2-3-Amaliyot ishi. Mavzu: Zamonaviy operatsion tizimlarini o`rnatish. Sozlash Operatsion tizimni adminstrlash Ishdan maqsad



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə1/2
tarix08.06.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#116008
  1   2
2-3-Amaliyot


2-3-Amaliyot ishi.
Mavzu: Zamonaviy operatsion tizimlarini o`rnatish. Sozlash
Operatsion tizimni adminstrlash
Ishdan maqsad:

  1. Windows OT xaqidagi nazariy bilimlarni o`rganish

  2. Windows OT ni o`rnatishni o`rganish

Nazariy qism
Operatsion tizim (OT) – dasturlar va foydalanuvchilar orasidagi va dasturlar bilan qurilmalar orasidagi interfeysni amalga oshiruvchi o`zaro bog`langan dasturlar majmuasidir.
Xar bir OT kamida 3ta asosiy qismdan iborat:Yadro, komanda interpretatori – dastur tilidan mashina kodlariga o`tkazuvchi “tarjimon”.Kompyuter tarkibiga kiruvchi turli qurilmalarni boshqaruvchi maxsus dasturlar, drayverlar deb ataladi. Bu guruxga OT tomonidan foydalaniladigan va uning tarkibiga kiruvchi tizimli kutubxonalar ham kiradi.
Windows OT
Windows OT ning o`ziga xos xususiyatlari:

  • Chiroyli, boshqarishning kengaytirilgan imkoniyatli va internet muxiti bilan to`liq integrallashgan foydalanuvchi interfeysi. Fayllar va papkalar bilan ishlovchi asosiy vosita Internet Explorer dasturi bo`lib qoldi.

  • Yangi tashkiliy qismlar bilan qulay ishlash – Pentium protsessorlari, AGR grafik porti, USB shinasi, videokarta, materinskaya plata, modem va xokazo.

  • Talaygina yangi dastur va utilitalar – internetda ishlash uchun to`liq dasturiy taʼminot komplekti va FAT16 fayl tizimini FAT32 ga konvertatsiya qilish utilitasi.

  • Multimediani yuqori darajada qo`llash: Direct X dasturiy drayverli kompleksi, u Windows ilovalariga apparat qurilmalariga bevosita murojaat imkonini beradi, Active Movie tizimi, u turli formatdagi multimedia fayllarini aks ettirish imkonini beradi.

Fayl tizimlari
Kompyuter fayl tizimi - kompyuterning qattiq diskida saqlanadigan ma`lumotlarni saqlash, taqsimlash, nomlash va ularga murojaatni ta`minlash usullarining tavsifi. Fayllar va kataloglarni nomlash qoidalarini, fayllar va bo`limlarning maksimal o`lchamlari bo`yicha cheklovlarni, fayl nomining uzunligini, kataloglarning maksimal chuqurlik darajasini va boshqa jihatlarini qattiq diskning fayl tizimi aniqlaydi. Fayl tizimlariga misollar:

  • FAT32 - Ushbu fayl tizimi 90-yillarning o`rtalarida ishlab chiqilgan va uzoq vaqt davomida mashhur bo`lib kelgan. Biroq, uning bir nechta kamchiliklari bor edi. Masalan, FAT32 4 Gb dan katta fayllarni boshqara olmaydi(faylning maksimal hajmi 4 Gb), shuningdek, qattiq diskda 32 Gb dan kattaroq bo`lgan mantiqiy bo`limlarni (“disklar”) ni yarata olmaydi.

  • NTFS (ingl. New Technology File System) - NTFS zamonaviyroq tizimdir. Nazariy jihatdan, u 16 Tbgacha bo`lgan hajm va qismlarni qo`llab-quvvatlashga qodir. Bu zamonaviy disklar uchun etarli. Fayl nomlari hajmi jihatidan cheklanmagan, masalan, FAT32 fayl tizimidagi kabi. NTFS katalogi - bu boshqa kataloglar va fayllarga havolalarni saqlaydigan fayl. Bu sizga turli foydalanuvchilar uchun fayl va katalog ruxsatlarini ajratish imkonini beradi. NTFS butun fayl tizimi darajasida ma`lumotlarni shifrlash qobiliyatiga ega. Bundan tashqari, NTFS FAT32 ga qaraganda ancha barqaror.


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə