Qarori yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


-bob. Yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda haydovchining majburiyatlari



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/40
tarix11.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#145173
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40
172-сон 12.04.2022. Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

3-bob. Yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda haydovchining majburiyatlari
13. Yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda unga daxldor haydovchilar quyidagilarni bajarishlari
shart:
transport vositasini darhol to‘xtatishi, avariya ishoralarini yoqishi va avariya sababli to‘xtash
belgisini Qoidalarning 
51-bandi
talablariga muvofiq o‘rnatishi, transport vositasini va hodisaga
daxldor buyumlarni joyidan qo‘zg‘atmasligi;
tan jarohati olganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rishi, tez tibbiy yordam
va favqulodda qutqaruv xizmatlarini chaqirishi, shoshilinch hollarda esa tan jarohati olganlarni
yaqin oradagi tibbiyot muassasasiga yo‘lakay transport vositasida jo‘natishi, buning imkoni
bo‘lmagan hollarda o‘z transport vositasida olib borishi, u erda o‘z ismi-familiyasi, transport
vositasining ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqam belgisi haqida axborot berishi (o‘z shaxsini
tasdiqlovchi hujjatni yoki haydovchilik guvohnomasini va transport vositasining ro‘yxatdan
o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjatni ko‘rsatishi) va hodisa ro‘y bergan joyga qaytib kelishi;
agar boshqa transport vositalarining harakatlanishiga to‘sqinlik qilsa, dastlab transport
vositalarining bir-biriga va yo‘l tuzilmalari obyektlariga nisbatan joylashgan holatini, hodisaga
aloqador buyumlar va izlarni, guvohlar ishtirokida, shuningdek, fotosurat yoki videoyozuv vositalari
bilan, turgan o‘rnini chizuvchi moslamalar yordamida belgilagan va transport vositasini zarur


hollarda aynan shu holatga qayta joylashtirish imkonini beradigan holda qayd etishni amalga
oshirishi, ularning yo‘qolmasligini va hodisa ro‘y bergan joyni aylanib o‘tishni tashkil qilishning
barcha choralarini ko‘rishi, so‘ngra qatnov qismini bo‘shatishi;
hodisa haqida IIOga xabar berishi, guvohlarning ism-familiyasini va yashash manzilini yozib
olib, IIO xodimlarining kelishini kutishi.
14. Haydovchilar transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta
qilish to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi
xabarnomani tuzish bilan bog‘liq hollarda, yo‘l transport hodisa haqida DYHHX yoki IIO xodimlariga
xabar bermasliklari mumkin.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə