Ta`sir etuvchi omillar tadbirkorlikni



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə1/3
tarix22.07.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#119808
  1   2   3
4-lek 2

4-MAVZU. AGROBIZNES MUHITI VA UNGA TA`SIR ETUVChI
OMILLAR TADBIRKORLIKNI DAVLAT TOMONIDAN QO`LLAB-

QUVVATLASh

Reja:

  1. Tadbirkorlik muhiti.

  2. Tadbirkorlik muhitiga ta`sir etuvchi omillar.

  3. Tadbirkorlik faoliyatiga ta`sir etuvchi omillalarning o`ziga xos xususiyatlari.

  4. Tadbirkorlik faoliyati rivojiga ta`sir etuvchi tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy omillar.



Har qanday tadbirkorlik ma`lum bir hududda: mamlakat, viloyat, shahar yoki qishloq miqyosida olib boriladi. Tadbirkorlik faoliyatini samarali olib borish uchun ma`lum bir ishchi muhiti bo`lishi kerak.
Bunday muhit ayrim hududlar miqyosida mujassamlanib, o`zida ishbilarmonlik funkciyalarini amalga oshirishni mujassamlantirgan. Umumiy holda tadbirkorlik muhiti asosan quyidagi to`rtta omil: huquqiy, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy omillarning o`zaro boǵlikligi natijasida amalga oshiriladi. Ular ijobiy yoki raǵbatlantirish ko`rinishida ham shakllanishi mumkin. Ushbu holda mamlakat yoki mintaqadagi mavjud shart-sharoitlar tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun mos bo`ladi. Chunki, bunday muhit tadbirkorga amalga oshirayotgan ishlarining natijalari qanday bo`lishini oldindan ko`ra bilishiga keng imkoniyat tuǵdiradi. Tadbirkorning o`z ishi natijalarini oldindan ko`ra bilishi tavakkallik tushunchasiga teskari holda ifoda etiladi. Agar tadbirkor ma`lum bir muhitda tavakkalchilik asosida faoliyat ko`rsatayotgan bo`lsa, u holda u o`zgaruvchanlik, barqarorsizlik, tavakkalchilik bilan tavsiflanadi. Bunday muhit yuqorida keltirilgan ijobiy muhitga to`ǵri kelmaydi. Amalda ko`p hollarda tadbirkorlik muhitining ma`lum bir omili tadbirkorning ish natijalariga asosiy ta`sir ko`rsatadi, deb bo`lmaydi. Chunki, tadbirkorni ko`proq tadbirkorlik muhitini belgilovchi omillarning o`zaro boǵliqligi qiziqtiradi.
Yuqorida ta`kidlab o`tilgan omillardan huquqiy omillar asosiy omil bo`lib hisoblanadi, chunki tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun tadbirkorlik muhitida amalga oshirilishi mumkin bo`lgan o`yinlar qoidasini ko`rsatib beradi. O`yinlar qoidasi tushunchasi ruxsat etilgan va amalga oshirilayotgan ish (harakat)larni o`z ichiga oladi. Ruxsat etilgan ish (harakat)larga nisbatan o`yin qoidalari turli shaklda namoyon bo`ladi. O`yin qoidalari nima qilish mumkin-u nima qilish mumkin emas tamoyili asosida ishlab chiqilishi mumkin. Bu qoidalarda tadbirkorlik faoliyatini olib borish yo`lidagi barcha chegara yoki cheklovlar yaqqol ko`rsatilib berilishi kerak. Umuman olganda, huquqiy omil – tadbirkorlik faoliyatini yuritish yo`lidagi barcha qonunlar (soliq, er, mehnat munosabatlari) va yo`riqnomalar majmui bo`lib, tadbirkorlik faoliyatini tartibga soladi hamda tadbirkorning iqtisodiy jarayondagi boshqa sub`ektlar bilan munosabatini mujassamlantiradi.
Huquqiy bazaning to`liq yoki bir me`yorda yuritilmasligi tadbirkorlik faolligi darajasiga katta salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin. Hozirgi kunda O`zbekiston Respublikasida amaliyotda tadbiq qilinayotgan iqtisodiy islohotlarning asosini tashkil qilayotgan bir butun huquqiy baza mavjuddir.
Huquqiy omilning tavsifiga «huquqiy madaniyat» tushunchasi ham kiradi. Buning ostida millatning qonunlarga to`liq rioya qilishi, ya`ni insonlarning ongida qonunlar talabini bajarish kerak degan tushunchaning bo`lishi tushuniladi. Agar, kerak bo`lgan barcha
qonunlar qabul qilinsa-yu, lekin ular amalda ishlamasa yoki tadbiq qilinmasa, bunday jamiyatni qonunlarga bo`ysunuvchan deb bo`lmaydi va buni tadbirkor o`z faoliyatini yuritishda e`tiborga olishi shartdir.
Siyosiy omil tadbirkorlik jarayonida bo`layotgan barcha hodisalarga davlatning munosabatini va ularga davlatning ta`sirini belgilab beradi. Davlatning tadbirkor faoliyatiga qay darajada ta`sir ko`rsatishi yoki aralashishi kerakligi ham siyosiy omil tushunchasiga kiradi. Bunday aralashish oldindan belgilanmagan yoki belgilangan bo`lishi mumkin. Umuman olganda, tadbirkorlik faolligi darajasiga davlatning munosabati raǵbatlantirish yoki qo`shilishmaslik ko`rinishida namoyon bo`ladi.
Har bir mamlakatda tadbirkorlikning rivojlanishiga undagi siyosiy tizimning barqarorligi katta ta`sir ko`rsatadi. Agar siyosiy tizim barqaror bo`lmasa, tadbirkorlar katta investiciyalarni jalb qilmasdan yuqori darajadagi foyda olish maqsadida kichik muddatga mo`ljallangan turli xildagi operaciyalarni amalga oshirishga harakat qilishadi. Siyosiy ahvolning barqarorligi tadbirkorga o`z faoliyatini strategik jihatdan loyihalashtirish, ya`ni uzoq muddatga mo`ljallangan ishlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Ijtimoiy omil boshqalarga nisbatan o`zining tarkibi jihatidan anchagina murakkab hisoblanadi. Shuning uchun ham uning tarkibi ko`pgina elementlardan tarkib topadi. Agar tadbirkor ularni e`tiborga olmasa, kelgusida salbiy natijalarga olib kelishi mumkin. Quyidagilar bu omilning asosiy elementlari hisoblanadi:
-jamiyatda mafkuraning holati;
-milliy urf-odatlar;
-millatning madaniy va maishiy odatlari;
-atrofdagi kishilarning tadbirkor va tadbirkorlik faoliyatiga bo`lgan munosabati;
-davlatning tadbirkor va tadbirkorlik faoliyatiga bo`lgan munosabati.
Iqtisodiy omil bozordagi raqobatni va narx-navo holatini o`zida aks ettiradi. Narx-navo tizimi, o`z navbatida, narxlarning darajasi, ishlab chiqarish jarayoniga tadbir- kor tomonidan jalb qilinayotgan ishlab chiqarish omillari, ishchi kuchi, kredit stavkasi miqdori hamda soliq va majburiy to`lovlarni o`z ichiga oladi. Bunda bozordagi raqobat shart-sharoitlari sifat va miqdoriy jihatdan tahlil qilib chiqiladi.
Tadbirkorlikni davlat tomonidan ma`lum bir shart-sharoitlar yaratilgandagina amalga oshirish mumkindir. Uning tarkib topishi avvalambor jamiyatdagi ma`lum bir vaziyatning vujudga kelishi bilan boǵliq bo`lib, undagi siyosiy va iqtisodiy vaziyat tadbirkorlik faoliyatini tarkib toptirishga yo`naltirilgan bo`ladi. Shuning uchun ham O`zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash bo`yicha Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov tashabbusi bilan kerakli qonunlar, qarorlar, farmonlar va shu kabi huquqiy-me`yoriy hujjatlar qabul qilingan bo`lib, ular hayotga tadbiq kelinmoqda. Shu bilan birga tadbirkorlik faoliyatini raǵbatlantirish maqsadida ikkita fond: tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik biznesni rivojlantirishga ko`maklashish fondlari tashkil etilgan.
Tadbirkorlik faoliyatining kelajagi tadbirkorlik muhiti bilan belgilanadi, u esa jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni aks ettiradi. Ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga iqtisodiy mustaqillik, tadbirkorlar sinfi, iqtisodiy aloqalarda bozorning ustuvorligi, tadbirkorlik kapitalini mujassamlantirish sharoitining mavjudligi va kerak bo`lgan resurslarni ishlatish kiradi.
Tadbirkorlikning ijtimoiy mustaqallik darajasi bozorda vujudga kelayotgan mustaqil korxona va tashkilotlar soni bilan tavsiflanadi.
Tadbirkorlik muhitini shakllantirish boshqariladigan jarayondir. Lekin boshqarish usullari ma`muriy yoki direktiv ko`rinishida bo`lishi mumkin emas. Ularning asosiy tadbirkorlik faoliyati sub`ektlariga ta`sir qiladigan choralardan emas, balki shunday sub`ektlarning tarkib topishi yo`lida qulay shart-sharoitlarni yaratishdan
iborat bo`lishi kerak.
Tadbirkorlik muhitini tarkib toptirish ko`p jihatli jarayon bo`lib, u o`z ichiga quyidagi tarkiblarni qamrab oladi:

  • ijtimoiy, iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy falsafaning hamda ular bilan boǵliq bo`lgan jamiyat a`zolari psixologiyasining o`zgarishi;

  • tadbirkorlikni raǵbatlantiruvchi milliy dastur qabul qilinishi.

Tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy maqsadi mamlakat iqtisodiy o`sishining qo`shimcha manbai sifatida ijtimoiy muammolarni bartaraf etishda katta rol o`ynaydi, bandlik muammolarini hal etish, milliy boylikni o`stirish va millatning farovonligi uchun xizmat qiladi. (6.1-rasm.)
Hozirgi sharoitlarda tadbirkorlik muhitini tarkib toptirish nafaqat milliy, balki xalqaro muammolardan hisoblanadi. Mavjud bo`lgan mamlakatlararo guruhlarda, masalan, Evropa Ittifoqi miqyosida yagona tadbirkorlik muhiti vujudga kelmoqda. Bu degani tadbirkorlik faoliyatini yuritish Evropa jamiyatiga kiruvchi barcha mamlakatlarda bir-biriga o`xshab ketmoqda.

Zamonaviy ijtimoiy- iqtisodiy falsafaning shakllanishi





Tadbirkorlik muhitini shakllantirish






Iqtisodiy faollikning alohida shakli sifatida tadbirkorlikni shakllantirish
























Ijtimoiy muhitni tarkib toptirish






Tadbirkorlik infratuzilmasini shakllantirish




Milliy boylik va milliy faravonlikning o`sishi






6.1-rasm. Tadbirkorlik muhitining shakllanishi

Iqtisodiy faollik va mustaqillikning muhim shakli bo`lmish tadbirkorlik respublikamizda bandlikning aniq shaklini va yangi ish joylarini barpo etish yo`lida eng rivojlangan davlatlar tomonidan qo`llab-quvvatlanib kelinmoqda. Tadbirkorlikning davlat tomonidan qo`llab-quvvatlanishi bir necha yillar mobaynida maslahatlar berish, moliyaviy yordam ko`rsatish yoki soliqlar to`lashda tadbirkorlar uchun ma`lum bir imtiyozlar berilishida aks etmoqda.


Tadbirkorlik muhiti mamlakatning rivojlanishi asosini tashkil qiladi va ishbilarmon kishilarning faoliyat mazmunini belgilab beradi. Turli mamlakatlarda tadbirkorlik muhiti turlichadir. Rivojlangan mamlakatlarda bunday muhit o`zining qulayligi hamda iqtisodiy jarayonlarning yuqori darajada unumli tashkil qilinishi bilan ajralib turadi.
Iqtisodiy jarayonlar qanchalik unumli bo`lsa, jamiyat moddiy va ma`naviy jihatdan shunchalik yuqori darajada bo`ladi. Iqtisodiy jarayonlarning samarasi amalda faoliyat ko`rsatayotgan tadbirkorlarning soni va sifati hamda shu faoliyat bilan shuǵullanmoqchi bo`lgan kishilar soni bilan belgilanadi. Bu, o`z navbatida, tadbirkorlik ishiga yangi tadbirkorlarni jalb qilish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va tadbirkorlik muhiti darajalariga boǵliqdir. Oxirgisi tadbirkorlik faoliyatiga davlatning aralashishi darajasiga boǵliq. Davlat shunday shart-sharoitlar yaratib berishi kerakki, unda tadbirkorlarning va tadbirkor bo`lmoqchi bo`lganlarning qiziqishi, xohishi va intilishlari maksimal darajada o`z ifodasini topsin. Jahon tajribasi ham iqtisodiy
jihatdan rivojlanishga erishgan mamlakatlarda tadbirkorlik uchun barcha qulayliklar yaratib berilganligini ko`rsatmoqda.
Biznesni samarali yuritish unga tashqi muhitdan aralashishni yoqtirmaydi. Biznesni yuritishda tashqaridan ozgina aralashuv bo`lsa, uning emirilishiga olib kelmasa ham tadbirkorlik tarkiblarining faoliyat ko`rsatishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Shuning uchun ham davlat iqtisodiyot uchun kerakli bo`lgan barcha shart-sharoitlarni yaratishi va tadbirkorlar uchun ko`proq erkinlik berishi kerak. Shunga asoslangan holda ish olib borayotgan O`zbekiston jahon iqtisodiyotida o`zining munosib o`rnini topmoqda.
Yuqoridagilarni hisobga olib, tadbirkorlik muhitini yaratish bilan boǵliq bo`lgan omillar guruhlarga ajratilgan va shu asosda uning shakllanish va rivojlanish mexanizmining tashkiliy-iqtisodiy modeli yaratilgan.
Tadbirkorlik muhitiga ta`sir etuvchi omillarni quyidagi guruhlarga bo`lish mumkin:

  • aniq bir mahsulotga iste`molchilarning to`lov qobiliyati. Bunda bozordagi mavjud hakiqiy talab bilan kutilayotgan talab farqlanadi.

Agar, mahsulot (tovar) o`zining xususiyatlari bilan avvalgilaridan ajralib tursa, unga bo`lgan talab marketing usullari bilan aniqlanadi:

  • tavakkalchilik va bozordagi xatarlarni o`z zimmasiga olib, mulk javobgarligi asosida ish yurita oladigan tadbirkorlar. Ular o`z mulki, bilim va sarmoyasini samarali ishlata oluvchi yuqori malakali va ma`lum bozor vaziyatlariga moslasha olish qobiliyatiga ega bo`lishlari kerak;

  • sarmoyaga ega bo`lgan investorlar. Bunga jismoniy shaxslar yoki erkin sarmoyaga ega korxonalar, tashkilotlar hamda tadbirkorlarning o`zlari ham kiradi. Ular bir qancha toifani tashkil qiladi: banklar, jamǵarmalar, suǵurta kompaniyalari, davlat tashkilotlari, chet el investorlari va boshqalar;

  • tadbirkorlik faoliyatini bir me`yorda olib borish imkonini beruvchi infratuzilmalar. Ular qatoriga moliya-kredit, audit, marketing, konsalting, axborot, suǵurta va shu kabi xizmatlar ko`rsatuvchi tashkilotlar kiradi;

  • qaror qabul qilish tizimi. Bu tizim tarkibiga avvalo, biznesning ishonchliligi va samarali bo`lishini baholash imkonini beruvchi mezonlar, usullar to`plami kiradi. Tadbirkor bu tizim orqali o`z ishi natijasini tekshirish imkoniga ega bulishi kerak.

Shu omillarning tizimli va o`zaro harakat qonuniyatlari tadbirkorlikni faollashtiradi va u xo`jalik mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Natijada, ayrim hudud va tarmoqlarda yangi korxonalar, ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatish va boshqa tadbirkorlik ob`ektlari vujudga keladi. Bunday faoliyatlar tadbirkorning bilimi, sarmoyalar, bozor talabi, davlat va boshqa tashkilotlarning o`zaro manfaatli harakati tufayli faollasha boradi va bozorga moslashadi.
Ishbilarmonlik muhitini tahlil qilish jarayonida tadbirkor har bir millatning an`analari, urf-odatlari, qanday oziq-ovqatlarni iste`mol qilishi va qanday buyumlarni kiyishini inobatga olishi maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari xalqning to`lov qobiliyatini bilish ham katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu omil iste`mol tovarlari ishlab chiqarishni tashkil qilishda katta rol o`ynaydi. Tadbirkor shu omilni har tomonlama tahlil qilishda o`z mamlakatidagi bozor vaziyatini hamda ushbu mahsulotni kelajakda eksport qilish mumkin bo`lgan qo`shni mamlakatlar bozorini ham ko`rib chiqishi kerak.
Har bir tadbirkor o`zini o`rab turgan muhitga qo`shilib ketishi uchun ishni uning tahlilidan boshlashi lozim. Tadbirkorlik muhitini tahlil qilishda tadbirkor ma`lum bir chegarada kasbiy faoliyat ko`rsatish uchun qanday iqtisodiy manfaatini amalga oshirishi mumkinligini belgilab olishi kerak. Iqtisodiy manfaatni amalga oshirish, avvalambor tadbirkorning o`z ishini tashkil qilganlik darajasiga boǵliq bo`ladi. O`z ishini tashkil qilganlik esa tadbirkorning ma`lum bir ishbilarmonlik muhitiga mustaqil kirishi bilan belgilanadi.
Tadbirkor ma`lum bir tadbirkorlik muhitiga kirishar ekan, diqqat-e`tiborini
faqat o`z ǵoyalarini amalga oshirishga emas, balki qanday qilib investorlarning mablaǵlarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilishga ham qaratishi kerak.
Tadbirkorning o`z ishini tashkil qilishidagi asosiy vazifa, avvalo, o`z ǵoyalarini ma`lum bir muhitga tadbiq qilish uchun kerakli bo`lgan birlamchi kapitalni barpo qilishdan iboratdir.
Tadbirkorlik ǵoyasini amalga oshirish uchun ishlab chiqarish jarayonining mavjudligi talab qilinadi.
Tadbirkor ishbilarmonlik ǵoyalariga va maqsadlariga to`ǵri keladigan va jalb qilingan kapitalning hajmidan kelib chiqqan holda yangi ishlab chiqarish tarkibini shakllantiradi. Agar tadbirkor o`z ǵoyasining tashabbuskori va investori sifatida ishtirok etayotgan bo`lsa, faoliyatining tashkiliy-huquqiy shaklini, korxona uchun qo`shayotgan o`z hissasini oldindan belgilab olishi kerak. Shunday qilib, tadbirkorning o`z ishini tashkil qilish tamoyili jamiyat uchun yangi ishlab chiqarish tarkibini shakllantirish va unda o`zining qay darajada ishtirok etishini belgilab olishdan iboratdir.
O`z ishini to`ǵri tashkil qilish tadbirkorlikning asosiy omil-laridan hisoblanadi. Shuning uchun ham tadbirkor bu fenomenni barpo kiluvchi barcha qismlarni har tomonlama e`tiborga olishi kerak. Tadbirkor faoliyatining bu jihatlarini o`rganishda uning faoliyati ketma-ketligini kuzatish alohida ahamiyat kasb etadi. Bunda tadbirkorning asosiy harakatlari ketma-ketligi quyidagicha bo`lishi mumkin:

  • birinchidan, biznes ǵoyasini ishlab chiqish;

  • ikkinchidan, ishbilarmonlik muhitini chuqur o`rganib chiqish;

  • uchinchidan, tadbirkorning iqtisodiy manfaati bilan biznes ǵoyasining o`zaro to`ǵri kelishi, tadbirkorlik ǵoyasi bilan tadbirkorlik muhitining o`zaro muvofiqligi;

  • to`rtinchidan, ǵoyani amalga oshirish uchun kerakli bo`lgan kapital hajmini belgilab olish;

  • beshinchidan, biznes ǵoyani amalga oshirish uchun kerak bo`lgan korxona yoki tashkilotni tarkib toptirish.

Har bir tadbirkorlik faoliyatining asosini ma`lum bir ǵoya tashkil qiladi. Bu ǵoyalar oddiyligi bilan ajralib turadi: kimdir tovarni yangicha jildlash ǵoyasini beradi, bozorda mavjud bo`lgan tovarga yangiliklar kiritadi va shu asosida unga bo`lgan talab darajasini oshirishga harakat qiladi va hokazo.
Ishbilarmonlik ǵoyasi ko`pincha o`z professional faoliyatida mustaqillikka erishish va qo`shimcha fonda olish ishtiyoqida bo`lgan kishilarda paydo bo`ladi. Buning uchun kishi iqtisodiy jarayonlarni har tomonlama tahlil qilib, undagi mavjud bo`lgan etishmovchiliklarni aniqlab, unga o`z faoliyatini yo`naltirishi lozim.
Agar tadbirkorda o`z biznesini tashkil qilish yuzasidan biron bir ǵoya mavjud bo`lsa, u holda u ishbilarmonlik muhitini o`z ǵoyasi va iqtisodiy manfaati bilan mutanosiblik darajasini tahlil qilishi kerak.
Avvalo, tadbirkor ma`lum bir muhitda aniq ǵoyani amalga oshirish shaklini belgilab olishi kerak. Bunday shakllarning turi juda xilma-xildir. Tadbirkorlik vazifalari yakka holda va guruh bo`lib amalga oshirilishi mumkin. Qanday shakllarni tanlash ǵoyaga hamda tadbirkorlik muhitiga boǵliqdir.
Tadbirkorlik muhiti va ǵoyasini har tomonlama tahlil qilish shu ǵoyani amalga oshirish uchun kerak bo`lgan kapital miqdorini belgilab olishga yordam beradi. Bunda tadbirkor bankdaan yoki biznes-fonddan kredit olishi uchun biznes-reja yoki texnik- iqtisodiy asosni (TIA) ishlab chiqishiga to`ǵri keladi.
Biznes-rejada tadbirkor ishbilarmonlik ǵoyasiga tayangan holda tovarlar yoki xizmatlar ishlab chiqarish uchun kerak bo`lgan shart-sharoitlarni amalga oshirishning barcha xarajatlari qancha qiymatni tashkil etishini aks ettiradi. Ushbu holda gap kerak bo`lgan birlamchi kapital hajmini belgilash, tadbirkorlik ǵoyasini amalga oshirish uchun jalb qilinishi lozim bo`lgan moliyaviy resurslarni aniqlash haqida ketmoqda.
Tadbirkorlik ǵoyasini ma`lum bir muhitda amalga oshirish mumkinligi aniqlanib, ishni tashkil etish bo`yicha kerak bo`lgan moliyaviy mablaǵlarni olish manbai tanlangandan keyin tadbirkor o`z faoliyatini uch yo`nalishga qaratmoǵi lozim.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə