Bolalarni monologik nutqqa o’rgatish



Yüklə 162,83 Kb.
səhifə1/3
tarix11.12.2023
ölçüsü162,83 Kb.
#145711
  1   2   3
BOLALARNI MONOLOGIK NUTQQA O’RGATISH


BOLALARNI MONOLOGIK NUTQQA O’RGATISH
Bolalarni monolog nutqqa o’rgatish bo’yicha ish mazmuni va vazifalari
Bolalarni hikoya qilib berishga o’rgatishda foydalaniladigan usullar
Bolalarni rasmga qarab hikoya qilishga o’rgatish
Monolog nutq dialog nutqqa nisbatan ancha murakkab bo’lib. bu bitta odam tomonidan amalga oshiriladigan nutqdir. Monolog nutqda bitta kishi gapiradi, qolganlar esa tinglaydilar. Monolog nutq ko’pchilikka qarata aytiladigan nutq bo’lgani uchun, u har doim mantiqiy jihatdan izchil, grammatik jihatdan shakllangan, hammaga tushunarli va ravon bo’lishi kerak.
Monolog nutq yaxshi xotirani, nutqning shakl va mazmuniga diqqatni yo’naltirishni talab etadi. Shuning bilan bir vaqtda, monolog nutq tafakkurga tayanadi.
Monolog nutq lingvistik (tilshunoslik) tomondan ham murakkab hisoblanadi. Monolog nutq tinglovchilarga tushunarli bo’lishi uchun yoyiq gaplardan, aniq lug’atdan foydalanish kerak.
Ruhshunos D. B. Elkanin bu haqda slumday yozadi: ‘Bola hayot tarzining o’zgarishi, kattalar bilan yangi munosabatlarning va yangi turdagi faoliyatlarning shakllanishi nutq shaklini va uning vazifasini (xizmatini) farqlashga olib keladi. Muomalaning yangi vazifalari vujudga keladi, bola o’z taassurotlarini, kechinmalarini, rejalarini (niyatini) kattalarga yetkazishga harakat qiladi. Nutqning yangi shakli — monolog tarzida xabar qilish, ko’rgan va eshitganlari to’g’risida hikoya qilish paydo bo’ladi", bolalarni hikoya qilishga o’rgatish jarayonida barkamol tarbiya berishning xilma-xil masalalarini hal qiladi, aqliy rivojlanishga yordam be- radi. Hikoya qilib berishda mantiqiy tafakkur, diqqat rivojlanadi.
Shu munosabat bilan bolalar bog’chasida ta’lim-tarbiya dasturida bolalarni hikoya qilishga o’rgatish bo’yicha har bir yosh guruhlariga ish vazifalari va mazmuni belgilab berilgan. Bu guruh bolalarini tanish hikoya va ertaklarni (tarbiyachining savollari va kitobdagi rasmlar yordamida, keyinchalik mustaqii) so’zlab berishga o’rgatiladi, o’yinchoq, buyum va rasm mazmuni bo’yicha hikoyani (3—4 gapdan iborat) takrorlash ko’nikmasi tarbiyalanadi, tanish ertaklardan olingan parchalarni salma- lashtirishda qatnashishga o’rgatiladi.
O’rta guruhlarda hikoya qilishga o’rgatish vazifalari va ularning mazmuni ancha murakkablashadi. Ushbu guruh bolalari birinchi yarim yillikda tanish hikoya va ertaklarni mustaqii holda qayta hikoya qilishga, asar qahramonlarining suhbatini ifodali so’zlab berishga o’rgatiladi.
Mashg’ulotlarda birinchi marta o’qib berilgan kichik ertak va hikoyalarning mazmunini qayta hikoya qilishga, o’rtoqlari hikoya qilayotganda e’tibor bilan tinglashga, o’yinchoqlar, turli buyumlar va yil fasllarini tavsiflovchi (awal tarbiyachining savollari, so’ngra namuna va reja asosida) hikoya tuzishga o’rgatiladi.
Ikkinchi yarim yillikda bolalarga tanish ertak va hikoyalarni tinglashni, ularda ishtirok etuvchi personajlarning gaplarini, o’ziga xos xususiyatlarini tushunishni, asar mazmunini hikoya qilayot- gan o’rtoqlarining nutqini diqqat bilan eshitishni, asar matnini buzib hikoya qilgan joylarini payqashni o’rgatish davom ettiriladi.

Yüklə 162,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə