Ta`sir etuvchi omillar tadbirkorlikni



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə2/3
tarix22.07.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#119808
1   2   3
4-lek 2

Birinchi yo`nalish – ishlab chiqarish jarayonlari va tadbirkorlik tarkiblarini boshqarish. Tadbirkorlik faoliyatining ushbu yo`nalishi menejment tamoyillarining turi sifatida mustaqil rivojlanadi. Tadbirkor menejmentning asosiy tamoyillarini yaxshi o`zlashtirgan bo`lishi va zamonaviy menejer bo`lmoǵi lozim.
Ishlab chiqarishni boshqarish hech qachon tadbirkorning boshqa yo`nalishlaridan ajratilgan holda olib borilishi mumkin emas: u ishlab chiqarishni faqat iste`molchilar uchun tashkil qiladi. Shuning uchun ham tadbirkor faoliyatining ikkinchi yo`nalishi bozorni har tomonlama o`rganishdir. Bozorda bo`layotgan jarayonlarni tahlil qilmasdan turib tadbirkorlik faoliyatini samarali olib borish mumkin emas.
Sheriklar bilan bo`ladigan aloqalarni yaxshi yo`lga qo`yish tadbirkorlik faoliyatining uchinchi yo`nalishidir. Bunda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish yo`lida sheriklik munosabatlarini yangi bosqichga ko`tarish va eski munosabatlardan voz kechish maqsadga muvofiqdir.
Yuqorida zikr etilgan ilmiy asoslar, tamoyillar O`zbekistonda tadbirkorlik, uning kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bilan boǵliq bo`lgan jarayonlarni tizimli tahlil qilish, bashoratlash hamda qaror qabul qilishga asos bo`ladi.




TADBIRKORLIKNI DAVLAT TOMONIDAN QO`LLAB-

QUVVATLASh

Yurtimizda xususiy tadbirkorlik faoliyatini himoya qilishning huquqiy mexanizmlari va kafolatlarini yanada mustahkamlash, ularni davlat tomonidan qo`llab- quvvatlashning yangi vositalarini yaratishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Xususan, tadbirkorlik sub`ektlarining kredit resurslaridan foydalanishini kengaytirish, shu asosda yangi ish o`rinlarini tashkil etishni raǵbatlantirish va respublika bank-moliya tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida 2017 yil 17 avgustda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo`llab- quvvatlash davlat jamǵarmasini tashkil etish to`ǵrisida»gi qarori qabul qilindi.


Ma`lumki, 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq mamlakatimizda xususiy mulk manfaatlarini ishonchli himoya qilish, tadbirkorlik faoliyati uchun yanada
qulay imkoniyatlar yaratish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish borasida aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Yuqoridagi qarorga asosan tashkil etilgan Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo`llab-quvvatlash davlat jamǵarmasi (keyingi o`rinda jamǵarma) kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlariga har tomonlama ko`mak berish maqsadida qator vazifalarni amalga oshirib kelmoqda.
Ushbu jamǵarma tashkil etilgunga qadar tegishli davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan joylarda tadbirkorlarning muammolari o`rganildi. Joylardagi uchrashuvlar davomida ularning takliflari olindi, to`siqlarni bartaraf etish usullari ustida bosh qotirildi. Natijada xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishning yangi mexanizmlari ishlab chiqildi.
Xususan, tadbirkorlar tomonidan banklardan kredit olish paytida garov ta`minoti etishmasligi, tijorat banklaridagi kreditlar foizi yuqoriligi muammo sifatida ta`kidlandi.
Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida maxsus jamǵarma tashkil etish zarurati tuǵildi. Bugungi kunda ushbu tizim faoliyati amaliyotga joriy etilib, tadbirkorlarga kafillik va kompensaciyalar taqdim etib kelinmoqda.
Albatta, yurtimizda tadbirkorlik rivojlansa, bundan avvalo davlat va jamiyat foyda ko`radi. Chunki har bir tadbirkor faoliyatining negizida yangi ish o`rinlari yaratish, ishlab chiqarishni rivojlantirish, ko`proq foyda olish masalalari yotadi. Bu esa jamiyatda ishsizlik muammosini bartaraf etish, sifatli mahsulot turlarini ko`paytirishga xizmat qiladi hamda soliq tushumlari oshishini ta`minlaydi.
Jamǵarma tijorat banklari tomonidan berilayotgan kredit summasining 50 foizigacha (lekin 2,0 mlrd. so`mdan ko`p bo`lmagan miqdorda) kafilliklar ajratmoqda.
Shuningdek, jamǵarma tomonidan tijorat banklari kreditlari bo`yicha foizli xarajatlarni qoplash uchun kompensaciya berish shaklida moliyaviy yordam ko`rsatilishi ko`zda tutilgan.
Kompensaciyalar quyidagi yo`nalishdagi loyihalar bo`yicha taqdim etiladi:

  • qishloq xo`jaligi sohasida, birinchi navbatda, energiya tejamkorligi yuqori bo`lgan zamonaviy issiqxonalar qurish, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, quyonchilik, asalarichilik, uzumchilik va boǵdorchilikni, jumladan, intensiv boǵlarni rivojlantirish;

  • qishloq xo`jaligi mahsulotlarini, jumladan, intensiv boǵlarda etishtirilgan mahsulotlarni qayta ishlash sohasida – ushbu mahsulotlarni saqlash bo`yicha infratuzilma va ularni tashish bilan boǵliq logistika markazlarini tashkil etish;

  • pilla etishtirish, uni qayta ishlash, tutzorlar tashkil qilish;

  • ko`p qavatli uylar atrofidagi umumiy foydalanishga mo`ljallangan joylarni xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruv kompaniyalari tomonidan obodonlashtirish va ta`mirlash;

  • jamǵarmaning boshqarish bo`yicha Kengashi belgilaydigan tadbirkorlik faoliyatining boshqa yo`nalishlari uchun.

Kompensaciya – bu davlat tomonidan tadbirkorlarni qo`llab-quvvatlash uchun beǵaraz yordam. Nafaqat Markaziy Osiyo davlatlarida, hatto Mustaqil davlatlar hamdo`stligida ham davlat tomonidan ko`rsatiladigan bunday ko`rinishdagi moliyaviy yordam mavjud emas.
Kompensaciya mablaǵlarining asosiy manbai davlat byudjeti mablaǵlari ekanligini inobatga olsak, bu tadbirkorlik faoliyati bilan shuǵullanuvchilar davlat tomonidan har tomonlama qo`llab-quvvatlanayotganligiga yaqqol misoldir.
Jamǵarmaning ishonchli resurs bazasini ta`minlash, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy qo`llab-quvvatlashning yagona mexanizmini yaratish maqsadida davlat tomonidan 50 million AQSh dollari va qariyb 250 milliard so`m miqdoridagi mablaǵlar ajratildi. Shuningdek, qarorda har yili jamǵarmaga davlat byudjeti hisobidan hamda
O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki yillik sof daromadining bir qismi o`tkazib borilishi belgilangan.
Bundan tashqari, xalqaro moliya muassasalari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlarning jalb etiladigan grantlari Jamǵarma resurslarining qo`shimcha manbalari sifatida belgilangan.
Qabul qilingan ushbu qaror respublika bank-moliya tizimini yanada takomillashtirish, tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatini moliyaviy himoya qilish va kafolatlarini ta`minlash, ularni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlashning yangi mexanizmlarini joriy qilish, biznes sub`ektlarining kredit resurslaridan foydalanishi imkoniyatlarini kengaytirish va shu asosda yangi ish o`rinlarini tashkil etish hamda aholi hayot darajasini oshirishga xizmat qiladi.
Ayni paytda jamǵarma tomonidan tijorat banklarining kreditlari bo`yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun quyidagi ekvivalentda kompensaciya berish amaliyoti joriy etilgan:

  • milliy valyutada, qiymati 8 milliard so`mdan ko`p bo`lmagan, qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foiz stavkasida – 5 foizli punkt miqdorida;

  • milliy valyutada, qiymati 8 milliard so`mdan ko`p bo`lmagan miqdorda, qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foiz stavkasida, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik sub`ektlari va keng aholi qatlamiga mikrokreditlar ajratish tizimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to`ǵrisida»gi 2017 yil 17 mart PQ-2844-son qaroriga 2-ilovada ko`rsatilgan tumanlarda, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi PF-5386-son Farmoni bilan tasdiqlangan «Obod qishloq» dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalar uchun – 8 foizli punkt miqdorida;

  • milliy valyutada, qiymati 8 milliard so`mdan ko`p bo`lmagan miqdorda – yosh tadbirkorlar tashabbusi bilan ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirish uchun O`zbekiston Yoshlar ittifoqining tavsiyasi bilan jamǵarib boriladigan pensiya tizimi mablaǵlari hisobidan ajratiladigan imtiyozli kreditlar bo`yicha – banklar xarajatlarini qoplash uchun 3 foizli punkt miqdorida;

  • xorijiy valyutada, qiymati ekvivalentda 8 milliard so`mdan ko`p bo`lmagan miqdorda – tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 40 foizi, ammo 3 foizdan ortiq bo`lmagan miqdorda;

  • xorijiy valyutada – 2017 yil 5 sentyabrgacha issiqxonalar qurish, intensiv boǵlar yaratish va sovutkichlar qurish uchun xalqaro moliya muassasalari kredit liniyalari hisobiga ajratilgan valyuta kreditlari bo`yicha – belgilangan foiz stavkasining 50 foizi miqdorida.

Xorij tajribasi
Tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash borasida xorijning etakchi davlatlari tajribasini o`rganish hamda amaliyotda joriy etish o`zining ijobiy samarasini beradi.
Bu borada o`rganish natijalari shuni ko`rsatmoqdaki, jahonning ko`plab davlatlarida kichik biznes sub`ektlari uchun kredit olishda garov ta`minotining etishmasligi yoki mavjud emasligi asosiy to`siqlardan biridir.
Jahonning aksariyat davlatlarida aholining tadbirkorlik faolligini oshirish hamda kichik biznes rivojlanishini jadallashtirish maqsadida ularni qo`llab- quvvatlovchi kafolatlangan mexanizmlar amaliyotga joriy etilgan. Ularning asosiy vazifasi kichik biznes sub`ektlari tomonidan olinadigan kreditlar bo`yicha zaruriy ta`minotni taqdim etish hisoblanadi.
Mazkur tizim dunyoning 100dan ortiq davlatlarida, shu jumladan, Koreya Respublikasida, Yaponiya, Xitoy, AQSh va Evropa Ittifoqi davlatlarida tashkil etilgan bo`lib, muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Kredit ta`minotiga kafilliklarni taqdim etishdan tashqari, ushbu kafolat jamǵarmalari konsul`tativ yordam, biznes boshqaruvida
amaliy ko`mak berish va moliyalashtirish bilan boǵliq muammolar echimini topish kabi xizmatlarni ko`rsatadi.
Ayrim davlatlarda kafolat jamǵarmalari tomonidan beriladigan kafilliklar summasi bir necha million dollarni tashkil qiladi, ba`zilarida esa kafillik summasi olinadigan kredit summasining 50-90 foizi doirasida bo`ladi.
Kafolat jamǵarmalari tomonidan kafilliklar to`lovlilik asosida berilib, to`lovchi sifatida qoida tariqasida kichik biznes sub`ektlari ishtirok etadi. Kafillikdan foydalanish uchun to`lov summasi qat`iy miqdorda yoki beriladigan kafillik summasiga nisbatan foizli to`lov sifatida belgilanadi.
Masalan, AQShda ushbu to`lov miqdori olinayotgan kafillik summasining 2,0-3,5 foizi, Koreya Respublikasida 0,5-2,0 foizi, Xitoyda esa 0,8-1,2 foizini tashkil etadi. To`lov summasi kafillik summasi va kafillik beriladigan muddatga boǵliq bo`ladi.
Kafolat jamǵarmalari tomonidan bir qarzdorga beriladigan kafillikning maksimal miqdori Buyuk Britaniyada 175 ming AQSh dollari, Koreya Respublikasida esa 10 mln. AQSh dollarini tashkil etadi.
Aksariyat davlatlarda mazkur kafolat jamǵarmalari ta`sischisi sifatida davlat, mahalliy boshqaruv organlari, savdo-sanoat palatasi va banklar ishtirok etadi.
Yurtimizda Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo`llab-quvvatlash davlat jamǵarmasi tashkil etilgandan so`ng tadbirkorlik sub`ektlariga banklar orqali resurs mablaǵlari, kafillik hamda kompensaciyalar ajratilishining huquqiy mexanizmi yaratildi. Joriy yilning 9 oyi davomida mazkur jamǵarma tomonidan 1500ga yaqin tadbirkorga moliyaviy yordam ko`rsatildi. Jumladan, 492 tadbirkorga kafillik, 915 tadbirkorga kompensaciya hamda 49 tadbirkorga resurs mablaǵlari ajratildi (1-jadvalga qarang).

Jamǵarma tomonidan 111ta chorvachilik, 76ta issiqxona, 30ta baliqchilik, 28ta parrandachilik va boshqa ko`plab loyihalar moliyaviy qo`llab-quvvatlandi. Natijada ushbu tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan 10 475 yangi ish o`rinlari yaratilishi kutilmoqda (2- jadvalga qarang).


Albatta, yuqoridagi loyihalarni moliyalashtirishda yurtimizdagi tijorat banklarining roli katta. Misol uchun, o`tgan davrda akciyadorlik tijorat Xalq banki tomonidan 410 tadbirkorning turli loyihalariga qariyb 96 milliard so`mlik kafillik, kompensaciya hamda resurs mablaǵlari jalb qilindi (1- va 2-diagrammalarga qarang).


Xalq banki tomonidan Xorazm viloyatining Yangibozor tumanidagi «Rustamboy Shohruxxon» fermer xo`jaligiga Jamǵarmaning 500,0 mln. so`m resurs mablaǵlari hamda garovi etarli bo`lmaganligi sababli 200,0 mln. so`mlik kafillik taqdim etilganligi evaziga Belorussiya davlatidan 24 bosh naslli qoramol, Qo`shko`pir tumanidagi «Behruz Feruz» fermer xo`jaligiga Jamǵarmaning 3,5 mlrd. so`mlik resurs mablaǵlari hamda garovi etarli bo`lmaganligi sababli 1 750,0 mln. so`mlik kafillik taqdim etilganligi evaziga Germaniya davlatidan 165 bosh naslli qoramol olib kelindi. Natijada ushbu fermer xo`jaliklarida ishlab chiqarish hajmi ortib, ko`plab yangi ish o`rinlari yaratildi. Bunday misollarni ko`plab keltirish mumkin.


Xulosa o`rnida aytish lozimki, bugungi kunda Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo`llab-quvvatlash davlat jamǵarmasi hamda tijorat banklari hamkorligida yurtimizdagi ko`plab fermer va tadbirkorlarning loyihalari amaliyotga joriy qilinmoqda.





Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə