4-mavzu: diqqat reja



Yüklə 171,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/12
tarix29.11.2023
ölçüsü171,25 Kb.
#140659
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
4-mavzu (2)



4-MAVZU: DIQQAT
Reja: 
1.
Diqqat xaqida tushuncha 
2.
Diqqatning nerv fiziologik asoslari 
3.
Diqqatning turlari va xususiyatlari 
4.
Sezgilar xaqida tushuncha 
5.
Sezgilarning tasnifi va turlari 
 
Diqqat psixologik noyob hodisa bo‘lib, hozirgacha ruhshunoslar u haqda 
yagona fikrga ega emaslar. Ba’zi bir mualliflarning fikriga ko‘ra, diqqat istalgan 
psixik jarayonda u yoki bu darajada ishtirok etganligi sababli, mustaqil hodisa 
sifatida o‘rganilishi mumkin emas. Boshqalar esa diqqatning psixik jarayon sifatida 
mustaqilligini yoqlaydilar.
Bundan tashqari, diqqatning psixik hodisalarning qaysi sinfiga tegishliligi 
haqida ham turli fikrlar mavjud. Ba’zilarning ta’kidlashiga ko‘ra, diqqat – bu psixik 
bilish jarayoni. Boshqalar diqqat har bir faoliyatning zarur sharti ekanligiga
diqqatning o‘zi esa ma’lum iroda kuchlarining ifodalanishini talab etishiga 
asoslangan holda, diqqatni iroda va insonning faoliyati bilan bog‘laydilar.[1] 
Diqqat hodisasini tushuntirishning murakkabligi, uning «toza» ko‘rinishda 
uchramasligidan iborat. Diqqat o‘zining bilish mazmuniga ega emas, u faqat boshqa 
bilish jarayonlari faoliyatiga xizmat ko‘rsatadi. SHuning uchun diqqatni bilish 
jarayonlarining o‘sish xususiyatlarini xarakterlovchi holat, psixofiziologik jarayon 
sifatida o‘rganish zarur. Diqqat o‘zi nima? 
Diqqat
– bu psixik faoliyatning biror-bir ma’lum narsaga yo‘nalganligi va 
jamlanganligi. Bu hayvonlar, shuningdek, inson diqqatlarining umumiy ta’rifi. 
Insonga nisbatan 
diqqat
ni ma’lum ob’ektlarga inson diqqatining, bir vaqtning o‘zida 
boshqa ob’ektlardan chalg‘igan holda, yo‘nalganligi va jamlanganligi sifatida 
o‘rganish mumkin. Bu ta’rifdan diqqatning ahamiyatga molik belgilari uning 
yo‘nalganligi va jamlanganligidan iborat ekanligi kelib chiqadi. 
Psixik faoliyatning 

Yüklə 171,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə