Lamanchlik Idalg‘go uddabrron don Kixot sarguzashtlari», T., «Yosh gvardiya», 1969.



14-MAVZU:

15-MAVZU: KLASSITSIZM ADABIYoTI. (XVII ASR G‘ARBIY yeVROPA ADABIYoTI)

ReJA:

  1. XVII asr – yevropa madaniy hayotidagi muhim davr.

  1. XVII asr Ispan adabiyoti:

a) Lope de Vega ijodi;
b) Kalderon ijodi;

  1. Fransuz adabiyoti:

a) Kornel ijodi:
b) Moler ijodi.
XVII asr murakkab, ziddiyatli va shu bilan birga yevropa tarixidagi muhim davr hisoblanadi. Bu davrni o‘tish davri deb ham atashadi. Chunki shu davrda feodlizmdan kapitalizmga o‘tish amalga oshirildi. Yangi burjuaziya munosabatlari shakllandi. Bular o‘z davri uchun progressiv edi. Ammo ular ekspluatatsiyaning yangi shakllarini olib keldi.
yevropa davlatlari orasida iqtisodiy rivojlanish borasida Gollandiya va Angliya birinchi o‘ringa chiqib oldi. Bu davlatlarda kapitalizm tez suroatlar bilan rivojlanganligini ko‘rsatadi.
Ispaniya va Portugaliyaning avvalgi qudratiga putur yetadi.
Davlatlardagi progressiv tarixiy rivojlanish hyech qanday to‘siqlarsiz amalga oshirildi, deb bo‘lmaydi. Feodal-katolik tartibi g‘arbiy yevpopa xalqlari hayotiga o‘z ta'sirini o‘tkazdi. Bu davrda cherkov tomonidan ko‘rsatiladigan qarshilik konturreformatsiya deb ataladi.
XVII asrda yevropa ilm-fani katta yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Odamlar ongida katta taosir ko‘rsatgan fan yutuqlaridan – Galiley, Kampanella va Kaplerlar tomonidan Olam tuzilishining galeotsentrik tizimini ishlab chiqarilishini ko‘rsatish mumkin.
XVII asrda falsafa fanida yanada oldinga siljish ko‘zga tashlanadi. Bekon («Inson insonga dushman»), Spinoza, Dekart («Men fikr qilyapman, demak borman») va boshqa faylasuflar faoliyati shu davrga to‘g‘ri keladi.
Shu bilan birga cherkovning taosiri hali kuchli edi.
Davrining ilg‘or vakillaridan bir qanchasi inkvizatsiya qurboni bo‘ldilar. 1619 yil faylasuf Vaninini o‘tda yondirdilar. 1662 y. fransuz shoiri Klod Le Pti qatl etildi. Kampanella o‘z hayotining 33 yilini qamoqda o‘tkazdi.
Hayotning murakkablik va qarama-qarshilikka to‘laligi bu davr adabiyotining ham ziddiyatli rivojlanishiga olib keladi. Adabiyotda renessans realizmi, klassitsizm va barokko singari turli yo‘nalishlarning baravariga rivojlandi.
1) Renessans realizmiga hos bo‘lgan hislatlarni ko‘rpi saqlab qolindi. Shu bilan birga ularni yangi, ancha yuksak darajada davom ettirildi. (Lope de Vega).
2) Barokko o‘tra asr madaniyati tushkunligi natijasida kelib chiqqan, absolyutizm kuchayib borayotgan davrda feodal-katolik reaksiyasi taosirini aks ettirgan adabiy yo‘nalishidir. Ular realistlardan farqli o‘laroq, atrof-muhit bilan uyg‘unlik bo‘lishi mumkin emas, deydilar. Inson sir va jumboqlarga to‘la dunyoda yashaydi, tabiatning dahshatli va shafqatsiz kuchlar oldida inson zaif va ayanchli mahluq, deb qaraladi.
Barakochchilarda tasvir nozik va bejirim tusga kiradi. O‘quvchini hayratga solish maqsadida g‘aroyib metafora, taqqoslashlarga keng o‘rin beriladi.
Barokko adabiyotida diniy g‘oyalar asosiy o‘rinni egallaydi. Klassitsizm XVII asrning birinchi yarmida Fransiyada kelib chiqqan adabiy oqimidir.
Klassitsizm yozuvchilari mutloq hokimiyat mamlakat milliy birligi manfaatlarig mos keladi, deb uni mustahkamlash g‘oyasini qo‘llaydilar.
Ular mualliflar tabiatga taqlid qilish kerak degan prinsipni ilgari surdilar. Lekin voqyelikni «qo‘pol» tomonlariga emas, balki faqat go‘zal tabiatga taqlid qilishga chaqiradi. Klassitsizmda qahramonlar xarakteri umumiy va biryoqlamadir.
Klassitsizm bo‘yicha butun adabiy janrlar «Yuksak» (tragediya, epos, qasida) va «Tuban» (komediya, satira, epigramma) janrlarga bo‘linadi.
Klassitsizm antik adabiyotga taqlid qilish asosida kelib chiqqan yo‘nalish hisoblanadi.
XVII asr insoniyatga Milpton, Kornelp, Rasin, Molper, Lope da Vega va Kalpderon kabi yozuvchilarni yetishtirib berdi.


Yüklə 65,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə