Ilmiy tadqiqot: darajalari, strukturasi va shakllari. Ilmiy tadqiqot



Yüklə 12,62 Kb.
səhifə1/3
tarix22.03.2024
ölçüsü12,62 Kb.
#181851
  1   2   3
Ilmiy tadqiqot strukturasi


Ilmiy tadqiqot: darajalari, strukturasi va shakllari.
Ilmiy tadqiqot - yangi bilimlarni ishlab chiqish jarayoni, bilish faoliyati turlaridan biri. Unga obʼyektivlik, ishonchlilik, aniqlik xos. Ilmiy tadqiqot hamma shartlarga amal qilib takrorlanganda hamisha birdek natija berishi, bahs etilayotgan masalani isbotlashi lozim. Ilmiy tadqiqot bir-biri bilan bog‘langan ikki kiyim — tajriba va nazariyadan iborat. Ilmiy tadqiqotning asosiy komponentlari: mavzuni belgilash, mavjud axborotni, tadqiqot sohasidagi shart-sharoit va metodlarni, ilmiy farazlarni oldindan tahlil etish, tajriba oʻtkazish, olingan natijalarni taxlil etish va umumlashtirish, kelib chiqqan farazlarni olingan dalillar asosida tekshirish, yangi fakt va qonunlarni ifodalab berish, ilmiy bashorat yuritish. Ilmiy tadqiqotlarni fundamental va amaliy, miqdoriy va sifatiy, noyob va kompleks tadqiqotlarga ajratish keng tarqalgan. Ilmiy tadqiqotlarning metod va tajribalari fanning oʻzidagina emas, balki koʻpgina iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni hal qilishda ham keng qoʻllaniladi.
Ilmiy tadqiqot-bu inson va jamiyat ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo‘lgan,sohalar bo‘yicha ixtisoslashgan yangi bilim va texnologiyalarni ishlab chiqish faoliyatidir.
Ilmiy tadqiqot tushunchasini tarix va zamon nuqtai nazarida turib ham talqin qilish mumkin. Bunday tadqiqot intellektual faoliyatning bir ko‘rinishi bo‘lib, tarixan ijtimoiy taraqqiyotning ma’lum bosqichida, ya’ni birinchidan, yangi bilim va texnologiyalarga katta ehtiyoj tug‘ilganda, ikkinchidan fanning institutsional tuzilmalari (olimlar hamjamiyati, ilmiy to‘garaklar, oliy o‘quv yurtlari va akademiyalar qoshidagi tadqiqot bo‘limlari, laboratoriyalar va hokazolar) shakllanganda vujudga keladi.
Ilk bor tom ma’nodagi ilmiy tadqiqotlar Pifagor maktabi, Platon akademiyasi, Aristotel litseoni,hamda, Aleksandriya shahridagi Muzeon kabi ilm maskanlarida olib borilgan. O‘rta asr musulmon Sharqida Ma’mun akademiyasi, Bog‘doddagi «Bayt ul hikma» deb atalgan ilm dargohi va Ulug‘bek akademiyasida muntazam ilmiy tadqiqotlar olib borilgan.Yangi zamonda Galileo Galiley faoliyatidan boshlab eksperimental tabiiy-ilmiy tadqiqotlarga asos solindi.
XVIII asrdan boshlab fan bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanadi. Tadqiqotchi kasbi ommaviy kasblar qatoridan o‘rin ola boshlaydi. Bunday sharoitda tadqiqot asosini tashkil qilgan ilmiylik tamoyillari va mezonlarini ishlab chiqish fan taraqqiyotini muhim sharti va omili bo‘lib qoldi.
Ilmiylik mezonlarini amal qilishi ilmiy bilishni boshqa turdagi bilimlardan farq qiluvchi hislatlarga ega bo‘lishni taqazo etadi. Bular quyidagilardan iboratdir:
-ob’ektivlik;
-aniqlik;
-isbotlanganlik;
-mantiqan asoslanganlik;
-doimo yangi bilimga yo‘naltirilganlik;
-olingan natijalarni (shu jumladan usuli, yo‘li va mazmunini) boshqa muassasa yoki laboratoriyada qayta tiklash mumkinligi.


Yüklə 12,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə