Qarori yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/40
tarix11.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#145173
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
172-сон 12.04.2022. Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

yo‘l-transport hodisasi — transport vositasining yo‘lda harakatlanish jarayonida ro‘y bergan,
fuqarolarning halok bo‘lishiga yoki sog‘lig‘iga zarar yetishiga, transport vositalari, inshootlar,
yuklarning shikastlanishi yoxud boshqa moddiy zarar yetishiga sabab bo‘lgan hodisa;
yo‘l harakati — odam va yuklarni transport vositalari yordamida yoki bunday vositalarsiz
yo‘llar doirasida tashish yoxud yo‘l harakati qatnashchilarining yo‘llarda harakatlanishi jarayonida
yuzaga keluvchi munosabatlar majmui;
temir yo‘l kesishmasi — yo‘lning temir yo‘llar bilan bir sathda kesishgan joyi;
yo‘nalishli transport vositasi — belgilangan yo‘nalishi va bekatlari bo‘lgan, yo‘lovchi tashish
uchun mo‘ljallangan umumiy foydalanishdagi transport vositalari (trolleybus, tramvay, avtobus,
yo‘nalishli taksi);
mexanik transport vositasi — dvigatel bilan harakatga keltiriladigan transport vositasi
(mopeddan tashqari). Bu atama barcha traktor va o‘zi yurar moslamalarga ham taalluqlidir;
moped — eng yuqori konstruktiv tezligi soatiga 50 kilometrdan, ish hajmi 50 sm dan
oshmaydigan ichki yonuv dvigateliga ega bo‘lgan yoki nominal (belgilangan) quvvati 0,25
kilovattdan ortiq va 4 kilovattdan kam bo‘lgan elektr dvigatelli ikki yoki uch g‘ildirakli transport
vositasi. Xuddi shunday tavsiflarga ega bo‘lgan kvadritsikl (kvadrotsikl), tritsikl, skuter hamda
yo‘lning qatnov qismida harakatlanishiga moslashtirilgan boshqa mexanik moslamalar ham
mopedlarga tenglashtiriladi;
mototsikl — dvigatelining ish hajmi 50 sm dan (ichki yonuv dvigateli bo‘lganda) va har
qanaqa dvigatelda eng yuqori konstruktiv tezligi soatiga 50 kilometrdan oshadigan ikki g‘ildirakli va
yon tirkamali (kajavali) yoki yon tirkamasiz mexanik transport vositasi.
Tritsikllar, shuningdek, ruxsat etilgan to‘liq vazni 400 kilogrammdan (yuk tashish uchun
mo‘ljallangan transport vositalari uchun 550 kilogrammdan) oshmaydigan, mototsiklga o‘xshash
o‘rindiqqa va rulga ega bo‘lgan va dvigatelining eng yuqori quvvati 15 kilovattdan oshmaydigan
kvadritsikl (kvadrotsikl) hamda boshqa mexanik moslamalar ham mototsikllarga tenglashtiriladi;
aholi punkti — kirish va chiqish yo‘llari 5.22 — 5.25 yo‘l belgilari bilan belgilangan hudud;
3
3



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə