Qarori yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


piyoda va velosiped yo‘lkasi



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/40
tarix11.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#145173
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40
172-сон 12.04.2022. Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

piyoda va velosiped yo‘lkasiqatnov qismidan ajratilgan, velosipedchilarning va
piyodalarning alohida-alohida yoki birgalikda harakatlanishi uchun mo‘ljallangan va 4.6.1 — 4.6.6
yo‘l belgilari o‘rnatilgan yo‘lning tarkibiy qismi yoxud alohida yo‘l;
reversiv harakatlanish — qatnov qismining maxsus ajratilgan, 5.35 — 5.37 yo‘l belgilari, 1.9 yo‘l
chizig‘i bilan belgilangan va ustida reversiv svetofor o‘rnatilgan bo‘lagida harakatlanish
yo‘nalishining qarama-qarshi tomonga o‘zgarishi;
ruxsat etilgan to‘liq vazn — jihozlangan transport vositasining ishlab chiqargan korxona
tomonidan belgilangan yuk, haydovchi va yo‘lovchilari bilan birgalikdagi eng yuqori vazni (o‘lchovi).
Bir tarkibda harakatlanayotgan (tirkama va boshqalar) transport vositalarining ruxsat etilgan
to‘liq vazniga shu tarkibga kiruvchi transport vositalarining ruxsat etilgan to‘liq vaznlari yig‘indisi
kiradi;
tartibga soluvchi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati
xavfsizligi xizmatining (keyingi o‘rinlarda — DYHXX), harbiy avtomobil nazorati organlari xodimi, o‘z
xizmat vazifalarini bajarayotgan, ushbu Qoidalarda ko‘zda tutilgan ishoralar yordamida yo‘l
harakatini tartibga solish vakolatiga ega bo‘lgan va uni bevosita amalga oshirayotgan yo‘ldan
foydalanish xizmati xodimlari, temir yo‘l kesishmasi va sol kechuvlaridagi navbatchilar hamda
jamoatchilik vakillari. Tartibga soluvchi maxsus kiyim va (yoki) taniqlik belgisi (qo‘l bog‘ichi, jezl, qizil
ishorali yorug‘lik qaytargich, qizil chiroq yoki bayroqcha)ga ega bo‘lishi shart;
trotuar — qatnov qismiga tutashgan yoki undan maysazor, ariq, maxsus to‘siqlar bilan
ajratilgan va piyodalarning harakatlanishi uchun mo‘ljallangan yo‘l qismi;
tirkama — mexanik transport vositasi tarkibida harakatlanishga mo‘ljallangan va dvigatel
bilan jihozlanmagan transport vositasi. Ushbu atama yarim tirkama va uzaytiriladigan tirkamalarga
ham taalluqlidir;

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə