Xavfsizlik texnikasi qoidalari Laboratoriya va amaliy mashg`ulotlarni o`qituvchingiz nazorati ostida amalga oshirish



Yüklə 17,37 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü17,37 Kb.
#151316
texnika xavfsizlik qoidalari


Xavfsizlik texnikasi qoidalari

1.Laboratoriya va amaliy mashg`ulotlarni o`qituvchingiz nazorati ostida amalga oshirish.
2.Mashg`ulotlarni bajarish tartibini diqqat bilan o`qib chiqish.
3.Kerakli jihozlarni topib, stol ustiga tartib bilan qo`yish, ortiqcha narsalarni olib tashlash.
4.Asboblarning sozligini, idishlarni butunligini tekshirish. Darz ketgan, cheti uchgan
probirka va kolbalardan foydalanmaslik.
5.Qizdirganda yoki qaynatganda probirka va kolbalar maxsus tutqich yordamida ushlanishini
yodingizda tutish. Probirka yoki kolbalarni xech kim yo`q tomonga qaratib ochish.
6.Tajriba tugagach barcha idishlarni tozalab, o`qituvchiga topshirish.
7.Tajriba tugagandan so`ng qo`lingizni sovunlab yuvishni unutmaslik.


Kimyo xonasida quyidagi asosiy qoidalarga rioya qilish
1.Ish bajarish tartibini puxta o`zlashtirmasdan va tajriba o`tkazish uchun asboblarning tog`ri yig`ilganiga ishonch hosil qilmasdan tajribani boshlamaslik kerak.
2.Moddalarni bevosita hidlash, ushlash, tatib ko`rish mutlaqo mumkin emas.
3.Tajribalarni iloji boricha mo`rili shkafda o`tkazish kerak.
4.Tajriba davomida termometr sinib qolsa, undagi simobni maxsus usullar bilan tezda yig`ishtirb olish va simob to`kilgan joyga oltingugurt sepish kerak.
5.Natriy metalini kerosin ichida saqlash va ortib qolgan bo`lakchalarini spirtda eritib bartaraf etish lozim.
6.Yonuvchan va uchuvchan moddalarni tajriba stolida ortiqcha miqdorda saqlamslik kerak,ularni elektr plita va ochiq alanga manbasidan uzoqda saqlash kerak.
7. Qizdirish maqsadida imkoni boricha usti berk isitgich asboblarda foydalanish zarur
8.Yong`in chiqqan taqdirda, avvalo, o`t chiqishiga sabab bo`lgan manba o`chiriladi, so`ng qum sepiladi yoki yopqich yopiladi. Alanganing yoyilish xavfi bo`lsa, o`t o`chirgichdan foydalanish kerak.
9.Probirka va boshqa shisha idishlarni ehtiyotlik bilan qizdirish va bunda ularning og`zi odam ishlamayotgan tomonga qaratilgan bo`lishi kerak.
10.Kislota va ishqorlarni eritmalarini qizdirishda himoya vositalarini kiyis, maxsus ko`zoynak taqib olish zarur.
11.Reaksiya olib borilayotgan va qizdirilayotgan idishlarga qarab engashib qarsh mumkin emas.
12.Kislotalarni suyultirishda ularni oz-ozdan idish devoir bo`ylab suvga quyish kerak.
13.Konsentrlangan kislota va ishqorlari rezina pipetka bilan o`lchash man etiladi.Ularni faqat tomizgich yordamida o`lchash lozim.
14.Kislotalar saqlanadigan idishlarni to`kilmaydigan va sachramaydigan qilib ushlash kerak.
15.Portlovchi aralashma hosil qilish xavfi bor moddalar bilan ishlashda alohida ehtiyot choralarini ko`rish lozim.
16.Ehtiyotsizlik kiyik kechaklarga zarar yetkazishi, ko`zni terini jarohatlashi mumkin. Shuning uchun nojo`ya harakatlar qilmaslik, kimyoviy moddalar bilan hazillashmaslik kerak.
17.Tajribalar tugagach, gaz, elektr va suv tarmoqlarini berkitish, asboblarni o`cherish kerak.
18.Ish joyini toza va ozoda saqlash kerak.
19.Idishlardagi qoldiq moddalarni rakovinaga to`kmang.
Yüklə 17,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə