Qarori yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/40
tarix11.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#145173
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
172-сон 12.04.2022. Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

yetarlicha ko‘rinmaslik — yomg‘ir, qor yog‘ishi, tuman tushishi va shunga o‘xshash
sharoitlarda, shuningdek, kunning g‘ira-shira vaqtida yo‘lning ko‘rinish masofasi 300 metrdan kam
bo‘lishi;
quvib o‘tish — bir yoki bir nechta transport vositalarini qarama-qarshi yo‘nalishda
harakatlanish uchun mo‘ljallangan tasmaga chiqib, so‘ngra ilgari egallagan qatoriga qaytib o‘tish
bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zib ketish;
qayta tizilish — dastlabki harakat yo‘nalishini saqlagan holda o‘z harakatlanish tasmasidan
boshqa harakatlanish qatoriga o‘tish;
o‘zib ketish — transport vositasining bir yo‘nalishda transport vositasi tezligidan ortiq tezlikda
harakatlanishi;
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash — yo‘l-transport hodisalarining kelib chiqish
sabablarining oldini olishga, ularning og‘ir oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan faoliyat;
yo‘l yoqasi — yo‘lning qatnov qismiga u bilan bir sathda bevosita tutashgan, qoplama turi
bilan farq qiladigan yoki 1.1 yo‘l chizig‘i yordamida ajratilgan, ushbu Qoidalarga muvofiq
harakatlanish, to‘xtash va to‘xtab turish uchun mo‘ljallangan bo‘lagi;
yo‘l harakatini tashkil etish — yo‘llarda harakatni boshqarish bo‘yicha huquqiy, tashkiliy-
texnika tadbirlar va boshqaruv harakatlari majmui;
piyodalarning tashkiliy jamlanmasi — Qoidalarning 
16-bandi
talablariga muvofiq yo‘lda bir
yo‘nalishda birgalikda harakatlanayotgan odamlar guruhi;
transport vositalarining tashkiliy jamlanmasi — oldida ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil
rangli yaltiroq mayoqchasi yoqilgan transport vositasi kuzatib borayotgan, bevosita bir-birining
ketidan, bitta harakatlanish bo‘lagida, yaqinni yorituvchi faralar chiroqlarini yoqib kelayotgan, uch
va undan ortiq mexanik transport vositalari guruhi;
bolalar guruhini tashkiliy tashish — yo‘nalishli transport vositalariga daxli bo‘lmagan
avtobuslarda sakkiz va undan ortiq bolalarning tashkiliy tashilishi;

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə