6-Amaliy. Har xil turdagi devorlarni remont qilish, darz va yoriqlarni yamash


Devorning ayrim uchastkalarini qaytadan terish



Yüklə 67,96 Kb.
səhifə2/5
tarix19.09.2023
ölçüsü67,96 Kb.
#122608
1   2   3   4   5
6-Mavzu

2. Devorning ayrim uchastkalarini qaytadan terish

Darzlar miqdori katta bo’lganda devorning yuk ko’tarish qobiliyatini tiklash uchun uning zaif uchastkalardagi butun terma yangisiga almashtiriladi.
Devorlarning ayrim uchastkalarini qayta terishning uch varianti mavjud:
ko’p qavatli binolarda orayopmalarni to’liq almashtirgan holda binoni kompleks kapital ta’mirlash jarayonida g’ishtli devorlarning ayrim uchastkalari ham qayta teriladi (4.1- rasm);
yuk ko’taradigan g’isht devorlarning ayrim uchastkalari ularga tayangan orayopmalar saqlangan hol da qayta teriladi (4.2- rasm);
g’isht devorlarning yuqori qismidagi termani saqlagan holda ularning ayrim uchastkalari qayta teriladi (4.3- rasm).
Binoni kompleks kapital ta’mirlash jarayonida ko’p qavatli g’ishtli devorlar uchastkalarini barcha orayopmalarni almashtirgan holda buzish qavatma-qavat-yuqoridan patsga qarab orayopmalarning demontaji bilan birgalikda amalga oshiriladi, yangi terma esa aksincha, yangi orayopmalar montaji bilan birgalikda patsdan yuqoriga qarab ko’tarib boriladi. Devorlarning eski g’isht termasini buzish pnevmatik bolg’alar yordamida amalga oshiriladi. Termaning yuqori qavatlarini buzishda to’siqli invertar havozalar (podmotsi) o’rnatiladi. Bunda devorlarning eski termasi saqlangan uchastkalarda qanday terma tizimi qabul qilingan bo’lsa, yangi g’isht termasida ham xuddi shunday tizim saqlanadi.
Orayopmalarni almashtirmay turib yuk ko’taruvchi g’isht devorlarni qayta terishdan avval, ko’p yarusli vaqtinchalik mahkamlamalar o’rnatiladi. SHu yo’l bilan saqlanib qolayotgan barcha orayopmalar og’irligi ta’mirlash vaqti davomida ularga o’tadi. Vaqtinchalik mahkamlamalar yangi termaning oxirgi yarusi terib bo’linganidan so’ng kamida 5 kun o’tgach yig’ishtirib olinadi.
G’isht devorlarni qayta terish ishlarini boshlashdan avval devor deformaisiyasini keltirib chiqargan sabablar bartaraf etilishi lozim.
Deformatsiyaga uchragan uchastkada o’zidan yuqorida joylashgan devor vaznini yengillatish uchun shkastlangan joyning yuqori qismida devorning ikki tomonida ariqchalar o’yilib, ularga yuk ko’taruvchi to’sinlar o’rnatiladi. To’sinlar devorning eng zaif tomonidan boshlab o’rnatiladi. Ariqchalar ko’ndalang terilgan g’isht qatorining tagidan pnevmatik otboyka bolg’asi yordamida urib o’yiladi, bunda devorning texnik holati sinchiklab nazorat qilib boriladi. Devorning ikkinchi tomonidan ariqchalar o’yish va ularga to’sinlarni joylash ishlari birinchi tomondagi to’sinlar o’rnatilganidan keyin kamida uch kun o’tib bajarilishi lozim. Ariqcha uzunligi qayta terilayoigan uchastka uzunligidan 50 sm ga ortiq bo’lishi kerak. To’sinlar va g’isht termasi o’rtasidagi vertikal tor tirqishlar elatsik tsement qorishmasi bilan to’ldiriladi, to’sin usti va termaning otski yuzasi o’rtasidagi tor tirqishlar qattiq tsement qorishmasi bilan to’ldiriladi. Ikkala yuk ko’taruvchi to’sin bir-biri bilan boltlar vositasida birlashtirilishi lozim.
Agar devorlar yukni o’ziga qabul qiluvchi to’sin o’rnatilmay turib buzilsa, bu holda ular uzunligi 1,5 m dan oshmagan alohida qamrovlarga bo’lib buziladi. Yukni o’ziga qabul qiluvchi to’sinlar ta’mirlashdan keyin g’isht termasining ichida qoldiriladi.
Yangi terma quruq va issiq kunda ko’tarilganda g’ishtlar terishdan oldin namlanishi kerak.



Yüklə 67,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə