Qarori yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


to‘xtash — transport vositasi harakatini 10 daqiqagacha bo‘lgan muddatga to‘xtatish (harakatsiz holatga keltirish); to‘xtab turish



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/40
tarix11.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#145173
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
172-сон 12.04.2022. Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

to‘xtash — transport vositasi harakatini 10 daqiqagacha bo‘lgan muddatga to‘xtatish
(harakatsiz holatga keltirish);
to‘xtab turish — transport vositasiga yo‘lovchilarni chiqarish yoki tushirish, yuk ortish yoki
tushirish bilan bog‘liq bo‘lmagan hollarda harakatni 10 daqiqadan ko‘proq vaqtga atayin to‘xtatish;
yo‘lovchi — transport vositasidagi (haydovchidan tashqari) shaxs, shuningdek transport
vositasiga kirayotgan (unga chiqib o‘tirayotgan) yoki transport vositasidan chiqayotgan (undan
tushayotgan) shaxs;
chorraha — yo‘llarning o‘zaro bir sathda kesishadigan, tutashadigan va ayriladigan joyi.
Chorraha chegarasi uning markazidan qatnov qismlari oxiridagi qarama-qarshi tomonlarning eng
uzoq burilish joylarini tutashtiruvchi tasavvur qilinadigan chiziqlar bilan aniqlanadi.
Yondosh hududlardan chiqish joylari chorraha hisoblanmaydi;
ogohlantiruvchi ishoralar — avariya holatlarining oldini olish maqsadida, shuningdek,
harakat yo‘nalishini o‘zgartirishda, to‘xtatishda qo‘llaniladigan ishoralar;
piyoda — transport vositasidan tashqarida bo‘lgan va yo‘lda biror-bir yumush bilan band
bo‘lmagan shaxs. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning dvigatelsiz aravachasida harakatlanayotgan,
velosiped, moped, mototsikl, chana, aravacha va bolalar yoki nogironligi bo‘lgan shaxslar
aravachasini yetaklagan, shuningdek, harakatlanish uchun rolikli konkilar, dvigatelsiz samokatlar va
boshqa shularga o‘xshash vositalardan foydalanayotgan shaxslar ham piyodalarga tenglashtiriladi;
piyodalar o‘tish joyi — qatnov qismidagi 5.16.1, 5.16.2 yo‘l belgilari va 1.14.1 — 1.14.3 yo‘l chiziqlari
bilan belgilangan va piyodalar yo‘lni kesib o‘tishda harakatlanishlari uchun ajratilgan joy.
Yo‘l chiziqlari bo‘lmasa, piyodalar o‘tish joyining kengligi 5.16.1 va 5.16.2 yo‘l belgilari orasidagi
masofa bilan aniqlanadi;
piyodalar yo‘lkasi — piyodalar harakatlanishi uchun qurilgan yoki moslashtirilgan, tegishli yo‘l
belgisi bilan belgilangan alohida yo‘l yoki sun’iy inshoot yuzasi. Transport vositalari harakati
taqiqlangan qismi;



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə