Qarori yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/40
tarix11.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#145173
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
172-сон 12.04.2022. Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
YO‘L HARAKATI QOIDALARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
“Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 
Qonunining 
ijrosini ta’minlash,
shuningdek, 1968-yildagi Yo‘l harakati to‘g‘risidagi Vena 
Konvensiyasi 
talablari hamda ilg‘or xorijiy
tajribaga muvofiq Yo‘l harakati qoidalarini yanada takomillashtirish, yo‘l-transport hodisalarining
oldini olish, yo‘l harakati xavfsizligini nazorat qilish va samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar
Mahkamasi qaror qiladi:
1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
a) aholi punktlarida transport vositalarining tezligini soatiga 70 kilometrdan, maktab va
maktabgacha ta’lim tashkilotlari atrofidagi yo‘llarda 300 metrgacha bo‘lgan masofada 30
kilometrdan, turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida)
esa soatiga 20 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
Bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini
ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 4-
apreldagi PQ-190-son 
qarori
bilan tashkil etilgan Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi
respublika komissiyasining qarori asosida Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar
markazlaridagi yo‘l harakati qatnovi yuqori bo‘lgan va aholi gavjum hududlarda transport vositalari
harakatlanishining yuqori tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilanishi mumkin;
b) yengil avtomobillarda yuk tashishga ularning tom qismiga o‘rnatilgan yukxonadagi
yukning balandligi 1 metrdan (maxsus moslamalar bilan mustahkamlangan holda velosipedlarni
tashish bundan mustasno) va uzunligi avtomobilning gabaritidan 0,5 metrdan oshmagan taqdirda
yo‘l qo‘yiladi;
v) yuk avtomobillari, Yo‘l harakati qoidalarida belgilangan ayrim istisnolardan tashqari barcha
holatlarda, yo‘lning faqat o‘ng qatnov qismidan harakatlanishi shart;
g) transport vositalarining qayrilib olish joylarida va unga 30 metr yetmasdan yoki o‘tib
to‘xtash taqiqlanadi;
d) sutkaning qorong‘i vaqtida va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda velosiped yo‘lkasi
bo‘lmagan holda yo‘lning qatnov qismida harakatlanayotgan velosipedchilar nur qaytargichli
kamzulda yoki nur qaytaruvchi elementlar bo‘lgan ustki kiyimda bo‘lishi shart.
Bunda ushbu nur qaytaruvchi elementlar boshqa haydovchilarga ko‘rinadigan bo‘lishi kerak.
2. Yangi tahrirdagi Yo‘l harakati qoidalari 
1-ilovaga 
muvofiq tasdiqlansin va 2022-yil 1-maydan
boshlab amalga kiritilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
fuqarolarning, ayniqsa, bolalarning yo‘l-transport hodisalari hamda oqibatlaridan
himoyalanganligini ta’minlash maqsadida aholi hamda haydovchilar o‘rtasida 7 yoshgacha bo‘lgan
bolalarni maxsus bolalar o‘rindig‘ida, 7 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarni maxsus ushlab
turuvchi moslamali xavfsizlik kamarini taqqan holda tashish, transport vositasining orqa
o‘rindig‘idagi yo‘lovchilar ham xavfsizlik kamarlarini taqib olishlari, shuningdek, sutkaning qorong‘i
vaqtida va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda yo‘lni kesib o‘tishda va yo‘l yoqalaridan yoki qatnov
qismining chetidan harakatlanishda, piyodalarning ustki kiyimida nur qaytaruvchi elementlar
bo‘lishi inson hayotini saqlab qolish uchun muhim ekanligini keng targ‘ib qilish bo‘yicha manzilli
chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Yo‘l harakati qoidalari, jumladan, unga kiritilgan o‘zgarishlarning mazmun-mohiyatini
ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va rasmiy veb-saytda keng yoritilishi tashkil etilishini
ta’minlasin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy
hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 
2-ilovaga 
muvofiq ayrim qarorlari 2022-yil 1-
maydan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R.
Bobojonov zimmasiga yuklansin.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə