Qarori yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/40
tarix11.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#145173
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
172-сон 12.04.2022. Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 12-aprel,
172-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-
apreldagi 172-son 
qaroriga
  
1-ILOVA
Yo‘l harakati qoidalari
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Yo‘l harakati qoidalari (keyingi o‘rinlarda — Qoidalar) O‘zbekiston Respublikasi
hududida yo‘l harakatining yagona tartibini belgilaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasi yo‘llarida transport vositalarining o‘ng tomonlama harakatlanish
tartibi belgilangan.
3. Yo‘l harakati qatnashchilari “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonunini
, ushbu Qoidalarni va unda keltirilgan svetofor ishoralari, yo‘l belgilari (ushbu qoidalarga 
1-
ilova
), yo‘l chiziqlarining (ushbu qoidalarga 
2-ilova
) talablarini bilishlari, ularga amal qilishlari,
shuningdek, ularga berilgan vakolat doirasida yo‘llarda harakatni tartibga soluvchilarning
ko‘rsatmalarini so‘zsiz bajarishlari shart.
4. Yo‘l harakati qatnashchilari yo‘ldagi boshqa harakat qatnashchilarining harakatlanishiga
to‘sqinlik qilmasligi va xavf tug‘dirmasliklari kerak.
Tegishli vakolatga ega bo‘lmagan yuridik va jismoniy shaxslarga yo‘l qoplamasini buzish,
o‘zgartirish yoki zarar yetkazish, ifloslantirish, yo‘l belgilarini, svetoforlarni va harakatlanishni tashkil
etishning boshqa texnik vositalarini o‘zboshimchalik bilan olib tashlash, o‘rnatish, to‘sib qo‘yish,
shikastlantirish, yo‘llarda harakatlanishga to‘sqinlik qiluvchi narsalarni qoldirish, “sun’iy notekislik”
qurilmalarini o‘rnatish taqiqlanadi.
Harakatlanishga to‘sqinlik yuzaga keltiradigan shaxs uni tezda bartaraf qilish uchun
imkoniyati darajasida barcha choralarni ko‘rishi, agar buning iloji bo‘lmasa, mavjud barcha vositalar
bilan xavf-xatar haqida harakat qatnashchilarini ogohlantirishi va ichki ishlar organlariga (keyingi
o‘rinlarda IIO) xabar berishi shart.
5. Mazkur Qoidalarni buzgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga
muvofiq javob beradilar.
6. Qoidalarda quyidagi asosiy tushuncha va atamalardan foydalaniladi:
avtomagistral — 5.1. yo‘l belgisi bilan belgilangan, har bir yo‘nalishning qatnov qismlari
ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan (u bo‘lmaganda yo‘l to‘siqlari bilan) hamda boshqa yo‘llar,
tramvay va temir yo‘llari, piyoda va velosiped yo‘lkalari bilan bir sathda kesishmaydigan yo‘l.
avtopoyezd — ulagich moslamalari bilan ulangan egarli shatakka oluvchi va yarim tirkama
yoki yuk avtomobili va tirkama (tirkamalar)dan iborat transport vositasi tarkibi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə