O’zbekiston Respublikasining davlat tuzilishi va boshqaruv shakli


Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish



Yüklə 10,96 Kb.
səhifə2/2
tarix22.03.2024
ölçüsü10,96 Kb.
#184222
1   2
Huquq

Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish.
Davlat boshqaruvi va davlat xizmati tizimini, davlat boshqaruvini markazlashtirishdan chiqarish, davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarlik, moddiy va ijtimoiy ta’minoti darajasini oshirish hamda iktisodiyotni boshqarishda davlat ishtirokini bosqichmabosqich qisqartirish orqali isloh qilish.
Globallashuv va tezkor rivojlanish sharoitida davlat kurilishini takomillashtirish, davlat boshqaruvini jamiyat taraqqiyotining bugungi ehtiyojlariga mos ravishda modernizatsiya qilish o‘ta dolzarb vazifa sifatida maydonga chiqmoqda. Mamlakatimiz ravnaqini ta’minlash, jamiyatni ijtimoiy-siyosiy boshqarish, shu jumladan, unga davlat hokimiyati vositasida ko‘maklashuv mexanizmlarini takomillashtirish yangi-yangi imkoniyatlarni izlashni taqozo etadi. Mustaqillikka erishgach, jamiyat va davlat hayotining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini mustahkamlash yo‘lidan borib, mamlakatimiz o‘z Konstitutsiyasini qabul qildi, uning zamirida milliy qonunchilik tizimi shakllandi. Konstitutsiya va qonunlar davlat va jamiyat qurilishini demokratlashtirish va liberallashtirishning huquqiy asoslarini tashkil etdi.
Avvalo, davlat organlarini shakllantirish va faoliyat yuritishi sohasiga hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipi joriy etildi: hokimiyat tuzilmalarining vakolatlari samarali konstitutsiyaviy mexanizm asosida mutanosib holga keltirilib, ularning faoliyati inson huquq va erkinliklarini ta’minlashga yo‘naltirildi.
Amalga oshirayotgan konstitutsiyaviy modernizatsiya qilish va davlat qurilishi sohasidagi izchil islohotlar natijasida ratsional davlat boshqaruvi tizimi shakllandi, hokimiyat tuzilmalari o‘rtasida vakolatlarning mutanosib taqsimlanishiga erishildi.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida ta’kidlanganidek, mustaqillik yillarida yurtimizda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sohasida salmoqli islohotlar amalga oshirildi. «Bu jarayonda markaziy ijro etuvchi hokimiyatning boshqaruv tuzilmalari va ma’muriy organlarning vazifalarini o‘zgartirishga, ularning boshqarish, tartibga solish va taqsimlash borasidagi vakolatlarini, xo‘jalik tuzilmalari faoliyatiga bevosita aralashuvini keskin qisqartirishga katta e’tibor berildi».
Davlat boshqaruvida jamiyatgarahbarlik qilish bilan bog‘liq siyosiy qarorlar qabul qilish va ularni haetga jorii etishga io‘naltirilgan ma’murii-tashkilii faoliyat muhim o‘rin tutadi. Bu davlat boshqaruviga siyosiy mazmun baxpt etadi.
Konsepsiyada jamiyatimizning istiqboldagi taraqqiyotini ta’minlovchi ustuvor yo‘nalishlarni belgilash barobarida, bu boradagi muhim vazifalarni hal etishda davlat hokimiyati tarmoqlarini, xususan, parlamentni yanada rivojlantirish va mustahkamlash, siyosiy partiyalarning rolini oshirish, mamlakatimiz fuqarolik jamiyati institutlarini, sud-huquq tizimini, saylov qonunchiligini takomillashtirish, demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan bir qator qonunchilik tashabbuslari ilgari surildi.
Jamiyat va davlat qurilishi sohasida parlament tizimini rivojlantirish, kuchli ijro hokimiyati, mustaqil sudni shakllantirish, ko‘ppartiyaviylikni vujudga keltirish, mustaqil fuqarolik jamiyati institutlarini va ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish hamda ular faoliyatining kafolatlarini kuchaytirish borasida tub demokratik o‘zgarishlar qilindi.
Yüklə 10,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə