Science and Innovation International scientific journal



Yüklə 41,04 Kb.
səhifə1/2
tarix24.12.2023
ölçüsü41,04 Kb.
#159728
  1   2
tarbiyachining-pedagogik-mahorati-va-kasbiy-madaniyatini-oshirish-omillari



TARBIYACHINING PEDAGOGIK MAHORATI ZAMONAVIY TARBIYACHINING FUNKSIONAL VAZIFALARI

REJA:

1. Kirish
2. Pedagogik mahorat
3. Zamonaviy pedagog – tarbiyachining funksional vazifalari


KIRISH. Pedagogik mahoratga erishish pedagogning muayyan shaxsiy sifatlari bilan amalga oshadi. Pedagogik mahorat yuksak darajada pedagogik faoliyatining taraqqiy etishini, pedagogik texnikani egallashni, shuningdek, pedagog shaxsi, uning tajribasi, fuqorolik va kasbiy mavqeini ifodalaydi.
So‘nggi yillardagi ilmiy yondashuvlar bu holatga nisbatan quydagicha xulosa qilishga imkon berdi: pedagogik mahorat kasbiy faoliyatdagi induviduallikning yorqin ko‘rinishi sifatida tushuniladi. Bizningcha, boshqalarga nisbatan bu taʼrif pedagogik mahorat mazmun – mohiyatini ancha to‘g‘ri yoritadi. “Tarbiya va o‘qitishda yuqori darajaga erishish va uni doimo takomillashtirib borish imkonini taʼminlovchi sanʼat bo‘lib, talabaga mehr qo‘ygan va o‘z kasbini sevgan, har bir pedagogning qiladigan ishi. O‘z ishining mohir ustasi bo‘lgan pedagogbu yuksak daraja madaniyatli, o‘z fanini chuqur biladigan, fanning yoki sanʼatning tegishli sohalarini yaxshi tahlil eta oladigan, tarbiyalash va o‘qitish uslubiyotini mukammal egallagan mutaxasisdir”.
Hozirgi zamon pedagogining shaxsi uchun eng muhim asos- bu insonparvarlik. Pedagog juda yuksak darajadagi madaniyatga ega bo‘lgan shaxs. U juda ko‘p narsani bilishi kerak. Hozirgi zamonda o‘zi o‘qiyotgan fan sohasidagi yutuqlardan, yangiliklardan xabardor bo‘lishi kerak. Tarbiyalanuvchilarni har kuni mashg‘ulotlarni o‘rgatib borish uchun o‘zi muntazam o‘qib, o‘rganib, o‘z bilimini to‘ldirib, chuqurlashtirib borishi kerak.
Pedagogik jarayonning mohiyatini anglamagan, bolaga nisbatan chuqur hurmatda bo'lmagan o'qituvchi ta ’lim-tarbiya samaradorligi va inson kamolotini ta’minlovchi fikrga ega bo'lmaydi. Pedagogik jarayonning vazifasi bilim berish, tarbiyalash, rivojlantirish bo'lib, o'qituvchilaming faoliyat mezonini begilab beradi. O'qituvchilarning faoliyati pedagogik jarayonning h arak at vositasidir. Pedagogik jarayonning www.ziyouz.com kutubxonasi obyektlari bo'lmish tarbiyalanuvchi insonga, 0 ‘quvchi va o'quvchila guruhiga hamda alohida o'quvchiga pedagogik jarayonning subyektlar — ota-onalar, o'qituvchilar, tarbiyachilar, sinf jamoasi, pedagogik jamoj mas’uldirlar va ular jamiyat talablari asosida ta’lim va tarbiya berisl faoliyatini bajaradilar. 0 ‘qituvchining pedagogik faoliyatida ijobiy nati jalarga erishishi, mehnat malakasini, ya’ni egallagan bilimlarini o'zinmj hayotiy va amaliy faoliyatida nechog'lik qo‘llay bilishi bilan belgilanadi. O'qituvchilarning pedagogik faoliyati samarali bo'lishi uchui zarur bo'lgan qobiliyatlar tizimini: bilim, bolani tushuna olish, kuza tuvchanlik, nutq malakasi, tashkilotchilik, kelajakni ko'ra bilish, diqqatn taqsimlab olish, vaziyatni to'g'ri baholash, yuzaga kelish ehtimol bo'lgan har xil ziddiyatlami o'z vaqtida bartaraf etish, o'quvchilam bilim olishga qiziqtirish kabilar tashkil etadi.
Pedagogik mahorat – tug‘ma yoki nasldan–naslga o‘tuvchi xususiyat emas, balki izlanish, ijodiy mehnat mahsuli. Bu ko‘p qirrali pedagogik faoliyat zamirida ijodiy mehnat yotadi. Agar pedagogning kasbiy mahorat dasturiga amaliy qarasa, u holda birinchi o‘ringa uning integral sifati –mahoratidan iborat. Pedagogik mahoratga berilgan taʼriflar shuncha ko‘p bo‘lishiga qaramay, ularda mahoratning qaysidir jihatlari albatta ifodalanadi.
Mahorat-bu yuqori va yuksalib boruvchi tarbiya va o‘qitish sanʼatidan iborat. Pedagog o‘z ishining ustasi, o‘z fanini chuqur biluvchi, fan va sanʼatning mos sohalari bilan yaxshi tanish, amalda umumiy va yoshlar psixologiyasini yaxshi tushunuvchi, o‘qitish va tarbiyalash metodikasini har tamonlama biluvchi hamda yuqori madaniyatga ega bo‘lgan mutaxassisdir. Bo‘lajak mutaxassislarning mahoratini oshirishda maʼruza darslarining o‘rni qanchalik zarur bo‘lsa, seminar mashg‘ulotlarining o‘rni ham shunchalik muhimdir.
Mashhur pedagog Abdulla Avloniy ham o’z asarlarida o’qituvchi shaxsi va uning faoliyati borasidagi qarashlarni ifodalashga alohida o’rin beradi. Allomaning qayd etishicha, bolaning sog’lom bo’lib o’sishida ota-onalar o’ziga xos rol o’ynasalar, uning fikriy jihatdan taraqqiy etishida o’qituvchining o’rni beqiyos ekanligini tahkidlaydi. Xususan, bolalarning aqliy qobiliyatlarini shakllantirish muallimlarning «diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifa» ekanligini tahkidlab, «fikrning quvvati, ziynati, kengligi, muallimning tarbiyasiga bog’liqdur»[2] - deydi.
Yan Amos Komenskiy o’z davrida o’qituvchining bola dunyoqarashini rivojlantirishdagi roliga katta baho berib, o’qituvchilik «er yuzidagi har qanday kasbdan ko’ra yuqoriroq turadigan juda faxrli kasb» ekanligini tahkidlaydi. Muallifning fikricha, pedagog o’z burchlarini chuqur anglay olishi hamda o’z qadr-qimmatini to’la baholay bilishi zarur. Ya.A.Komenskiy o’qituvchi obrazini tasvirlar ekan, uning shaxsida quyidagi fazilatlarning namoyon bo’lishi maqsadga muvofiqligiga urg’u beradi: vijdonli, ishchan, sabotli, axloqli, o’z ishini sevuvchi, o’quvchilarga otalaridek muomala qiluvchi, ularda bilimga havas uyg’otuvchi, o’quvchilarni o’z ortida ergashtiruvchi va diniy ehtiqod.
K.D.Ushinskiy o’qituvchi mahnaviyati va kasbiy faoliyatiga yuqori baho beradi hamda ularning kasbiy malakalarini doimiy ravishda takomilashtirib borish maqsadga muvofiq ekanligi to’g’risidagi fikrni ilgari suradi. Mazkur g’oyaning ijtimoiy ahamiyatini tasdiqlovchi tizim – o’qituvchilarni tayyorlovchi tizimni ilk bor asoslaydi.
Maktabgacha taʼlim hayoti kichik pedagogik jarayon bo‘lib juda xilma - xildir. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar uchrab turadi. Bu esa pedagogdan keng bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlikni, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab qiladi.
Tarbiyachining kasbiy mahorati – bu maʼlum shaxsiy (bolalarni sevishi, mehribonligi, hayrixohligi va h.k) va kasbiy (bilimdonligi, javobgarlikni his qilishi, ijodkorligi eruditsiyasi va h.k.) fazilatlarining yig‘indisi hisoblanib, u pedagogik-psixologik, usuliy tayyorgarligida, bolalarni tarbiyalashning optimal yo‘llarini izlab topishida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun tarbiyachining kasbiy mahorat, bilimdonligi, zukkoligi, ijodkorligi bilan birga shaxsiy sifatlarni ham takomillashtirishni ham taqozo qiladi. Mohir, avvalo mafkuraviy tayyorgarlikka ega bo‘lishi lozim. Bu deganimiz Milliy qadriyatlar, urf-odatlar, anʼanalarni bo‘lishi va ularni yoshlar ongiga yetkazib tarbiyalanuvchilarni ota-bobolarimiz yaratgan boy merosga hurmatni tarbiyalay olishi kerak. Buning uchun avvalo murabbiyning o‘zi milliy qadriyatlarning mohiyat mazmunini chuqur anglashi, ularga hurmat eʼtiqodi bo‘la olishi darkor, Ijtimoiy hayot qonunlarini aniq tushunish, milliy-ahloqiy qadriyat, mafkura mazmunini anglash tarbiyalanuvchilarda bobolar, avlodlar ruhiga hurmatni, ilmiy dunyoqarash asoslarini tarbiyalash uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Pedagik sohada: bolalarni sevish va ular bilan ishlashga qiziqish, pedagogik ishni sevish, ruhiy pedagogik ziyraklik va kuzatuvchanlik, pedagogik nazokat, pedagogik tasavvur, tashkilotchilik qobiliyati, xaqqoniylik, dilkashlik, talabchanlik qatʼiylik va maqsadga intilish, vazminlik, o‘zini tuta bilish kasbiy layoqatlilik.
Bilim sohasiga: keng ilmiy saviya, maʼnaviy ehtiyoj va qiziqish, intellektual qiziqish, yangilikni his qila bilish.
Faoliyatlar kishini o‘ziga duch kelgan hodisalarni tahlil qilish va umumlashtirish tajribasi bilan boyitadi.
Pedagogik malaka-egallagan bilim va ko‘nikmalarni faoliyatning maʼlum turini egallab olish, yaxshi bajara olish qobiliyatidir.
Bu fahm-farosat va bilimlarning chinakam ilmiyligi, tarbiyadagi qiyinchiliklarning yengishga qodir bo‘lgan nufuzli rahbarlik bolalar qalbining qandayligini his qilish mahorati, ichki dunyosi nozik va zaif bo‘lgan bola shaxsiga mohirlik bilan avaylab yondashish, donolik va ijodiy dadillik, ilmiy tahlil, xayol va fantaziyaga bo‘lgan qobiliyat mujassamdir.
Shuni alohida qayd qilib o‘tmoq zarurki, pedagoglik kasbi murakkab va maʼsuliyatli kasbdir. Ushbu kasbning sharafliligi va murakkabligi shu bilan belgilanadiki, u doimo ongning yagona sohibi bo‘lgan inson bilan muloqotda bo‘ladi. Ongli va tirik jonzot esa aqliy, ruhiy, hamda jismoniy jihatdan doimo rivojlanishda bo‘ladi. Shuning uchun, bilan doimo muloqotda bo‘lganda, unga taʼsir ko‘rsatish uchun muntazam ravishda psixologiya, tarbiya nazariyasi kabi fanlarni mukammal o‘rganib, o‘z kasbiy mahorati ustida muttasil ish olib borishi kerak. Bu tarbiyachilarda pedagogik – psixologik va metodik tayyorgarlikni taʼminlaydi. Pedagogik mahorat - pedagogik jarayonda tarkib topadi. Pedagogik jarayon esa kasbiy va shaxsiy tayyorgarlikni yo‘lga qo‘yib, bo‘lajak mutaxassisni mehnatga, hayotga tayyorlash uchun davlat, jamiyat, millat va kelajak avlod oldida javob beradigan mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi. Shuning uchun, pedagog shaxsiy va kasbiy fazilatlar egasi bo‘lishi lozim. Yuqorida qayd etib o‘tilgan va pedagogik mahoratga berilgan taʼrif, hamda - tarbiyachining professiogrammasi xususiyatlari va pedagoglarga qo‘yiladigan ijtimoiy–iqtisodiy, siyosiymadaniy talablardan kelib chiqib pedagogika nazariyasi pedagogik mahoratni quyidagi asosiy komponent (tarkibiy qism)lardan iborat bo‘lishi lozimligini ifodalaydi.

«Zamonaviy pedagog» so’zi guruh a’zolariga tasir o’tkazuvchi va maqsadga yetaklovchi shaxsga nisbatan qo’llaniladi. Zamonaviy pedagog – o’z atrofidagi odamlarning fikri va xulq-atvoriga ijobiy tasir o’tkaza oladigan, maqsadli vazifalarni amalga oshirish qobiliyatiga va yuqori shaxsiy mavqega ega bo’lgan ijtimoiy guruh a’zosi. Zamonaviy pedagoglik guruh tarkibini, undagi munosabatlar tizimini tahlil etish orqali insonda shakllangan qobiliyatga suyanish va qobiliyatni imkoniyatga qarab, namoyon etish holatidir.


Pedagogik jarayonning mohiyatini anglamagan, bolaga nisbatan chuqur hurmatda bo'lmagan o'qituvchi ta ’lim-tarbiya samaradorligi va inson kamolotini ta’minlovchi fikrga ega bo'lmaydi. Pedagogik jarayonning vazifasi bilim berish, tarbiyalash, rivojlantirish bo'lib, o'qituvchilaming faoliyat mezonini begilab beradi. O'qituvchilarning faoliyati pedagogik jarayonning h arak at vositasidir. Pedagogik jarayonning www.ziyouz.com kutubxonasi obyektlari bo'lmish tarbiyalanuvchi insonga, 0 ‘quvchi va o'quvchila guruhiga hamda alohida o'quvchiga pedagogik jarayonning subyektlar — ota-onalar, o'qituvchilar, tarbiyachilar, sinf jamoasi, pedagogik jamoj mas’uldirlar va ular jamiyat talablari asosida ta’lim va tarbiya berisl faoliyatini bajaradilar. 0 ‘qituvchining pedagogik faoliyatida ijobiy nati jalarga erishishi, mehnat malakasini, ya’ni egallagan bilimlarini o'zinmj hayotiy va amaliy faoliyatida nechog'lik qo‘llay bilishi bilan belgilanadi. O'qituvchilarning pedagogik faoliyati samarali bo'lishi uchui zarur bo'lgan qobiliyatlar tizimini: bilim, bolani tushuna olish, kuza tuvchanlik, nutq malakasi, tashkilotchilik, kelajakni ko'ra bilish, diqqatn taqsimlab olish, vaziyatni to'g'ri baholash, yuzaga kelish ehtimol bo'lgan har xil ziddiyatlami o'z vaqtida bartaraf etish, o'quvchilam bilim olishga qiziqtirish kabilar tashkil etadi.

Zamonaviy pedagog har qanday yoshda ham kuchli, yengilmas va irodali shaxs bo’lishi kerak. Biroq, yosh zamonaviy pedagoglar o’zlariga yuklangan barcha masuliyatni tushunmaydilar. Ma’lumki, yosh zamonaviy pedagoglar o’zlariga juda ham ishongan bo’ladilar. Biroq, ularda tajriba yetarli bo’lmaydi. Katta yoshdagi zamonaviy pedagog yetarlicha tajribaga ega bo’lgani bois o’zi va jamoani boshqarishni, qayerda va qanday harakat qilishni juda yaxshi biladi. Ammo yosh zamonaviy pedagog boshqalardan o’rganadi, o’z maqsadiga qanday erishishni tasavvur eta oladi. Yosh zamonaviy pedagog degani o’ziga tengdosh shaxslar manfaatlari uchun qonun doirasida faol ish yuritishni anglatadi. Zamonaviy pedagog o’z kuchiga ishongan, jasur va xarizmatik inson bo’lishi lozim. U, hatto, yosh avlodning himoyachisi bo’la oladi. Odatda, yosh zamonaviy pedagoglar tengdoshlari orasida ajralib turadigan yorqin xislatlarga ega shaxslardir. Ular nafaqat tengdoshlarini o’ziga jalb qila oladi, balki o’zidan katta yoshdagilar bilan ham tez til topisha oladi. Bunday zamonaviy pedagog tengdoshlaridan ko’ra ko’proq ma’lumotga ega bo’ladi, bu esa unga muhim masalalarni hal etish imkonini beradi.


Yosh zamonaviy pedagog - tarbiyachilarga xos xususiyatlarni quyidagi toifalarga bo’lish mumkin:
– ishonch – o’z bilim va tajribasini qo’llash;
– faollik – g’ayrat bilan harakat qila olish;
– tashabbuskorlik – faollikning ijodiy namoyon bo’lishi, g’oyalar, takliflarni ilgari surish;
– bilimdonlik – ishni chuqur bilish orqali namoyon qilish;
– kirishimlilik – o’zgalar bilan muloqotga tez kirishish, samimiy bo’lish, insonlararo muloqotga ehtiyoj;
– zehnlilik – voqea-hodisaning mohiyatini tezda anglash, uning sabab va natijasini oldindan ko’ra bilish, eng muhimini aniqlay olish;
– qunt-matonatlilik – iroda kuchini namoyon qila olish, qat’iyatlik, ishni yakuniga yetkaza olish;
– dadillik – his-tuyg’u va harakatlarini, ayniqsa, qiyin vaziyatlarda nazorat qila olish;
– mehnatkashlik – bardoshlilik, murakkab vazifalarni bajara olish qobiliyati;
– mustaqillik – mulohaza yuritishda mustaqillik, masuliyatni o’z zimmasiga olish.
Zamonaviy pedagog - tarbiyachining o‘ziga xos xususiyatlari, ya’ni zamonaviy pedagoglik iste’dodining boshqalardan farqli ko‘rsatkichlari qatorida yana quyidagilarni qayd etish mumkin:
– tashkilotchilik ziyrakligi – o’zgalarni tushunish, ularning ichki olamiga kira olish, individual fazilati, kayfiyatini inobatga olgan holda masalaga yondashish;
– faol psixologik tasir kuchiga egalik – yuzaga kelgan vaziyatni hisobga olgan holda, ularning xususiyatidan kelib chiqib, insonlarga turli usullar bilan tasir o’tkaza olish;
– zamonaviy pedagoglik ma’suliyatini o’ziga olish.

XULOSA
Pedagogik madaniyat-tarbiyachilik burchi, masʼuliyati, qadr-qimmati, vijdoni, axloqiy eʼtiqodini nazarda tutib, pedagogning talabchanligi, adolati, komilligi, rostgo‘yligi, to‘g‘riligini anglatadi. Pedagogik mahorat tizimida pedagogik nazokat (takt)–pedagogning pedagogik maqsadga muvofiq, foydali, qimmatli harakatlarining o‘lchovi, meʼyori va taʼsir vositasining chegarasi sifatida xarakterlanadi. Pedagogik mahoratning qayd qilingan tarkibiy qismlari pedagogning kasbiy xususiyatlarini boyitadi va uni mohirlik sari yetaklaydi va tarbiyachida pedagogik mahorat malakalarining tarkib topishiga yordam beradi.
Ammo, o‘z kasbining mohir ustozi bo‘lish uchun faqatgina ularga tayanib, ish tutish kutilgan natijani bermasligi mumkin. Buning uchun muntazam ravishda pedagogik fikrlash, pedagogik o‘ylash, pedagogik ish tutish lozim bo‘ladi. Bu deganimiz, o‘z faoliyatini pedagogik hodisalarni, vaziyatlarni tahlil qilish, ularning har bir bog‘lanish joylarini anglashga intilish, kunlik natijalarni mustaqil ravishda tahlil qilishi va yangi taʼlim-tarbiyaga doir g‘oyalarni avvalgilari bilan taqqoslay olishga odatlanishi ham lozim bo‘ladi. Asosiy pedagogik-psixologik muammolarni topa olish ularni hal etishning eng qulay yo‘llarini topish ustida o‘ylash ham kerak.
Insonparvarlik- insonning qadri erkinligi baxt-saodati teng huquqliligi to‘g‘risida insoniylikning barcha tamoyillarini yuzaga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratib berish haqida g‘amxo‘rlik qilishni ifodalovchi tushuncha. Pedagoglarning individual psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘z imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanish; oldindan aniqlanayotgan vaziyatlarga nisbatan to‘g‘ri munosabatda bo‘lish, o‘zgalar muvaffaqiyatini oqilona baholash, moddiy va maʼnaviy rag‘batlantirishda adolatlilik.


Yüklə 41,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə