6-Amaliy. Har xil turdagi devorlarni remont qilish, darz va yoriqlarni yamash



Yüklə 67,96 Kb.
səhifə1/5
tarix19.09.2023
ölçüsü67,96 Kb.
#122608
  1   2   3   4   5
6-Mavzu


6-Amaliy. Har xil turdagi devorlarni remont qilish, darz va yoriqlarni yamash.


1. Devorlarni ta’mirlashga oid umumiy qoidalar

Toshdan qurilgan devorlar, devor oraliqlari, peremichka va ustunlarni ta’mirlash va kuchaytirish deganda, tosh termasining talabdagi mustahkamligini ta’minlash maqsadida shikastlangan konstruktsiyalarni kuchaytirish yoki qayta terish, shuningdek, devorlar vertikal holatdan og’gan hollarda ularni kuchaytirish ko’zda tutiladi.


G’isht devorli binolarda devorlar bir necha sabablarga ko’ra shikastlanishi mumkin. Avvalambor, buning sababi g’isht termasining yomg’ir va yerosti suvlaridan namlanishidadir. Devorlar va fundamentlar orasida gidroi­zolyatsiya yo’q bo’lsa yoki u talabga javob bermasa, bunda suvlar kapillyarlar bo’yicha devorlarga singib boradi. Bundan tashqari asosning notekis cho’kishi, tashqi ob-havo haroratining ta’siri, materiallarning yetarli darajada mustahkam emasligi devorlarda darzlar paydo bo’lishiga sabab bo’ladi.
Devordagi ayrim darzlar, agar ular tosh yoki g’isht termaning umumiy holatiga xavf solmaydigan (ya’ni, vaqt otishi bilan kattalashmaydigan) bo’lsa, bu holda ta’mirlash paytida ular yaxshilab tozalab yuvilganidan keyin, qorishma bilan to’ldirib suvab qo’yiladi. Termani ta’mirlash bilan bir paytda shkastlanishlarni keltirib chiqargan sabablarni ham bartaraf etib ketish kerak.
Devorlarning mayda darzlar tarmoqlari bilan qoplangan yoki katta chuqurlikdagi yakka-yolg’iz darzlar hosil bo’lgan joylarida ularning yuk ko’tarish qobiliyatini tiklash va ularni kuchaytirishga erishish uchun bunday joylar qayta teriladi. Bunda eski termada qo’llangan qorishmadan mahkamroq bo’lgan yangi qorishma qo’llanilishi kerak.
Deraza va eshik o’rinlari hamda boshqa kesimlar orasidagi oraliq devorlarni kuchaytirishga quyidagi yo’llar bilan erishish murrikin: oraliq devorlarni tsement qorishmasida to’liq yoki qisman qayta terish yo’li bilan deraza, eshik va boshqa kesimlar eni kamaytiriladi va buning hisobiga oraliq devorlar kesimi ko’paytiriladi: g’ishtlar o’rniga temir-beton kolonnalar ham o’rnatish mumkin.
Binoning g’ishtli peremichkalarini kuchaytirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. peremichkalarning yuk ko’tarish qobiliyati ko’p miqdordagi ochiq darzlardan shkastlangan hollarda pere-michkalar qisman yoki to’liq qayta teriladi;

  2. g’ishtli peremichkalar metall yoki temir-beton peremichkalarga almashtiriladi;

  3. darzlar va teshiklar tsement qorishmasi bilan to’ldiriladi.

Vertikal holatdan og’gan devorlarning mustahkaniligini oshirish uchun ularning orayopmalar bilan kesishgan joylari maxsus po’lat tortqichlar va nakladkalar bilan bog’lanadi.



Yüklə 67,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə