4-mavzu: diqqat reja



Yüklə 171,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix29.11.2023
ölçüsü171,25 Kb.
#140659
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
4-mavzu (2)

Hissiy diqqat
afzalligiga ko‘ra, hissiyotlar va his-tuyg‘u organlarining tanlab 
ta’sir ko‘rsatish faoliyati bilan bog‘liq. 
Intellektual diqqat
fikrning yo‘nalganligi va jamlanganligi bilan bog‘liq. 
Hissiy diqqatda ong markazida biror-bir hissiy taassurot joylashgan bo‘ladi, 
intellektual diqqatda esa qiziqish ob’ekti bo‘lib g‘oya xizmat qiladi.[2]
 Diqqatning 
xossalari


Diqqat, uni mustaqil psixik hodisa sifatida xarakterlovchi qator xossalarga ega. 
Diqqatning asosiy xossalariga barqarorlik, jamlash, taqsimlash, bo‘linish, chalg‘ish 
va diqqat hajmi kiradi. 
Diqqatning barqarorligi
ma’lum vaqt davomida bir xil ob’ektda fikrni jamlay 
olishlik qobiliyatidan iborat. Tajriba tadqiqotlari diqqatning ixtiyorsiz davriy 
tebranishlarga moyilligini ko‘rsatdi. Bunday tebranishlarning davrlari N.N. Lange 
bo‘yicha, odatda, 2-3 soniyaga, ortig‘i bilan esa 12 soniyaga teng bo‘ladi. Masalan, 
agar soatning chiqillashiga quloq tutib, unda fikrni jamlaydigan bo‘lsak, u holda u 
bir eshitiladi, bir eshitilmay qoladi. Diqqat tebranishi qonunga asoslangan bo‘lib, 
fluktuatsiya
deb ataladi. Masalan, diqqat fluktuatsiyasini oddiy tajribada namoyish 
qilish mumkin: kesik piramida beriladi: agar unga ma’lum vaqt davomida tikilib 
turilsa, u ketma-ket, yo qavariq, yo botiq bo‘lib ko‘rinadi (8.1 rasm). 
 
Rasm. 8.1. 
Hozirda diqqat barqarorligining ahamiyatli sharti bo‘lib, u jamlangan jismning 
yangi tomonlari va aloqalarini ochib berish imkoniyati xizmat qilishi isbotlandi. 
Diqqat barqarorligini o‘lchash uchun alohida harflarning tartibsiz ketma-ketligidan 
iborat Burdon jadvalidan foydalaniladi, bunda qaytariladigan harflar soni har bir 
satrda bir xilda bo‘ladi. 

Yüklə 171,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə