1. Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish



Yüklə 55,45 Kb.
səhifə3/3
tarix23.12.2023
ölçüsü55,45 Kb.
#154638
1   2   3
98 03.04.2009

radioaktiv chiqindilar — keyinchalik foydalanish uchun mo‘ljallanmagan, tarkibidagi radionuklidlarning aktivlik darajasi qonunchilikda belgilangan ko‘rsatkichlardan yuqori bo‘lgan har qanday agregat holatidagi moddalar.
(3-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
III. INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimining maqsadlari va vazifalari
4. Quyidagilar INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimining maqsadlari hisoblanadi:
INMning mavjud miqdorini aniqlash;
INM nobudgarchiligi, ulardan ruxsat berilmagan foydalanish va ularni talon-toroj qilishning oldini olishni ta’minlash;
INMning mavjudligi va joyi o‘zgarishi to‘g‘risida belgilangan tartibda xolisona va ishonchli axborot taqdim etish.
5. Quyidagilar barcha darajalarda INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimining asosiy vazifalari hisoblanadi:
INMning milliy reyestrini shakllantirish uchun ma’lumotlarni rasmiylashtirgan holda INMni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilishni yuritishni tashkil etish;
INM nobudgarchiligi, ulardan ruxsat berilmagan foydalanish va ularning o‘g‘irlanishini aniqlash;
INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimi faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydigan normativ va metodik hujjatlarni, shu jumladan INMning miqdori, aktivligi va radionuklid tarkibini aniqlash metodikasini ishlab chiqish;
zamonaviy kompyuter texnologiyalari negizida INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimini yagona dasturiy va axborot bilan ta’minlashni tashkil etish;
radiatsiyaviy vaziyatni nazorat qilishning yagona davlat avtomatlashtirilgan tizimi, atrof muhit radiatsiyaviy monitoringining davlat tizimi, favqulodda vaziyatlar davlat tizimi bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari doirasida axborot ayirboshlashni tashkil etish.
IV. INM hisobga olish va nazorat qilish tizimini tashkil etish
6. INMni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish mezonlariga javob beradigan INM davlat tomonidan hisobga olinishi va nazorat qilinishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
7. INMni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish mezonlari, shartlari va tartibi, shuningdek potensial radioatsiyaviy xavfsizlik asosida kategoriyalar bo‘yicha INMni tasniflash qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
8. INM kategoriyalari hisobga olish va nazorat qilish tartib-qoidalari va usullarini aniqlashga tabaqalashtirib yondashishni ta’minlash maqsadida belgilanadi.
9. INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimi vakolatli davlat organlarini, muhandislik-texnik vositalarini va INM aylanishi sohasidagi faoliyatni tartibga soladigan normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z ichiga oladigan respublika, idoraviy va mintaqaviy darajalarga bo‘linadi.
10. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
respublika darajasida — O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
idoraviy darajada — INM aylanishi subyektlari hisoblangan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi;
mintaqaviy darajada — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimining vakolatli davlat organlari hisoblanadi.
V. INMni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish sohasida vakolatli davlat organlari va INM aylanishi subyektlarining funksiyalari
Oldingi tahrirga qarang.
11. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi o‘z vakolatlari doirasida:
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
respublika darajasida INMni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilishni;
INMning milliy reyestri yuritilishini;
INMni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilishni ta’minlash masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishini;
davlat tomonidan hisobga olinadigan va nazorat qilinadigan INM ro‘yxati belgilangan tartibda ishlab chiqilishini;
manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda INM davlat tomonidan hisobga olinishi va nazoratga qo‘yilishi mezonlari, shartlari va tartiblari ishlab chiqilishini, shuningdek INMning potensial radiatsiyaviy xavfsizligi asosida ularning kategoriyalari aniqlanishini;
INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimini yaratish, uning faoliyat ko‘rsatishi, uni metodik ta’minlash va takomillashtirish bilan bog‘liq tadbirlar amalga oshirilishini;
respublika darajasida INM davlat tomonidan hisobga olinishi va nazorat qilinishi uchun ma’lumotlar to‘planishini, uning tizimlashtirilishi va tahlil qilinishini;
manfaatdor davlat organlari bilan birgalikda INMni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish normalari va qoidalari ishlab chiqilishini;
INMni hisobga olish va nazorat qilish shakllari ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishini;
INM mavjudligi va uning joyi o‘zgarishi to‘g‘risidagi axborot belgilangan tartibda taqdim etilishini ta’minlaydi.
12. INM aylanishi subyektlari hisoblangan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi o‘z vakolatlari doirasida:
idoraviy darajada INM davlat tomonidan hisobga olinishi va nazorat qilinishini;
INM davlat tomonidan hisobga olinishi va nazorat qilinishi masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashishni;
INM davlat tomonidan hisobga olinishi va nazorat qilinishi uchun idoraviy mansub tashkilotlar bo‘yicha axborot to‘planishi, tahlil qilinishi, tizimlashtirilishi va qayta ishlanishini;
Oldingi tahrirga qarang.
INMni hisobga olish va nazorat qilish to‘g‘risidagi axborot O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga taqdim etilishini;
(12-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimini yaratish, uning faoliyat ko‘rsatishi va takomillashtirilishi sohasida ilmiy, metodik va texnik ishlanmalarni o‘tkazishda qatnashishni ta’minlaydi.
13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari o‘z vakolatlari doirasida:
ushbu Qoidalarning 12-bandida nazarda tutilmagan INM aylanishini mintaqaviy darajada davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilishni;
Oldingi tahrirga qarang.
INM aylanishini hisobga olish va nazorat qilish to‘g‘risidagi axborot O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga taqdim etilishini;
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha tadbirlar samaradorligi tahlil qilinishini;
INM aylanishi subyektlari tomonidan belgilanadigan radiatsiyaviy obyektlar uchun kuzatish zonalarini, uning o‘lchami va chegaralarini kelishishni;
fuqarolarni va atrof muhitni radiatsiya avariyasi va uning oqibatlaridan himoya qilish tadbirlari rejasi kelishilishini;
INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimini shakllantirishda, uning faoliyat ko‘rsatishini qo‘llab-quvvatlash va takomillashtirishda qatnashishni ta’minlaydi.
14. INM aylanishi subyektlari:
INM bilan bog‘liq ishlarning xavfsizligi va ularning saqlanishini ta’minlaydi;
INM ichki hisobga olinishini amalga oshiradi;
INM fizik himoya qilinishini ta’minlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
INMni hisobga olish va nazorat qilish to‘g‘risidagi axborotni O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga taqdim etadi;
(14-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
keyinchalik qo‘llash nazarda tutilmagan INM bunday INMni utillashtirish, zararsizlantirish yoki ko‘mib tashlash bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish vakolatiga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan tashkilotga o‘z vaqtida berilishini ta’minlaydi;
o‘qitilgan, malaka talablariga javob beradigan va tibbiy nuqtai nazardan nuqsonlari bo‘lmagan shaxslarni bevosita INM bilan ishlashga qo‘yadi;
belgilangan tartibda axborotning maxfiyligini ta’minlaydi;
INM aylanishi bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshiradigan shaxslarni zarur himoya vositalari va radiatsiya nazorati bilan ta’minlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
INM bilan bog‘liq rejalashtirilayotgan bitimlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasini o‘z vaqtida xabardor qiladi;
(14-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
Oldingi tahrirga qarang.
INMning noqonuniy aylanishi holatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga, O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining tegishli hududiy organiga (keyingi o‘rinlarda sanitariya-epidemiologiya xizmati deb yuritiladi) va huquqni muhofaza qilish organlariga ma’lum qiladi.
(14-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 694-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son)
VI. INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimini tashkil etishga qo‘yiladigan asosiy talablar
15. INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimini tashkil etishda:
INM aylanishi subyektlarining ishlab chiqarish xususiyatlari hisobga olinadi, hisobga olish va nazorat qilishning mavjud mexanizmlaridan, shuningdek INM tavsiflarini o‘lchash uchun usullar va texnik vositalardan foydalaniladi;
respublika, idoraviy va mintaqaviy darajalarda INMni hisobga olish va nazorat qilish bo‘yicha axborot manbalaridan foydalanishning cheklangan tartibi nazarda tutiladi;
INM tavsifini aniqlash uchun zamonaviy ilmiy-texnik usullar ishlab chiqilishi va ulardan foydalanish ta’minlanadi;
INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimining vakolatli davlat organlarini zamonaviy dasturiy ta’minlash va zarur texnik vositalar bilan jihozlash chora-tadbirlari amalga oshiriladi;
INMning har bir birligi ustidan nazorat qilishning boshlang‘ich va oxirgi vaqtini aniqlash bo‘yicha talablar belgilanadi;
taqdim etilayotgan axborotning birxillashtirilgan formati va hajmi qo‘llaniladi;
hisobga olish hujjatlarini yuritish, davriy hisobot va hisobot ma’lumotlari tahlili, yangi hisobot hujjatlari taqdim etish asosida hisobga olish ma’lumotlariga faqat hisobga olish hujjatlariga yangi yozuv kiritish yo‘li bilan tuzatish kiritish imkoniyati ta’minlanadi;
INM tarkibi va miqdorini (aktivligini) o‘lchash natijalari asosida (ularning parametrlarini aniqlashning hisoblab chiqish usullarini qo‘llash yo‘l qo‘yilgan hollar bundan mustasno), shuningdek INMni hisobga olish va nazorat qilishda o‘lchash vositalariga qo‘yiladigan talablar asosida INMni hisobga olish va nazorat qilish nazarda tutiladi;
INM qazib olish, ishlab chiqarish, hosil qilish qayta ishlash, ulardan foydalanish, ularni saqlash, ularga xizmat ko‘rsatish, ularni tashish, shu jumladan ularning O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tilishi, utillashtirilishi, zararsizlantirilishi va ko‘mib tashlanishi shartlari to‘g‘risida xabardor qilish ta’minlanadi.
INMni hisobga olish va nazorat qilishni tashkil etishga va yuritishga qo‘yiladigan talablar belgilanadi;
INM aylanishi subyekti tomonidan INM olingan taqdirda u to‘g‘risidagi ma’lumotlar tekshiriladi;
INM yo‘qotilgan, ulardan ruxsatsiz foydalanilgan yoki u o‘g‘irlangan hollarda INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimi vakolatli davlat organlarini hamda huquqni muhofaza qilish organlarini xabardor qilish tartibi tartibga solinadi;
INM mavjudligi va aktivligi tavsifini aniqlash maqsadida INM aylanishi subyektlarida dastlabki xatlov o‘tkazilishi ta’minlanadi;
xalqaro shartnomalar doirasida hamkorlikni amalga oshirish imkoni nazarda tutiladi.
16. Hisobga olish va nazorat qilish tizimi INMning eng radiatsiyaviy xavfli kategoriyasidan boshlab bosqichma-bosqich amalga kiritiladi.
17. O‘z faoliyatida INMdan foydalanadigan INM aylanishi subyektlari moliyaviy-moddiy va ma’muriy resurslarga, shuningdek INM aylanishida xavfsizlikni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan texnik vositalarga ega bo‘lishi kerak.
VII. INMni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilishga qo‘yiladigan alohida talablar
Oldingi tahrirga qarang.
18. INM O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasi orqali olib o‘tilganda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qonunchilikka muvofiq INMni hisobga oladi va nazorat qiladi va 15 kun muddatda INM to‘g‘risidagi axborotni O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga taqdim etadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi o‘z vakolatlari doirasida har chorakda hisobot davri tamom bo‘lgandan keyin 20-kunda belgilangan tartibda hisobga olish va nazorat qilishning tasdiqlangan shakli bo‘yicha yadroviy material eksporti va importi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga axborot taqdim etadi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Sanitariya-epidemiologiya xizmati tegishli hududiy organining INM aylanishi bilan bog‘liq bo‘lgan tashkilotlar obyektlarining sanitariya-gigiyena xavfi to‘g‘risidagi xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirda INM aylanishi subyektlari tomonidan INM olinishi va berilishiga belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan ruxsat beriladi.
(20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 694-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son)
Oldingi tahrirga qarang.
INM aylanishi subyektlari INM olinishi va berilishi to‘g‘risida hisobga olish va nazorat qilishning tasdiqlangan shakllari bo‘yicha 10 kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasini va Sanitariya-epidemiologiya xizmatining tegishli hududiy organini xabardor qiladi.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 694-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimida hisobga olish birliklari axboroti hajmi, hisobot ma’lumotlari INM tipiga, ularning kategoriyasiga qarab aniqlanadi va O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan shakllarda aks ettiriladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Noqonuniy aylanishdan olib qo‘yilgan INM qonunchilikka muvofiq ularning qonuniy egasiga qaytarilishi yoki utilizatsiya qilinishi (ko‘mib tashlanishi) kerak.
INMni noqonuniy aylanishdan olib qo‘yishda ularni vaqtincha saqlash, hisobga qo‘yish, fizik himoya qilish, shuningdek qonuniy egasini xabardor qilish yoki qonunchilikda belgilangan tartibda utillashtirish (ko‘mib tashlash) ta’minlanadi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
VIII. INM aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish sohasida davlat organlarining o‘zaro hamkorligi
Oldingi tahrirga qarang.
23. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi quyidagi masalalar:
(23-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
yadroviy material, radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aholiga va atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishining oldini olish bo‘yicha - Favqulodda vaziyatlar vazirligi va hokimliklar bilan birgalikda qo‘shma tadbirlarni ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda - yo‘qotilgan radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilarni izlashni yoki topilgan radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilarning kelib chiqishini aniqlashni tashkil etish;
(23-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va hokimliklar bilan birgalikda — radiatsiyaviy vaziyatini nazorat qilishning yagona davlat avtomatlashtirilgan tizimini, atrof muhit, INMni saqlash va ko‘mish punktlari, ifloslangan radionuklidli hududlarning radiatsiyaviy monitoringi davlat tizimini amalga oshirish;
(23-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda — INM aylanishida sodir bo‘lgan avariyalar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va tugatish yagona tizimini tashkil etish;
manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek boshqa tashkilotlar bilan axborot ayirboshlash bo‘yicha — o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar vositasida amalga oshiriladigan INMni hisobga olish va nazorat qilish davlat tizimini yaratish va uning faoliyat ko‘rsatishida boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikdagi faoliyatni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
24. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati va Ichki ishlar vazirligi o‘z vakolatlari doirasida INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimi faoliyat ko‘rsatishida tabiatni muhofaza qilish, radiatsiya, yadro, texnik va yong‘in xavfsizligi sohasida davlat tomonidan tartibga solishni ta’minlaydilar.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 694-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son)
Oldingi tahrirga qarang.
25. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati noqonuniy xatti-harakatlarni aniqlash, oldini olish, INM yashirin sotilishi, tarqatilishi va foydalanilishiga barham berish bo‘yicha tegishli tadbirlarni amalga oshiradilar.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
IX. INMni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish sohasida javobgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
26. Ushbu Qoidalar buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)


(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 15-son, 183-modda; 2010-y., 51-son, 486 -modda; 2011-y., 20-21-son, 208-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son; 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Yüklə 55,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə