Investitsiyalar


Investitsiyalar fanining asosiy tamoyillari va boshqa fanlar bilan aloqadorligi



Yüklə 23,17 Kb.
səhifə3/3
tarix27.12.2023
ölçüsü23,17 Kb.
#163952
1   2   3
I BOB (1)

1.3. Investitsiyalar fanining asosiy tamoyillari va boshqa fanlar bilan aloqadorligi.
Investitsiyalar fanining o‘rganish ob’ekti bo‘lib investitsiya sohasidagi davlatning makroiqtisodiy siyosati va O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlariga o‘tish davrida investitsiya faoliyatini moliyaviy va pul-kredit orqali tartibga solish bo‘yicha to‘plangan tajribalar hisoblanadi.
O‘zbekiston va xorijiy olimlar va iqtisodchilarning nazariy va amaliy ishlanmalari, O‘zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatini tartibga solishga oid qonunlari va normativ hujjatlari ushbu fanni o‘rganish uchun uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Investitsiyalar umumkasbiy fan hisoblanadi. Mazkur fanni o‘zlashtirish uchun talabalar o‘quv rejasida rejalashtirilgan “Buxgalteriya hisobi va audit”, “Statistika”, “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi”, “Soliqlar va soliqqa tortish”, “Tarmoqlar iqtisodiyoti”, “Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot” fanlaridan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi talab etiladi. Investitsiyalar fanining ishlab chiqarishdagi o‘rni aynan investitsiyalarni amalga oshirish uchun maqbul loyihalarni tanlab olish, ularni moliyalashtirishning optimal variantlarini ishlab chiqish, loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq risklarni boshqarishda namoyon bo‘ladi. Shu bilan birgalikda iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida har qanday mulk shaklidadan qat’iy nazar xo‘jalik yurituvchi subektlarning investitsiya resurslariga bo‘lgan ehtiyojining ortib borishi mazkur fanning ishlab chiqarishda katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatib beradi.
O‘zinio‘zi tekshirish uchun savollar

  1. Investitsiyalar fanining predmeti nimalarda namoyon bo‘ladi?

  2. Investitsiyalar fanining maqsadi nimalardan iborat?

  3. Investitsiyalar fanining vazifalari nimalardan iborat?

  4. Investitsiyalar fani qaysi fanlar bilan o‘zaro uzviy aloqada o‘rganiladi?

  5. O‘zbekiston Respublikasida investitsiyalarni tartibga solishning normativ-huquqiy asoslari nimalardan iborat?

  6. Investitsiyalar fanining o‘rganish ob’ekti nima?

  7. O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlariga o‘tish davrida investitsiya faoliyati haqida?

Yüklə 23,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə