Axborotni himoyalashning kriptografik usullari



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə1/4
tarix19.12.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#153512
  1   2   3   4
Kriptografiya 2-mustaqil


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI

AMALIY MATEMATIKA FAKULTETI
«KOMPYUTER ILMLARI VA DASTURLASHTIRISH» kafedrasi
AXBOROTNI HIMOYALASHNING KRIPTOGRAFIK USULLARI”
FANIDAN

2-MUSTAQIL ISH

Mavzu: Elliptik egri chiziq nuqtalari ustida amallar.


Bajardi: Komilov Kamoliddin
Tekshirdi:Baratov Jasur.
Jizzax-2023
Mavzu: Elliptik egri chiziq nuqtalari ustida amallar
Reja:

  1. Kirish

1.1.Mavzuning dolzarbligi.
1.2.Mavzuning maqsad va vazifasi.

  1. Asosiy qism

2.1. Elliptik egri chiziqlar
2.2. Geometrik nuqtai nazardan elliptik egri chiziq

  1. Yakuniy qism

3.1.Xulosa.

Kirish
Axborot va telekommunikasiya texnologiyalarining jadal sur’atlar bilan rivojlanib borishi turli manbalardan tez va oson yo’l bilan axborot olish imko-niyatlarini oshirdi. Tijorat korxonalari, Davlat muassasalari va alohida shaxslar axborotni elektron shaklda yaratib saqlay boshladilar. Tarmoq orqali axborotni uzatish bir zumda yuz berishi, uni saqlash esa ixcham joy egallashi, boy ma’lumotlar bazalaridan samarali foydalanish imkoniyatlari kengaya borishi axborot miqdorining jadal sur’atlar bilan o’sishiga olib keldi. Yigirma birinchi asr axborotlashtirish asri ekaniga tobora ko’pchilik ishonch hosil qilmoqda. Bu albatta ommaviy axborot va hamma bilishi mumkin va zarur bo’lgan axborot haqida gap borganda o’ta ijobiydir. Lekin konfidensial va o’ta maxfiy axborot oqimlari uchun zamonaviy axborotkommunikasiya texnologiyalari qulayliklar bilan bir qatorda yangi muammolarni o’rtaga qo’ymoqda. Axborot bazalarida saqlanadigan va telekommunikasiya tizimlarida aylanayotgan axborot xavfsizligiga tahdid keskin oshdi. Keyingi vaqtda, ayniqsa, Internet paydo bo’lgandan boshlab, axborot o’g’irlash, axborot mazmunini buzib qo’yish, egasidan iznsiz o’zgartirib qo’yish, tarmoq va serverlardan beruxsat foydalanish, tarmoqqa tajovuz qilish, avval qo’lga kiritilgan uzatmalarni qayta uzatish, xizmatdan yoki axborotga daxldorlikdan bo’yin tovlash, jo’natmalarni ruxsat etilmagan yo’l orqali jo’natish hollari ko’paydi. Natijada axborot xavfsizligi muammosi O’zbekiston Respublikasi uchun ham dolzarb muammoga aylandi. Bu o’z navbatida kriptologiya fanini rivojlantirish vazifalarini dolzarb muammolar qatoriga qo’ydi, chunki hozirgi kunda bu yo’l axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida asosiy yo’ldir. Axborotni muhofaza qilish masalalari bilan kriptologiya fani shug’ullanadi. Keyingi oxirigi yillarda kriptologiya yo’nalishini rivojlantirishga davlatimiz tomonidan katta ahamiyat berilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 3 aprelda qabul qilgan “O’zbekiston Respublikasida axborotning kriptografik himoyasini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ-614–son qarorida hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida” gi PF-4947-son farmoyishida beshta ustuvor yo’nalishdan biri sifatida axborotni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga o’z vaqtida va munosib qarshilik ko’rsatish kabilar ko’zda tutilgan.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə