Investitsiyalar



Yüklə 23,17 Kb.
səhifə1/3
tarix27.12.2023
ölçüsü23,17 Kb.
#163952
  1   2   3
I BOB (1)


I BOB. “INVESTITSIYALAR” FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI
1.1. Investitsiyalar fanining predmeti.
1.2. Investitsiyalar fanining maqsadi va vazifalari.
1.3. Investitsiyalar fanining asosiy tamoyillari va boshqa fanlar bilan aloqadorligi.
1.1. Investitsiyalar fanining predmeti.
Har qanday davlatda, davlatning investitsion faoliyati va investitsiya dasturlarini amalga oshirish o‘ziga xos ahamiyatga ega hisoblanadi. Iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etish masalalarini o‘rganish har doim iqtisodiy fanlar tizimining diqqat markazida bo‘lib kelgan. Xususan, investitsiyalar iqtisodiy faoliyatning asosini tashkil etuvchi yetakchi manbalardan biri bo‘lib hisoblanadi va umuman iqtisodiy o‘sish jarayonini belgilaydi. Bugungi kundagi globallashuv jarayonida investitsiyalar milliy iqtisodiyotda kuzatilayotgan va kuzatilishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy inqirozni yengish, innovatsion taraqqiyotni ta’minlash, mikro va makro darajada iqtisodiy faoliyatda sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilashning muhim vositasidir. Shunday qilib, iqtisodiy fanlar tizimining hozirgi zamon bosqichida investitsiyalar fanining predmeti bo‘lib, investitsiyalarni moliyalashtirish tizimida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi. Shuningdek, investitsiyalar fanini o‘rganishda asosiy e’tibor hududlarning investitsion jozibadorligini oshirish hamda investitsiyalarni jalb qilishning usul va vositalarini ishlab chiqish, investitsiyalarni moliyalashtirish manbalarini asoslash, investitsiyani boshqa moliyaviy kategoriyalar ichida tutgan o‘rni yoritib berish, investitsiyalarni moliyalashtirishning asosiy shakllari hisoblangan kreditlar va investitsiyalarni loyihalashni moliyalashtirishning boshqa shakllariga, mamlakatda investitsiya muhitini yaratishga va hokazolarga katta e’tibor berilishini talab etadi.
Investitsiyalar fanini o‘rgatishda investitsiya muhiti va unga ta’sir etuvchi omillar, davlat investitsiya dasturini shakllantirish, kapital qurilishni amalga oshirish va moliyalashtirish tartibi, investitsiya loyihalarini samaradorligini baholash, investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari, ular tarkibida budjet, bank va boshqa moliyaviy institutlar resurslarini jalb etilishini dinamik holatini tahlil etish va ular bo‘yicha talabalarga amaliy-nazariy savollar yuzasidan bilim egallashlariga imkoniyat yaratish alohida ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 23,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə