4-mavzu: diqqat reja


diqqatning  motorika nazariyasi



Yüklə 171,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/12
tarix29.11.2023
ölçüsü171,25 Kb.
#140659
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
4-mavzu (2)

diqqatning 
motorika nazariyasi
deb nomlanishi tasodifiy emas. 
Ribo nazariyasidan tashqari, diqqat tabiatini tadqiq etishga turli xil boshqa 
yondoshuvlar ham mavjud. D.N. Uznadze fikricha, diqqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri mayl 
bilan bog‘langan. Uning nuqtai nazariga ko‘ra, mayl diqqat holatini ichkaridan 
ifodalaydi. Mayl ta’siri ostida voqeiy atrof-muhitni idrok qilishda hosil qilinadigan 
ma’lum obraz yoki taassurotning ajralishi sodir bo‘ladi. Bu obraz yoki taassurot 
diqqat ob’ektiga aylanadi, jarayonning o‘zi esa ob’ektivlashtirish deb nomlanadi.[2] 
P.YA. Galperin ham diqqatning qiziqarli konsepsiyasini taklif etdi. Uning 
konsepsiyasi quyidagi asosiy holatlardan iborat: 
1. Diqqat yo‘nalishli-tadqiqot faoliyatining vaziyatlaridan biri bo‘lib, obraz, 
fikr, inson psixikasida ma’lum vaqtda mavjud bo‘lgan boshqa hodisa mazmuniga 
qaratilgan psixik harakatdan iborat. 
2. Diqqatning asosiy vazifasi – psixik obraz, harakat mazmuni va boshqalar 
ustidan nazorat qilish. Insonning har bir harakatida yo‘nalganlik, bajaruvchilik va 
nazorat qilish qismlari mavjud. Mana shu oxirgi qismi diqqat tomonidan 
gavdalantiriladi. 
3. Ma’lum mahsulotni ishlab chiqarishga qaratilgan harakatlardan farqli 
o‘laroq, nazorat yoki diqqat faoliyati alohida natijaga ega bo‘lmaydi. 
4. Diqqat mustaqil akt sifatida harakat aqliy bo‘lib qolmasdan, qisqartirilgan 
holatda bo‘lgandagina ajralib chiqadi. Bunda har qanday nazoratni ham diqqat 
sifatida o‘rganib bo‘lmaydi. Nazorat harakatni umumiy tarzda baholaydi, diqqat esa 
uning yaxshilanishini ta’minlaydi. 
5. Diqqat psixik nazorat faoliyati sifatida o‘rganiladigan bo‘lsa, u holda 
diqqatning ixtiyoriy va ixtiyorsiz ma’lum aktlari yangi aqliy harakatlar 
shakllanishining natijasidir. 
6. Ixtiyoriy diqqat reja asosida amalga oshiriladigan diqqatdir, bu oldindan 
tuzilgan reja yoki namuna bo‘yicha bajariladigan nazorat shaklidir. 
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlab o‘tish joizki, ko‘p sonli nazariyalarning 
mavjudligiga qaramasdan, diqqat muammosi o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Diqqat 
tabiati haqidagi bahslar avvalgidek davom etmoqda.[1] 

Yüklə 171,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə