Qarori yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/40
tarix11.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#145173
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40
172-сон 12.04.2022. Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

foto va video qayd etish — yo‘l harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto
va video texnik vositalari, shuningdek, videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil
qurilmalar yordamida qayd etish;
xavfli yuk — o‘ziga xos xossalari va xususiyatlari tufayli muayyan omillar mavjud bo‘lgan
taqdirda tashish, yuk ortish-tushirish ishlari jarayonida tashilayotgan yuklar, texnika vositalari,
qurilmalar, bino va inshootlar, boshqa obyektlarning portlashi, yonishi yoki shikastlanishiga,
shuningdek odamlar hayoti va sog‘lig‘iga, atrof muhitga zarar yetkazilishiga sabab bo‘lishi mumkin
bo‘lgan moddalar, materiallar, buyumlar, chiqindilar;
xavfsizlik orolchasi — harakatlanish tasmalarini (shu jumladan velosipedchilar tasmalarini)
ajratuvchi, konstruksiyasiga ko‘ra qatnov qismi ustiga bordyur toshlari bilan ko‘tarilgan yoki
harakatni tashkil etish texnik vositalari bilan belgilangan qatnov qismidan o‘tayotgan piyodalar,
talab qilingan holda to‘xtab o‘tishlari uchun mo‘ljallangan yo‘l qurilmasi. Ajratuvchi mintaqa
oralig‘idan o‘tkazilgan piyodalar o‘tish joyi ham xavfsizlik orolchasi hisoblanadi. Ikki tomonlama
harakatlanishli yo‘llarda qarama — qarshi yo‘nalishlarni ajratuvchi xavfsizlik orolchalarini o‘ng
tomondan aylanib o‘tiladi;
ko‘rinishi cheklangan joylarjoylardagi past-balandliklar, burilishlar, o‘simliklar, daraxtlar,
qurilishlar, inshootlar yoki boshqa obyektlar, shu jumladan, transport vositalari tufayli harakatlanish
yo‘nalishida yo‘l ko‘rinishining cheklanishi;
yondosh hudud — bevosita yo‘lga tutashgan va transport vositalari o‘tib ketishi uchun
mo‘ljallanmagan hudud (hovlilar, mahallalar, turar joy dahalari, transport vositasi to‘xtab turish
joylari, yonilg‘i quyish shoxobchalari, korxona va shunga o‘xshashlar).
Yondosh hududdan chiqayotgan transport vositalari barcha yo‘l harakati qatnashchilariga yo‘l
berishi shart;

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə