1. Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish



Yüklə 55,45 Kb.
səhifə1/3
tarix23.12.2023
ölçüsü55,45 Kb.
#154638
  1   2   3
98 03.04.2009




[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash / 11.02.02.00 Radiatsiyaviy xavfsizlik (shuningdek, 16.04.07.00ga qarang);

2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.07.00 Radiatsiya xavfsizligi (shuningdek, 11.02.02.00 ga qarang)]

[TSZ:

1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish;

2.Iqtisodiyot / Sanoat;

3.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Umumiy masalalar]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
IONLAShTIRUVChI NURLANISh MANBALARI AYLANIShINI DAVLAT TOMONIDAN HISOBGA OLISh VA NAZORAT QILISh TIZIMINI TAShKIL ETISh QOIDALARINI TASDIQLASh HAQIDA
“Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasini, “Chiqindilar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimini tashkil etish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi uch oy muddatda radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishi, shuningdek yadroviy materiallar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, bunda ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini davlat hisobi va nazoratiga qo‘yish mezonlarini, ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini ularning potensial radiatsiyaviy xavfliligi bo‘yicha toifalarini aniqlashni nazarda tutsin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari:
uch oy muddatda o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qaror talablariga muvofiqlashtirsinlar;
yuridik shaxslar, shu jumladan idoraviy mansub tashkilotlar va jismoniy shaxslarning ushbu Qoidalar talablariga rioya qilishi bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘rsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.R.Shaismatov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 3-aprel,
98-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 3-apreldagi 98-son qaroriga
ILOVA
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimini tashkil etish
qoidalari
I. Umumiy qoidalar
1. “Davlat sanitariya nazorati”, “Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida”, “Chiqindilar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ushbu Qoidalar ionlashtiruvchi nurlanish manbalari – yadroviy materiallar, radioaktiv moddalar, ularning tarkibidagi radioaktiv manbalar va radioaktiv chiqindilar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimini (keyingi o‘rinlarda INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimi deb ataladi) tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Qoidalar INM qazib olish, ishlab chiqarish, hosil qilish, qayta ishlash, ulardan foydalanish, ularni saqlash, ularga xizmat ko‘rsatish, ularni tashish, shu jumladan ularning O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tilishi, utillashtirilishi, zararsizlantirilishi va ko‘mib tashlanishi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi INM aylanishi subyektlari, shuningdek INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimining vakolatli davlat organlari uchun majburiydir.
II. Asosiy tushunchalar
3. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

Yüklə 55,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə