1. Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish


ionlashtiruvchi nurlanish



Yüklə 55,45 Kb.
səhifə2/3
tarix23.12.2023
ölçüsü55,45 Kb.
#154638
1   2   3
98 03.04.2009

ionlashtiruvchi nurlanish — radioaktiv parchalanishda, yadroviy evrilishlarda, moddadagi zaryadlangan zarralar harakatining sekinlashuvida hosil bo‘ladigan hamda muhit bilan o‘zaro ta’sir etish chog‘ida har xil qutbli ionlarni hosil qiladigan nurlanish;
ionlashtiruvchi nurlanish manbai (INM) — o‘zidan ionlashtiruvchi nurlanish chiqaruvchi yoki chiqarishga qodir bo‘lgan qurilma va (yoki) radioaktiv modda, yadroviy materiallar;
Oldingi tahrirga qarang.
INM aylanishi subyektlari — O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunchilikda belgilangan tartibda ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini qazib olish, ishlab chiqarish, hosil qilish, qayta ishlash, ulardan foydalanish, ularni saqlash, ularga xizmat ko‘rsatish, ularni tashish, shu jumladan ularning O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tilishi, zararsizlantirilishi va ko‘mib tashlanishi bo‘yicha INM aylanishi sohasidagi faoliyatni amalga oshiradigan yuridik shaxslar;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
yadroviy materiallar — tarkibida yadro moddalari mavjud bo‘lgan yoki bo‘linadigan (parchalanadigan) yadro moddalari ishlab chiqarishga qodir bo‘lgan, shuningdek tarkibida yadro materiallari bo‘lmagan yoki yadro materiallari ishlab chiqarishga qodir bo‘lmagan, biroq yadro ichidagi energiyasi portlab ajralib chiqilishiga (yadro portlashi) mo‘ljallangan qurilmalarda foydalanilishi mumkin bo‘lgan materiallar;
radioaktiv manba — tarkibida yadroviy materiallar yoki radioaktiv moddalar bo‘lgan ionlashtiruvchi nurlanish manbai;
radioaktiv moddalar — tarkibida belgilangan radiatsiyaviy xavfsizlik normalari va qoidalarining eng kam qiymatidan ortiq aktivlikdagi radionuklidlar bo‘lgan har qanday agregat holatidagi yadroviy materiallarga tegishli bo‘lmagan moddalar;
Oldingi tahrirga qarang.

Yüklə 55,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə