Ishchi kuchi migratsiyasi



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix27.09.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#124211
1   2   3   4   5   6   7   8   9
N.A.Imomova

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
18-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.04.2023
V.Tomas va F.Znaneskiy ijtimoiy tashkilot va shaxs hayotini tashkil qilish 
o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik mavjudligini ta’kidlaydilar. Ushbu munosabatni o‘rganish 
asosida sotsiologlar ijtimoiy belgilar tipologiyasini ishlab chiqdilar
137

Sharq mutafakkirlari asarlari va tadqiqotlarida ham migratsiya hamda sotsiolog 
tadqiqotlarga oid xulosalarni uchratish mumkin. 
Abu Ali Ibn Sino o‘z o‘tmishdoshlari bo‘lgan Aristotel, Platon, Al-Kindiy, Farobiyning 
ilmiy merosini chuqur o‘rgandi va ularning ilg‘or qarashlarini ijodiy rivojlantirdi. 
Jamiyat sotsiallashuvining asosini faqat mehnatdagina emas, balki moddiy ishlab 
chiqarish shakllari dexqonchilik va xunarmandchilikda ko‘rdi. U tafakkurning til bilan 
aloqasini, kishilarning ishlab chiqarish faoliyatlari bilan munosabatlar sohasini chuqur va 
atroflicha tadqiq etdi. Ulug‘ mutafakkirni qarashlarida kishilar o‘rtasidagi sotsial 
tafovutlarni keltirib chiqaruvchi omillarni ko‘rsatdi, kishilarning xulq-atvori va tabiiy-
geografik muhitni ana shundan omillardan biri deb hisobladi 
Ibn Sinoning ijtimoiy-siyosiy ta’limoti markazida inson va uning ijtimoiy-individual 
xususiyatlari, inson va jamiyat to‘g‘risidagi sotsiologik g‘oyalar yotadi
138

Markaziy Osiyoda yetishib chiqqan mashhur olim va mutafakkir Abu Rayxon 
Beruniy (973-1048 y.y)ning ham sotsial-siyosiy qarashlari e’tiborga loyiqdir. 
Beruniy o‘zining butun ijodiy faoliyati davomida ijtimoiy hayot masalalari bilan 
qiziqdi, «Hindiston», «O‘tmish ajdodlar yodgorligi» asarlarida o‘z sotsiologik qarashlarini 
bayon etdi. 
Beruniy Markaziy Osiyo va Sharq mutafakkirlarining ilg‘or sotsial-siyosiy g‘oyalarini 
rivojlantirdi. Jumladan, o‘zining «O‘tmish ajdodlar yodgorligi» asarida insoniyat 
hayotining boshlanishi haqidagi masalani ilmiy asosda hal etishga harakat qildi. Jamiyat 
va kishilar hayotida geografik omilning ahamiyati, uning ijtimoiy hodisalarga ta’sirini 
ko‘rsatdi. Musulmonlar va hindlarning urf-odatlaridagi tafovutlarni geografik sharoitlar 
bilan izohladi, hatto tillar o‘rtasidagi tafovutlarni ham geografik omillar bilan bog‘ladi. 
Forobiy esa inson va jamiyat hayotida kishilarning moddiy ehtiyojlari hal qiluvchi rol 
o‘ynaganligini ko‘rsatgan
139

Shu o‘rinda, biz sotsial mobil shaxsning millati, ma’lumoti, irqi, turar joyi, jinsi, 
«aqillilik koeffitsienti» nihisobga olgan holda miqdoriy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi 
korrelyatsiya (farqlanuvchi) koeffitsientni aniqladik. Umuman olganda, tadqiqotga jalb 
etilgan individlarning sotsial mobillik darajasini o‘rganishda miqdoriy usuldan 
foydalanish ijobiy natija berish mumkin. 
P.Sorokinning ta’kidlashicha, sotsial mobillikning 2 turi vertikal va gorizontal sotsial 
mobillik
140
mavjud. 
137
https://studme.org/116404015993/sotsiologiya/sotsiologicheskoe_nasledie_znanetskogo_tomasa 
138
Paul Strathern. A brief history of medicine: from Hippocrates to gene therapy (англ.). — Running Press (англ.) 
русск., 2005. — P. 58. — ISBN 978-0-7867-1525-1. 
139
Абу Наср Форобий. Фозил одамлар шаҳри. Тошкент-2016. 230-б. 
140
Питирим Сорокин и социокультурные тенденции нашего времени. Материалы к международному научному 
симпозиуму, посвященному 110-летию со дня рождения П. А. Сорокина. — СПб. 1999. 



Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə