O’zbekiston Respublikasining davlat tuzilishi va boshqaruv shakli



Yüklə 10,96 Kb.
səhifə1/2
tarix22.03.2024
ölçüsü10,96 Kb.
#184222
  1   2
Huquq


331-sonli maktabning 8 - “b”sinf o‘quvchsi
Masharipov Shahzodnning
Huquq fanidan
bajargan mustaqil ishi
O’zbekiston Respublikasining davlat tuzilishi va boshqaruv shakli
O’zbekiston Respublikasining davlat tuzilishi va boshqaruv shakli
Istiqlol xalqimizga o’z vatanida o’zini erkin his qilish chinakam o’z milliy qadriyatlarini tiklash , o’z milliy davlatchiligini shakllantirish imkonini berdi. O’zbekiston milliy davlatchiligi murakkab sharoitda qaror topishiga sabab bo’ldi. Chunki sobiq sho’roning davlatchilik illatlarini tugatish muammolari ko’ndalang turar edi. Sababi sho’ro davridagi Konstitutsiyalarda inson manfaatlaridan davlat manfaatlari ustunligi belgilab qo’yilgan. Turkiston ASSrning 1918-1920 yillarda Xorazm va Buxoro respublikalarining 1920-1921 yilda , shuningdek , O’zbekiston SSRning 1927 , 1937, 1978-yillarda qabul qilingan Konstitutsiyalari mazmun-mohiyatiga ko’ra haqiqiy mustaqil davlatning qonuni emas edi. Respublika hududida 28 ittifoq va 17 respublika ittifoqining vazirlik va boshqaruvlari mavjud. 1990-yil 24-martda respublika oily kengashining birinchi sessiyasi muhim tarixiy qaror qabul qilib O’zbekiston prezidenti lavozimini ta’sis etdi. O’zbekiston Respublikasi oily kengashi 1990 yil 1 noyabrda “Ijroiya va boshqaruv hokimiyatining tuzilishini takomillashtirish to’g’risida”gi qonun qabul qilib sobiq hukumat – Minstrlar sovetini tugatib president huzuridagi Vazirlar Mahkamasini vujudga keltirdi.
O’zbekiston o’zining davlat shaklini aniqlashda respublikamizning o’ziga xos sharoitlari tarixiy a’nanalarini milliy mentaliteti , ya’ni xalqimizning fikr yuritish jamiyat hayotini anglash va talqin qilish sohasidagi hamda davlat qurilishi borasidagi jahon amaliyoti yutuqlari inobatga olinish , davlat tuzilishining Respublikasiga davlat tuzilishining unitary shakli xosdir. Biroq, O’zbekiston davlati tuzilishi o’ziga xos xususiyatlarga ham ega. Uning tuzilishi tarkibida Qoraqalpog’iston Respublikasi ham mavjud. O’zbekiston yagona hudud, yagona oily davlat, hokimiyatiga ega markazlashgan unitary davlatdir. Unitar davlatga Qozog’iston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg’iziston, Fransiya < Italiya va shu kabilar kiradi. O’zbekiston Respublikasi o’z ichki hududiy tuzilishiga ega. Konstitutsiyaning 68-moddasidagi qoidaga muofiq “O’zbekiston Respublikasi viloyatlar , tumanlar, shaharlar, shaharchalar , qishloqlar, shuningdek qoraqalpog’iston respublikasidan iborat” . O’zbekiston Respubliaksi tarkibini : Qoraqalpog’iston Respublikasi 12 ta viloyat 163 ta tuman , 119 ta shahar 115 ta shaharchalar tashkil etadi. O’zbekiston Respublikasining hududi 447,4 ming kv.km ni tashkil qiladi. Davlat hududi chegaralarini va davlat suvereniteti amal qilishini belgilovchi chiziq –davlat chegarasi deb ataladi. O’zbekiston Respublikasi besh mustaqil davlat – Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg’oniston davlatlari bilan chegaradosh. Davlatimiz chegaralarining umumiy uzunligi 6221 kilometrni tashkil etadi. Afg’oniston bilan chegara 137 km, Qozog’iston -2203 km, Qirg’iziston 1099 km, Tojikiston – 1161 km, Turkmaniston bilan 1621 km dan iborat.
O’zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi hor qanday jamiyatning ichki ehtiyojidir.
Boshqaruvi-ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan faoliyat hisoblanadi. Jamiyat mahsus boshqaruv tizimisiz mavjud bo’la olmaydi. Lekin davlatgina jamiyatning yaxlit boshqaruv tizimi bo’lib hizmat qila oladi. Davlat boshqaruvining samaradorligi uning hokimiyatga uyushqoqligi bilan kafolatlanadi. Davlat tomonidan amalga oshiriladigan boshqaruvni anglatgani uchun “Davlat boshqaruvi” deb atash mumkun. Davlat boshqaruvi tizimi ijro hokimiyatini
amalga oshiruvchi idoralar tizimi ya’ni ijro etish va farmoyish berish faoliyatini amalgam oshuruvchi organlar tizimidan iborat. Davlat
boshqaruvi tizimining yuqoridagi tarmoq va yo’nalishlari O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi va har bir soxaga tegishli qonun hujjatlariga tayanib ish ko’radilar. Pirezdentlik Respublikasi hozirgi kunda eng ko’p tarqalgan davlat boshqaruvi shakli
hisoblanadi . 1995-yilgi malumotga ko’ra BMT ga a’zo 186 dav latdan 140 tasida Prezdent lavozimi mavjud bo’lib, ularning aksariyati Prezdentlik Respublikasidir. Bular AQSH, Argentina , Brazilya, Meksika, Gonduras, Zambiya, Urugvay va boshqalardir. Prezdentlik Respublika boshqaruvi Prezidentga qatiy dadil va jasurlik bilan faoliyat ko’rsatishi uchun imkon yaratadi.

Yüklə 10,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə