4-mavzu: diqqat reja



Yüklə 171,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix29.11.2023
ölçüsü171,25 Kb.
#140659
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
4-mavzu (2)

yo‘nalganligi
ostida uning tanlash xususiyati, ya’ni, 
sub’ekt uchun ahamiyatli bo‘lgan aniq jismlar, hodisalarni atrof-muhitdan ajratib 
olish yotadi. Yo‘nalganlik tushunchasiga, shuningdek, ma’lum vaqt oralig‘ida 
psixik faoliyatni saqlab qolish ham kiritiladi.[1] 
Diqqatning boshqa xususiyati uning faoliyatga u yoki bu darajada 
chuqurlashganligini tushuntirib beruvchi 
jamlanganligi
dir. Vazifa qanchalik 
murakkab bo‘lsa, diqqatning jadalligi va zo‘riqishi shunchalik kuchli bo‘lishi kerak, 
ya’ni, bunda faoliyatga chuqur kirib borish talab etiladi. Ikkinchi tomondan, 
jamlanganlik boshqa yot narsalardan chalg‘ish bilan bog‘liq. Aks holda, yot
narsalardan chalg‘iy olmay qolsangiz, vazifani bajarishingiz qiyinlashadi. 


Yo‘nalganlik va jamlanganlik bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘liq. Diqqatingizni 
biror-bir narsaga yo‘naltiradigan bo‘lsangiz, bir vaqtning o‘zida diqqatingizni unda 
jamlagan bo‘lasiz. Va aksincha, biror-bir narsada jamlansangiz, o‘z ruhiy 
faoliyatingizni unga yo‘naltirgan bo‘lasiz. Diqqatning yo‘nalganligi bir 
mashg‘ulotdan ikkinchisiga o‘tish bilan, jamlash esa – mashg‘ulotda chuqurlashish 
bilan bog‘liq. 
Diqqatning inson psixik faoliyatida tutgan o‘rnini tushunish uchun o‘zingizni 
biror-bir jismlar guruhiga qarayotgandek tasavvur qiling. Ko‘rish maydoningizning 
markazida joylashgan ba’zi bir jismlar aniqroq, ko‘rish maydoningizning chetida 
turganlari esa aksincha idrok etiladi. SHunga o‘xshash hodisani ongimizga nisbatan 
ham tuzish mumkin: faoliyatimiz mohiyati ongimizning markazini egallagan 
bo‘ladi; ahamiyatga molik bo‘lmaganlari esa ongimizdan chetga surilib qoladi. 
Lekin boshqacha ham bo‘lishi mumkin: siz qandaydir jismga qaragan holda
umuman, boshqa narsa haqida o‘y surasiz. Bunda ongingizning «markaziy 
maydoni» ko‘rayotganingiz bilan emas, o‘ylayotganingiz bilan band bo‘ladi. 
Ongimizni grafik tarzda tasvirlaydigan bo‘lsak, biri ikkinchisiga joylashgan 
ikki aylana ko‘rinishida chizish zarur. Katta aylana aniq bo‘lmagan ong, kichik 
aylana esa, – aniq ong yoki diqqat deb ataladi.[2]
 
Psixik bilish jarayonlarining yo‘nalganligi va tanlash xususiyati diqqat bilan 
bog‘liq. Diqqat bilan idrokning aniqligi va izchilligi, xotiraning mustahkamligi va 
tanlash xususiyati, aqliy faoliyatning yo‘nalganligi va samaradorligi, qisqasi, 
umuman bilish faolligining sifati va natijalari aniqlanadi. 
Perseptiv jarayonlar uchun diqqat tasvirlar chizgilarini farqlash imkonini 
beruvchi o‘ziga xos kuchaytirgich bo‘lib hisoblanadi, inson xotirasi uchun diqqat 
qisqa muddatli va operativ xotirada kerakli ma’lumotni saqlab turuvchi omil, yodda 
saqlangan ma’lumotni uzoq muddatli xotira zahirasiga o‘tkazishining zarur sharti, 
tafakkur uchun esa masalani tushungan holda echimini topishning shartli omili
sifatida namoyon bo‘ladi. 
Insonlararo munosabatlar tizimida diqqat o‘zaro hamfikrlik, odamlarning bir-
birlariga moslashishi, shaxslararo nizolilarning oldini olish va o‘z vaqtida hal etishga 
yordam beradi.[2] 

Yüklə 171,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə